• Piknometr orqali aniqlash usuli.
  • Spirtometr orqali aniqlash usuli.
  • Etil spirtini miqdorini aniqlash




    Download 0,52 Mb.
    bet21/25
    Sana08.06.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #261760
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
    Bog'liq
    Курс лойиха вино

    Etil spirtini miqdorini aniqlash
    Etil spirtini miqdorini aniqlash uchun suvli-spirt aralashmasining zichlik jadvalidan foydalaniladi. Otgon zichligi piknometr yoki areometr yordamida aniqlanadi. Jadvalda spirtning miqdori h% da ko‘rsatiladi. Bu usul zavod laboratoriyasida pivo, sharob, konyak, etil spirtini aniqlash analizida qo‘llaniladi.
    Piknometr orqali aniqlash usuli. O‘lchov kolbasiga 200 yoki 100 ml belgi chizig‘igacha sinaluvchi sharob quyiladi. Bunda 200S da suvli xammomdan foydalaniladi. O‘lchov kolbadagi suyuqlikni xaydov (250-300 ml) kolbasiga solinadi va kolba distillangan suv bilan 3 marta chayqaladi va chayindi xaydov kolbaga qo‘shiladi. CHayqash uchun ishlatiladigan suv miqdori olingan sharobga nisbatan 1/3 qismdan oshmasligi kerak. So‘ngra xaydov kolbani sovutgich bilan birlashtiramiz va ilgaridan ichiga 10-15 ml suv solib qo‘yilgan yig‘ish kolbasi qo‘shiladi. Shundan so‘ng xaydash jarayoni boshlanadi. O‘lchov kolbani qabul qiluvchi idishning 0,9 xajmiga to‘lgach ish to‘xtatiladi. O‘lchov kolbadagi suyuqlikni yaxshilab silkitib aralashtiriladi va 200 C distillangan suv qo‘shib belgi chizig‘igacha etkaziladi, buning uchun suvli xammomdan foydalanamiz.
    Olingan xaydov suyuqligi piknometr solib aniqlanadi va uning natijasi ilova orqali jadvaldan topiladi (%) xajmda.
    Spirtometr orqali aniqlash usuli. Spirtometr bilan aniqlash texnikasi. Sinaluvchi sharob bir necha soat xona xaroratida saqlanadi (xona xarorati 200C 30C bo‘lishi kerak). Shundan so‘ng o‘lchov kolbasiga belgi chizig‘igacha 200 – 250 ml sharob quyiladi va 400 – 500 ml li kolbaga ko‘chiriladi kolbani 3 marta chayqaladi. Buning uchun 10 ml distillangan suv sarflanadi. Chayindi shu kolbaga qo‘shiladi. Xaydov kolbani sovitgich bilan tutashtirib, sharob xajmidan taxminan ¾ qismi xaydaladi, chiqqan sharob o‘lchov kolbasiga solinadi.
    O‘lchov kolbasidagi otgon xajmini belgi chizig‘igacha distillangan suv bilan yetkaziladi va xajmi 250 – 300 ml li silindrga quyiladi. Spirt miqdorini aniqlash uchun otgon ichiga spirtometr solinadi (0 - 10 yoki 10 – 20 xajm % gacha) bunda areometr yordamida zichlikni aniqlash laboratoriya ishining qoidalariga rioya qilinadi. Otgon haroratini aniqlash uchun spirtometr ko‘rsatkichi belgilanib qo‘yiladi.

    Download 0,52 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




    Download 0,52 Mb.