O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 0,52 Mb.
bet22/25
Sana08.06.2024
Hajmi0,52 Mb.
#261760
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Курс лойиха вино

MEXNAT MUHOFAZASI

Ishlab chiqarish korxonalarida “Mexnat muhofazasi” juda katta ahamiyatga ega. Mehnatni muhofaza qilish O‘zbekiston respublikasi mehnat qonunlari kodeksi asosida olib borildi. Korxonaning zararli va yomon joylarida ishlaganda mehnat qoidalariga asosan ishchilar uchun ustama haq to‘lanadi. YOki ish soati qisqartiriladi.


Barcha sanoat korxonalarida atrofiga chiqariladigan ishlab chiqarish zararli chiqindilari CH- 245-91 ga asosan 5ta sinfga bo‘linadi. Korxonalarni sanitar jixatdan toza bo‘lishida asosan bajarilayotgan texnologik jarayon shartlari ishlab chiqrilishi xajmi va atrofga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni tozalash tadbirlari xisobga olinadi.
Xom ashyoni qayta ishlaganda bazi bir zararli taraflari mavjud. YA’ni sharobni tarkibida Fe moddasi ko‘payib ketsa sharobni rangi o‘zgarib qoladi va uni istemol qilinganda inson salomatligiga zarar etkazadi.
Undan tashqari yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya “mg/m3” birligida o‘lchandi. Hozirga kelib 800 dan ortiq moddalar uchun shunday konsentratsiya normasi belgilangan. Zararli moddalarning turar joylaridagi xavo tarkibidagi konsentratsiyasi ishlab chiqarish binolaridagi miqdoriga nisbatan 100 marta kam bo‘lishi kerak.
Korxona loyixasini tuzishda asosan shamol yo‘nalishi etiborga olinib tuziladi. Tuzulgan loyixa davlat nazoratida tasdiqlangandan so‘ng qurilishga ruhsat beriladi. SHamol yo‘nalishi bilan bir qatorda uning kuchi ham katta ahamiyatga ega.
Texnoliogik jarayonlarning hafsizligini taminlash uchun quyidagi tadbirlarni amalgam oshirish talab qilinadi.
Salomatlik uchun zararli bo‘lgan jarayonlarni xavfsizligini oshirish
Zararli yonadigan, portlaydigan moddalarning xavfsizligini oshirish
Zararli va xavfli vaziyat mavjud bo‘lgan texnologik jarayonlarda mexanizatsiyalash avtamatlashrirish uzoqdan boshqarish usullarini qo‘llash
Tekshirish va boshqarish tizimini qo‘llash.
Bu usullar mehnatni muhofaza qilish uchun juda qulay va oqilona usul hisoblanadi.
Sanoat korxonalarida mo‘ljalangan texnologik jarayonlarni bajarib talablarga mos keladigan maxsulot va moddalar olishda bir necha turdagi universal asosiy va qo‘shimcha asbob uskunalardan foydalaniladi. Sanoatda qo‘llaniladigan zamonaviy uskunalarni yaratish va qo‘llash umumiy xavfsizlik yollanmasi sifatida quvvat sarflash, yiriklashtirish , ishonchliligini oshirish omillari xisobga olinadi. SHuningdek uskunalarga inson xususiyatlarini psixofiziologik gigienik talablar qo‘yiladi.
SanPin-0120-01, SanPil-2.0121-01 talablariga asosan SHovqin va tebranishga qarshi mashina mexanizmlar texnologik jarayonlarni loyixalashning dastlabki bosqichidan boshlab kerak bo‘lgan bazi sershovqin sexlarni boshqa sexlardan tovush o‘tkazmaydigan to‘siqlar bilan ximoyalash yoki sexlarga eshik va derazalar tovush o‘ykazmaydigan yoki kamroq o‘tkazadigan maxsus materiallardan tayyorlangan bo‘lishi taminlanadi. Sanoat korxonalarida shovqin va tebaranishlarni baxolashda SH-3, SH-60, SH-71 va ISHV-1 kabi turli xildagi o‘lchov asboblaridan foydalaniladi.
SNIP 2-01-05-98 talabiga binoan gigienik holatini yaxshilashda korxona xonalari maydonlarini yoritish alohida o‘rinda turadi. CHunki to‘g‘ri va rejali yoritish xonalarda ish unumdorligini oshiradi. Toliqishni kamaytiradi va albatta korxona xafsizligini taminlaydi, yaxshi yoritilmagan honalarda ishlovchi ishchi atrofida joylashtirilgan narsa va buyumlarni yaxshi ko‘rolmaydi, ishlab chiqarish shart shaoitlariga moslasha olmaydi. Natijada ishchi mexnat faoliyatida ko‘zning ortiqcha zo‘riqishi vujudga keladi.
SanPin 0058-96, QMQ 2.04.05.97, GOST 12.1.005-98 ga asosan shamollatish tizimlari etiborga olingan va ularni ishga tushirishdan avval texnik va sanatariya gigienik sinovidan o‘tkaziladi. Texnik sinovda shomollatish qurilmasining texnik xususiyati tavsifnomasi bosimi xavo xarorati va boshqalar birliklari aniqlaniladi.
Ishchi xizmat hodimlari va doimo bo‘ladigan ishlab chiqarish binolarini ma’lum temperaturada ushlab turish uchun isitish qurilmalari o‘rnatilgan. Korxonada isitish tizimi mahalliy va markazlashgan xolda bo‘ladi. Isitish bug‘, suv va xavo yordamida amalgam oshirish mumin.
Elektr uskunalarning nosozligi yoki ularnninng ishlatish qoida talablariga amal qilmaslik odamlarning shikastlanishiga olib keladi. Elektr toki odam tanasiga termik elektrolitik va bilogik xolda ta’sir etishi mumkin. Natijada odamning nafas olishida, yurak faoliyatida moddalar almashinuvida , qon tarkibi va boshqa a’zolarida o‘zgarish bo‘ladi. Insonlarning elektr toki yordamida shikastlanishidan ximoya qilish uchun ishlab chiqarish sharoitlarida xavfsiz tok , ulangan va neytallovchi ximoya tizimlari xavfni bartaraf qiluvchi moslamalar bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarishda qo‘llaniadigan shaxsiy ximoya vositalari quyidagilar:
Kurtkalar, shimlar, xalatlar, oyoq kiyimlari etik , yarim etik, tufli, kalish, qo‘lqoplar, ko‘z oynakalar, hamda sovqindan himoya vositalari xam qo‘llaniladi. Maxsus kiyimlar tashqi muhit ta’sirida ximoyalash uchun ishchilarga beriladi.
Korxonaning zax bo‘lgan joylarida ishlovchi ishchilar rezina oyoq kiyimlar, maxsus xalatlar uchun bosh kiyimlar, rezina qo‘lqoplar, respiratorlar bilan bepul ta’minlanadi.
SNIP-2.08.12.98 ga asosan loyixa bo‘yicha korxonada sanitary maishiy xonalar yuvinish xonalari, dushlar, chekish xonasi, dam olish xonalari bo‘lishi shart.
SNIP-2.01-02.04, ONTP-24/96 ga asosan bizning korxona yong‘in va portlash xavfsizligi bo‘yicha G kategoriyaga talluqlidir.
Xonalarning sinflanish yong‘in bo‘yicha korxona ish joyida portlashga loyoqatli va yonuvchi suyuqliklar ishlatilishi bilan yopib qo‘yiladi.
O‘ta chidamli bino qismlarining yonuvchanlik xususiyatiga bog‘liq va SNIP2.09.12.98, SNIP2.01.02.04 ga asosan quritish materiallariga va konstruksiyalari yonuvchanligi bo‘yicha 1,2 darajada 3 guruhga bo‘lish talab etiladi.
Ma’lum vaqt odamlarning hafsiz joylarga chiqishiga yordam beradigan yo‘llar chiqish evakuatsiya yo‘llari bo‘lishi ta’minlanadi. YOng‘in xafsizligi norma, qoidalariga asosan evakuatsiya yo‘llari o‘tga chiqamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida begona to‘siqlar bo‘lmasligi talab etiladi. Xar bir xona va bino yonida 2 ta chiqish evakuatsiya yo‘li bo‘lishi, suv taminoti loyixalanadi.
SNIP2.04.02.85 ga asosan korxonada yong‘inni o‘chirish uchun suv, suvning kimyoviy eritmalari, ko‘pik, inert gazlar, gaz tarkibli konussimon moddalar turli aralashmalar ishlatiladi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga xarakatlanadigan qo‘lda ishlatiladigan kimyoviy havo ko‘pigi, gidropultlar, chelak, suvli bo‘chka, yonmaydigan namat materiallari va boshqalar misol bo‘ladi.
SN-02.04.2-84. GOST 12.02.2002.89, SNIP 2.04.09.07 ga asosan yong‘in haqida tezda xabar berish uchun xavfli xisoblangan texnologik uskunalarda ishlab chiqarish binolarida, omborxonalarda, darak beruvchi vositalar o‘rnatiladi. Darakchi vosita aloqaning bo‘lishi yong‘indan ogoxlantirishda yonayotgan manba yoki joyni o‘z vaqtida bilib o‘t o‘chirish bo‘limiga xabar berish taminlanadi. YOng‘in aloqasi o‘z navbatida darak beradi , dispecherlarga va yong‘in vaqtidagi aloqa turiga bog‘liq bo‘ladi. Aloqa asosan elektron yordamida va telefon bilan uyushtiriladi. elektr aloqasi avtomatik yoki qo‘l bilan boshqariladi.
Korxonada ko‘pikli o‘t o‘chirish darajasi bo‘ladi. Bu daraja bir necha kishi guruhidan tashkil topgan. Drenjirning maqsadi: korxonada yong‘in chiqib qolsa o‘t o‘chiruvchilar kelgunicha yong‘inni tarqalib ketmaligini oldini olish yoki bartaraf etishdir.
Bizning ko‘pgina korxonalarda o‘t o‘chirish drenjiriga korxona rahbarlarini bosh qilib tayinlanadi. Ko‘pikli o‘t o‘chirish vositasi navbat bilan o‘z ish faloiyatini olib boradi va navbatchilik qilgan kuni uchun javob beradi.
SNIP-2.01.03-96ga asosan korxonada yashindan ximoyalash uchun korxonada yashin qaytargichlar o‘rnatiladi. Asosan yashin qaytargichlar o‘zakli, antenali, to‘rsimon shaklda bo‘ladi. Kesim yuzasi nomida 100 kv/mil bo‘lib, binoning tepasiga mo‘rilar-quvurlarga joylashtirilib erga ulanadi. Korxona atmosfera energiyasi bo‘yicha ximoyalash 3-kategoriyaga mansubligi e’tiborga olinadi.


Download 0,52 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 0,52 Mb.