|
Umumiy sulfit kislotaning miqdorini aniqlash
|
bet | 19/25 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #261760 |
Bog'liq Курс лойиха виноUmumiy sulfit kislotaning miqdorini aniqlash.
Hajmi 200 ml li kolbaga 25 ml 1 n KON yoki NaON eritmasi quyiladi va 50 ml sharob (sharbat) pipetka yordamida quyiladi, pipetkani uchi ishqor eritmasiga botib turishi kerak. Aralashma yaxshilab aralashtiriladi, keyin 15 minut tinch qoldiriladi, bunda kolbaning og‘zi shisha yordamida berkitiladi. Keyin 15 ml suyultirilgan sulfat kislotasi (H2SO4) eritmasi (zichligi 1,11) quyiladi va shu zahoti 0,02 n yod eritmasi bilan titrlanadi, titrlash oxirida indikator sifatida kraxmal eritmasi qo‘shiladi va aralashma ko‘k-siyox rangga bo‘yalguncha titrlash davom ettiriladi. Shu rang yarim daqiqadan kam vaqtda yo‘qolmasligi kerak.
Umumiy sulfit kislotaning miqdori V, qo‘yidagi tenglama bo‘yicha xisoblanadi.
bu erda:
0,64 – 1 ml 0,02 n yod eritmasiga to‘g‘ri keladigan sulfit kislotaning miqdori.
v– umumiy sulfit kislotasi titrlashga sarflangan 0,02 n yod eritmasining hajmi, ml.
20 – hisobni 1 l ga o‘tkazadigan koeffitsient.
GOST 13192-79 bo‘yicha sharob , xom sharoblar tarkibidagi qand miqdorini aniqlash (Bertran usuli.)
Yuqorida ko‘rsatilgandek tekshiriladigan eritmadan 20 sm3 olib 250
sm3 hajmli konussimon kolbaga o‘lchab solinadi va unga doimiy ravishda 20 sm3 Feling–1 va Feling–2 eritmasi qo‘shiladi. Aralashma qaynaguncha qizdiriladi va 3 min. qaynatiladi. Issiq tiniq suyuqlik filtr voronka orqali kolbaga filtrlab olinadi va suv okimli nasos yoki Komovskiy nasosi yordamida vakuum hosil qilinadi. Olingan filtrat ko‘k rangda bo‘lishi kerak.
Filtrat rangining xiralashishi tekshirilayotgan eritmada yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan miqdorda qand miqdori borligini ko‘rsatadi.
Xosil bo‘lgan cho‘kma konussimon kolbada 3-4 marotaba oz miqdordagi issiq distillangan suv bilan yuviladi. Xar bir marta ketgan suv tindiriladi va filtr voronkadan filtrdan o‘tkaziladi. Bunda cho‘kma filtrdan o‘tib ketmasligi kerak. Cho‘kmani yuzasidan yupqa qatlamda suv qolishi kerak, chunki cho‘kma havo bilan to‘qnashmasligi kerak. Distillangan suv bilan kolba yuvilib suv so‘rib olinadi va filtrat kolbaga solinadi. Probirka mahkam berkitiladi. Keyin kolbaga temirammoniynыx kvassov quyiladi. Bunda cho‘kma hosil bo‘ladi. (temirammoniynыx kvassiy umumiy mikdori 20 sm3 dan oshmasligi kerak) hosil bo‘lgan tiniq yashilsimon suyuqlik filtrlanadi va kolbaga olinadi. Kolba va filtr varonkasi disstillangan suv bilan 3-4 marta yuviladi, kolbaga yig‘ilgan tiniq suyukliq yashil rang yo‘qolguncha va och qo‘ng‘ir rang hosil bo‘lguncha (1/5KMnO4)= 0,1 mol/dm3 li eritmasi bilan titrlanadi.
Titrlashga sarflangan KMnO4 (x) hajmli jadvaldan topiladi.
Invertlangan qandning massa konsentratsiyasi (X, 100 sm3 sharobda grammda) quyidagi formuladan topiladi:
bu erda m – 1- jadvaldan topilgan invert qand massasi, mg.
A – sharobni suyultirish darjasi;
5 – tekshiriladigan eritmani 100 sm3 ga hisoblash koeffitsienti.
1000 – invert qandni mg dan grammga o‘tkazish koeffitsienti.
|
| |