|
ISHLAB CHIQARISHNI TEXNO-KIMYOVIY NAZORATI
|
bet | 16/25 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #261760 |
Bog'liq Курс лойиха виноISHLAB CHIQARISHNI TEXNO-KIMYOVIY NAZORATI
Sharobchilik korxonalariga keltirilgan uzumdan tortib tayyor maxsulot olingunga qadar laboratoriyada mikrobiologik va texnologik nazoratdan o‘tkaziladi. Nazorat quyidagicha olib boriladi:
Uzum boshi va donalarini mexanik tahlil qilish.
1. Namuna olingan uzumdagi uzum boshlarining sonini va tahlil uchun olingan uzumning og‘irligini aniqlash (gramlarda).
2. Har bir bosh uzumning og‘irligi va o‘rtacha og‘irligini aniqlash. Buning uchun namunaga olingan uzumning har bir boshi texnik tarozida tortiladi.
3. Har bir bosh uzumdagi uzum donalarining og‘irligini aniqlash va umumiy og‘irligini aniqlash: buning uchun har bir bosh uzumning donalarini qaychi bilan kichik bandini qoldirib qirqiladi. Donalar soni sanaladi va og‘irligi aniqlanadi.
4. Uzum bandining og‘irligini tortish va ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Og‘irlik 0.1gr aniqlikkacha bo‘lishi kerak. Uzum boshi og‘irligidan donalarning og‘irligini ayirmasi uzum bandi og‘irligiga teng.
5. Yuzta uzum donasining og‘irligini aniqlash.
6. Uzum turpi, urug‘i va sharbatining og‘irligini aniqlash. Buning uchun qirqib olingan uzum donalari laboratoriya iskanjasida yoki qattiq tikilgan haltachaga solinib, sharbati siqib olinadi. Haltachada qolgan turpi filtr qog‘ozga yoyilib bir oz quritiladi. Uzum urug‘i ajratib olinib tortiladi. Uzum donalarining umumiy og‘irligidan urug‘ va uzum turpi og‘irligini ayirmasi uzum sharbatining og‘irligini beradi.
7. Yuzta uzum urug‘ining og‘irligini aniqlash.
Uzum sharbati tarkibidagi quruq moddalar miqdorini areormetr usulida aniqlash.
Suyuqlik zichligini areometr bilan aniqlash Arximed qonuniga asoslangan yani suyuqlikka solingan xar bir jism o‘zining xajmiga teng suyuqlikni siqib chiqaradi.
Toza, quruq shisha silindrga filtrlangan suyuqlik asta sekinlik bilan solinadi. Toza va quruq areometrning ko‘rsatgichini barmoq bilan ushlab, suyuqlikka ehtiyotkorlik bilan solinadi. Areometrning suyuqlik zichligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatish chizig‘i suyuqlik yuzasidan yuqorida yoki suyuqlikka cho‘kib ketmasligi kerak. O‘lchanadigan suyuqlik yuzasida ko‘pik bo‘lmasligi kerak, aks holda zichlik ko‘rsatgichi noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Zichlik ko‘rsatgichi to‘g‘ri bo‘lishi uchun silindrdagi areometr ko‘rsatgichi chizig‘ini ko‘z to‘g‘risida keltirib, suyuqlik yuzasidan quyi chiziq to‘g‘risidagi son olinishi kerak. Bir vaqtning o‘zida suyuqlikning harorati ham o‘lchanadi.
|
| |