• Metavin kislotasi
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 0,52 Mb.
    bet15/25
    Sana08.06.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #261760
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
    Bog'liq
    Курс лойиха вино

    Sorbin kislotasi
    Sorbin kislotasi bilan ishlov berilishidan maqsad achitqi rivojlanishini to‘xtatish, sirka, sut bakteriyalariga va mog‘or mikroorganizmlarga ta’sir qilmaydi. 10% - spirt yoki ishkoriy eritmalari tayyorlanadi va sharobga qo‘shganda kam-kam, asta-sekin qo‘shiladi va doim aralashtiriladi, bo‘lmasa sorbin kislotasi kristall holatga o‘tadi.
    Sorbin kislotasini ko‘llaganda 5% eritmasi bir kun oldin tayyorlanadi va 1 dal sharobga 48 mm eritmadan ko‘shiladi. Bu demak 1l sharobga 200mg sorbin oksidi yoki 240 mg sorbat ko‘shilganidir. Sorbin kislotasi ko‘pincha boshqa moddalar bilan birga ishlatiladi.
    Metavin kislotasi
    Metavin kislotasi bilan ishlov berishdan maqsad –vino kislotasining chidamsiz tuzlarini ajralib chiqib cho‘kishini oldini olish.
    1l-sharobga metavin kislotasi 80-100mg hisobidan dastlab kam hajmdagi sharobda eritib qo‘shiladi.
    Oltingugurt IV oksidi
    SHarobchilik sohasida SO2 faqat antiseptik sifatida emas, balki texnologik material sifatida ham keng qo‘llaniladi. Masalan, sharobda oksidlanish - qaytarilish jarayonlarini boshqarish uchun antioksidant sifatida ishlatiladi. Demak, SO2 miqdorini o‘lchash birlamchi sharobchilik korxonalarida muhim ahamiyatga ega. SO2 sharobda erkin va bog‘langan holatda bo‘ladi. Erkin va bog‘langan SO2 ning nisbati sharobning tarkibi va unga kiritilgan SO2 miqdoriga bog‘liq.. Buni hisobga olib shuni aytishimiz mumkinki, faqatgina erkin SO2 antiseptik va antioksidant sifatida ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun faqat umumiy SO2 ning miqdori emas, balki alohida erkin kislota miqdorini ham aniqlash lozim.
    SO2 tayyor mahsulotlarda birmuncha ko‘p bo‘ladi va bu odam organizmi uchun zararli ta’sir ko‘rsatadi (sharobda umumiy SO2 miqdori maksimal -200 mg/l, erkin SO2 miqdori 20 mg/l bo‘lishi kerak).
    Uchuvchanlik va sulfit kislotani parchalanishi hisobiga bog‘langan SO2 erkin SO2 ga o‘tadi. SO2 miqdorini aniqlashning eng oddiy usuli yodometrik usul hisoblanadi. Lekin bu usulning aniqligi ancha kam. Sulfit angidrid miqdori mg/l SO2 da (0,1 mg/l) ifodalanadi.
    Oltingugurt IV oksidi rangsiz, o‘tkir hidli, zaharli, bo‘g‘uvchi gaz. Suvda yaxshi eriydi, suvdagi eritmasi – sulfit kislotadir. Eruvchanligi haroratga bog‘liq va (og‘irligi %) 13,34 (100S), 9,61 (200S) tashkil etadi. Issiqlikka chidamli. Oltingugurtni yoqish yo‘li bilan temir kolchedani (FeS2) yoki sulfat kislotani natriy sulfit (Na2SO3) bilan ta’sirlashishi natijasida olinadi. O‘rta bosimda oltingugurt 10,50S da yonadi. Oddiy haroratda suyuq SO2 ni 0,4-0,5 mPa bosimida olish mumkin. Oltingugurt kuchli qaytaruvchi va antiseptik xossalariga ega. SHarobchilik sohasida yog‘och taralarini dezinfeksiya qilish uchun, xonalarni SO2 bilan tutatiladi, sharbat bilan mezga sulfitlanadi.
    Korxonalarga quyultirilgan gaz holatda, og‘irligi 50kg bo‘lgan po‘lat ballonlarda olib kelinadi.



    Download 0,52 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 0,52 Mb.