• SHimoliy kaberne
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 0,52 Mb.
    bet11/25
    Sana08.06.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #261760
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
    Bog'liq
    Курс лойиха вино

    Qora pino
    Qora pino klonlash yo‘li bilan olingan, P.P.Blagonravov, E.B.Ivanova, P.V.Korobetslar klonlashtirish yo‘li bilan olishgan.
    1970 - yilda maxsus joylarga olib kelinib tajriba uchun ekilgan. Keyinchalik katta- katta joylarga Qirg‘izistonda, Ukrainada, Moldoviya va shimoliy kavkazda ekilgan. Uzum boshining bo‘yi - 15 sm, eni - 12 sm, silindr konussimon shaklda bo‘ladi. Uzum donasi kichkina va o‘rtacha , ko‘k binafsha va to‘q ko‘k rangda bo‘ladi. Uzum donasi po‘sti yupqa, mustahkam. Eti suvli, yoqimli mazaga ega.
    Bir dona uzumda 3- 4 ta urug‘i bo‘ladi.
    Urug‘i o‘rtacha, ovalsimon to‘q jigarrangda bo‘ladi.
    19- 25- apreldan kurtak chiqara boshlaydi, 6- iyundan gullay boshlaydi, 24- iyul 5-avgustdan uzum donalari pisha boshlaydi, texnik etilganligi 20 - avgust - 5 - sentyabrdan boshlanadi. Uzumning kurtak ochib pishib etilishi uchun 130-135 kun vaqt ketadi.
    Hosildorligi Ukrainada va Gruziyada - 120-150 s/gektar. YAxshi kelgan yillarda -190- 220 s/gektar.
    O‘rtacha uzum boshi og‘irligi -110-120 gr, maksimal - 220 gr. 100 ta uzum donasi og‘irligi -105-130 gr.
    Bir bosh uzum tarkibi quyidagicha:
    1. Uzum sharbati – 75%
    2. Uzum po‘sti va etining qolgan qismi – 19%
    3. Uzum bandi – 3%
    4. Uzum urug‘ – 3%
    Uzumni texnik etilgan vaqtidagi qandi – 17 - 19%, kislotaliligi 5,5 – 9,5 gr/l.
    Bu uzumdan nordon va shampan sharobi uchun xom sharob tayyorlash mumkin.


    SHimoliy kaberne
    Uzumni klonlash yo‘li bilan joriy qilingan, mualliflar: YA.I.Potapenko, L.I.Proskurnya, A.S.Sripnikova.
    1978- yilda tajriba uchun Rossiyada maxsus maydonlarga ekila boshladi.
    Uzum boshi kichkina, silindrsimon shaklda. Uzum donalari kichkina qora, uzum eti sersuv. SHarobbop navi o‘rtacha vaqtda tayyor bo‘ladi. Texnik etilganlik sentyabr oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Uzum o‘rtacha 135 kunda pishib etiladi. Uzumning o‘rtacha hosildorligi 80s/gektar, yaxshi yil kelganda 210 s/gektar gacha hosil beradi.
    Uzum boshining o‘rtacha og‘irligi 90-100 gr . Uzum donasida boshqa uzumlarga nisbatan ko‘proq urug‘i bor - 19%, uzum po‘sti - 11%. Uzum sharbatining qand miqdori -19,3%, kislotaliligi – 8,9gr/l.
    Kaberniydan qizil suxoy va maxsus kaberni sharoblarini tayyorlash uchun foydalanish mumkin.
    Nordon sharob tayyorlash uchun qandi -19 - 22%, kislotaliligi 9gr/l gacha, yoqut rangli uzumlardan foydalanib tayyorlanadi, sharoblar degustatsiyada -7,8 ball olgan.
    Asosan mavsum yaxshi kelganda kaberniydan yaxshi desert sharob olinadi.

    Download 0,52 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 0,52 Mb.