|
) nim nordon sharobni filtrlashda filtr qog‘ozda shimilishi
|
bet | 14/25 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #261760 |
Bog'liq Курс лойиха вино6) nim nordon sharobni filtrlashda filtr qog‘ozda shimilishi:
Qaytmas yo‘qotishlar - 0,05%
CHiqindi - 0,4%
Umumiy yo‘qotish
97962,5 dal - 100%
440dal = x - 0,45%
Qolgan xom sharob
97962,5-440=97522,5dal
7) nim nordon sharobga soviqlik ishlovi berish:
Filtirlangan sharobni sovuqlik ishlovi berish uchun xaydashda yo‘qotish – 0,09%
97522,5 dal - 100%
87,5 dal =x - 0,09%
qolgan xom sharob
97522,5 – 87,5 = 97435 dal
Qaytmas yo‘qotishlar - 0,4%
CHiqindi - 0,5%
Umumiy yo‘qotish
97435dal - 100%
877dal = x - 0,9%
Qolgan xom sharob
97435 – 877 = 96558 dal
8) xom sharobni saqlash:
A) nim nordon xom sharobni saqlash, saqlash yopiq binoda metall sig‘imlarda 4 oy saqlanadi.
96558*4*0,4/12*100=129dal
Qolgan xom sharob
96558 – 129 = 96429 dal
B) quvvatlangan xom sharobni saqlash:
58657*4*0,4\12*100 = 78 dal
Qolgan quvvatlangan xom sharob
58657 – 78 = 58579 dal.
YORDAMCHI MATERIALLAR, CHIQINDILAR, ULARDAN FOYDALANISH
Oziqa jelatini
Oziqa jelatini uy hayvonlarining terisi va suyagidan olinadi. Rangi –rangsiz yoki och sariq yaproqsimon yoki granula shaklida bo‘ladi. Jelatin – turli molekulyar massadagi molekulalarni polidispers aralashmasidir. SHarob rN-iga yaqin muhitda jelatin eritmasidagi oqsilni molekulyar massasi 25000-31000 teng. Jelatinning izoelektrik nuqtasi 4,7ga teng. Jelatinni naviga va fraksiyalariga qarab bu son o‘zgarishi mumkin. Kuruq jelatinning zichligi 1346 kg/m3;
Jelatin sovuq suvda erimaydi, lekin bo‘kadi va dializ natijasida tarkibidagi tuzlardan ozod bo‘ladi.
Issiq suvda yaxshi eriydi, qaynatganda konsentrlangan jelesimon eritmalar beradi, sovish bilan ular qotib qoladi.
Baliq elimi
YUkori navli oziqa baliq elimi – baliqdan tayyorlanadi va quritilgan qayishqoq plastinka kabi bo‘lib, begona hidsiz ma’zasizdir. Bu elim ham jelatin kabi amfoter elektrolitdir, rN= 7 bo‘lganda elim qismlari musbat zaryadlangan bo‘ladi, rN= 7,1-ga teng bo‘lganda esa – manfiy zaryadlanadi. O‘rta molekulyar massasi 32000 (rN 2,22 bo‘lganda).
Baliq elimi sovuq suvda va organik eritmalarda erimaydi, oksidlarda bo‘kib yaxshi eriydi. Baliq elimining tuzilishi hamma kollagenlar kabi tolsimon. Eriganda bu tuzilishi buziladi.
Baliq elimi nafis, kam ekstraktivli sharoblarni eng yaxshi xurushlovchi moddadir. U oq musallaslarni, sharoblarni, shampan xom sharoblarni va umuman fenol moddasi kam bo‘lgan sharoblarga ishlov berishda qo‘llanadi.
|
| |