|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 10/25 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #261760 |
Bog'liq Курс лойиха виноTEXNOLOGIK SXEMANI IZOXI
Uzumni qizil uslubda qayta ishlashda uzum po‘stlog‘idagi rang beruvchi , oshlovchi va boshqa moddalarni sharbat tarkibiga o‘tkazishdan iborat. Uzum po‘stlog‘idagi rang beruvchi va boshqa moddalarni o‘tkazishning turli xil usullar bor: 1-mezgada damlash orqali, 2-mezgada bijg‘itish orqali,3- mezgaga issiqlik ishlovi berish orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Uzumni qayta ishlash korxonasiga uzum tashuvchi mashinalarda va traktorlarda keltiriladi va uzum avtotarozida tortiladi. Tortib olingandan so‘ng bunker pitatel (1) ga to‘kiladi. U erdan shnek yordamida SDG – 10 (2) uzum maydalash linyasiga beriladi. Maydalangan uzum mezga nasos (3) bilan VEKD 5 ekstraktor (4) ga mezgani damlash uchun beriladi, u erdan oqim sharbati ajratiladi va qolgan mezga press (5) ga berilib 1, 2 va 3 bosim sharbatlari ajratib olinadi. Ajratib olingan sharbatlarni yig‘iladi (6), yig‘ilgan sharbatlar tindish uchun tindirgich (18) ga beriladi, tindirilgan sharbat bijg‘itish uchun nasos (8) yordamida uzatiladi bijg‘ituvchi rezervuar (9) ga beriladi. Bijg‘itilgan xom sharob achitqidan ajratuvchi rezervuar (10)da ajratiladi olinadi, achitqi ajratilgandan keyin xom sharob xurushlash ishlovi berish uchun xurushlovchi rezervuar (11) ga beriladi, xurushlangan sharobga biroz muddat dam (12) beriladi, dam berilgan sharob oraliq rezervuarga yig‘iladi va filtrlash uchun filtrlovchi qurilma (14) da filtrlash uchun filtr qog‘ozdan foydalaniladi. Filtrlangan sharobga oqimda sovuqlik bilan ishlov beriladi, bunda truba ichida truba (15) sovitish uskunasidan foydalanilaniladi. Sovuqlik ishlovi berilgandan so‘ng xom sharobni biroz muddatsaqlash uchun qobirg‘ali rezervuar (16) ga uzatiladi va u erdan saqlash uchun saqlovchi rezervuar (17) ga beriladi. Kuvvatlangan sharobga spirt qo‘shish uchun mernik (19).
XOM ASHYO TAVSIFI.
Shimoliy saperavi
SHimoliy saperaviyni mualliflari: YA. I. Potapenko, I. P. Potapenko, E. I. Zaxarova seleksiya yo‘li bilan 1947-yilda olishgan. 1960-yilda tajriba uchun maxsus xududlarga ekildi.
Bir bosh uzum: o‘rtacha, konussimon shaklda, o‘rtacha zichlikka ega. Uzum donalari kichikroq va o‘rtacha ovalsimon, to‘q ko‘k rangda. Eti mustahkam. Urug‘i o‘rtacha ( bo‘yi 5.2 mm, eni 3.2 mm), ovalsimon, to‘q jigarrang.
SHarobbop navlarini o‘rtacha tayor bo‘lish vaqti: 20- apreldan kurtak yoza boshlaydi, 30-maydan gulay boshlaydi, 29- iyuldan uzum donalari pisha boshlaydi. 21- sentyabrdan boshlab hammasi pishadi. O‘rtacha 139 kunda uzum pishib tayor bo‘ladi.
1961-1980-yilgi natijalar bo‘yicha 145 s/gektar hosil bergan. O‘rtacha uzum boshining og‘irligi 105gr, maksimal 200gr, Donetskiy uslubi bo‘yicha 1976-1980- yillarda o‘rtacha 132 s/gektar hosil bergan. O‘rtacha uzum boshining og‘irligi - 97gr.
Bir bosh uzumning tarkibi quyidagilardan iborat:
Uzum sharbati – 74,4%
Uzum po‘sti va uzum eti qoldig‘i – 15,6%
Uzum bandi – 6%
Uzum urug‘i – 4%
Tindirishda qolgan quyqum – 12,5%.
SHarbat tarkibidagi qand miqdori Novocherkasska shaxrida – 21,2%, kislotaliligi – 7,6 gr/l; Daniya hudididagi navlarda o‘rtacha qandi – 18,7%, kislotaliligi – 11,4 gr/l.
Bu uzumdan nordon va desert sharoblar olish uchun foydalaniladi.
Nordon sharobda uzum naviga xos hushbo‘y hid, engil mazaga ega.
SHarobni konditsiyasi: spirti – 11,5%, titrlanadigan kislotaliligi – 5,5 gr/l. O‘rtacha degustatsiyaning bahosi – 7,8 ball.
Desert sharobi juda tiniq, mazasi mayin, hushbo‘y shokaladli hid beradi.
SHarobning konditsiyasi: spirti – 16,3%, qandi – 16,5%, titrlanadigan kislotaliligi - 5,0 gr/l. O‘rtacha degustatsiya bahosi – 8,3 ball.
|
| |