O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 0,52 Mb.
bet7/25
Sana08.06.2024
Hajmi0,52 Mb.
#261760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Курс лойиха вино

Sharobni xurushlash
Sharob kolloidlari bilan o‘zaro munosabatga kirishadigan gidrofil kolloidlar (jelatin, kley va xakazo) sharobni tinitish maqsadida sharobga qo‘shib tinitish jarayoniga – xurushlar deyiladi. Oqsil va oshlovchi moddalar bir-birga ta’sir ko‘rsatishi natijasida erimaydigan birikmalar hosil qilib, ular o‘z navbatida xurushlovchi moddalarga adsorbsiya (sedimentatsiya, kaogulyautsiya….) va boshqa fizikaviy kuchlar ta’sirida birikib, yiriklashib pag‘a-pag‘a shaklda bo‘lib o‘zi bilan sharobdagi mayda zarrachalarni olib ketadi va sekin rezervuar tubiga cho‘kib sharobni tindiradi. Bu o‘zgarishlar davomida qattiq fazani dispersligini ikki yo‘l bilan oshishini (ko‘payishi) kuzatamiz: qismlarni kattalashishi (koagulyasiya) va qattiq fazani cho‘kmaga ajralib chiqishi (sedimentatsiya).
Kolloid sistemasi singari sharobni xurushlash davomida zollarning o‘zgarishi kuzatiladi.
Qizil sharoblarga jelatin qo‘shilgandan bir necha daqiqadan so‘ng cho‘kma pag‘a-pag‘a bo‘lib tushishini kuzatamiz. Ularni kattaligi tezda o‘sib, yiriklashib, bo‘yok tuslari intensivlashib, to‘rsimon narsa hosil bo‘ladi. U o‘z navbatida cho‘kmaga katta va kichik, mayda zarrachalarni va sharobdagi boshqa muallaqlarni o‘zi bilan olib ketadi. Oq sharoblar tanin bilan boy bo‘lmaganligi uchun cho‘kma bir necha soat, ayrim xolatda bir necha kundan so‘ng ham paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Agar dispers sistemadagi dispers faza zarrachalari 100 mm-dan kichik va 1mm-dan katta bo‘lsa, bu dispers sistemalari kolloid eritmalar yoki zollar deb ataladi. Tanin va oqsil moddalarni to‘plami kancha ko‘p bo‘lsa shuncha tanatlarni hosil bo‘lish tezligi, cho‘kma pag‘a-pag‘alarini katta-kichikligi va ularni cho‘kish tezligi yuqori bo‘ladi.
Xurushlashni mexanizmi: pektin moddalarni, kolloid zarrachalarni, tanidlarning elektron zaryadi manfiydir, eritma muhitining rN=Z teng bo‘lganda, tanin bilan kaogulyasiyalanmagan oqsil moddalar va jelatin esa musbat zaryadlik bo‘lib bir-biriga kimyoviy ta’siri natijasida tuzsimon xarakterli birikma hosil bo‘ladi. Tanatlar izoelektrik holatga yaqin holatda bo‘lib, jipslashib cho‘kmaga ketadi. Tanatlarni jipslanishiga sharob tarkibidagi sulfat kislotasini anionlari, uch valentli temir kationlarining ta’siri katta. Bu xolatga etil spirtning miqdori ta’sir qilmaydi.

Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 0,52 Mb.