O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 0,52 Mb.
bet4/25
Sana08.06.2024
Hajmi0,52 Mb.
#261760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Курс лойиха вино

Presslash
Oqim sharbati ajratilgan mezgaga kambag‘allashgan mezga deyiladi va u pressga yuboriladi.
Presslash davomida sharbatning oqim tezligi birdek emas. Boshida jarayon tezlik bilan ketadi, keyin esa sustlashib, oxirida tezligi ancha pasayib qoladi. Ajralib chiqqan sharbat miqdori asosan mezgaga ta’sir qilayotgan bosim kuchiga, presslash davomiyligiga, uni muntazam ravishda o‘zgarishiga, qatlam qalinligiga va xaroratga bog‘liqdir. Iskanjalashni boshlanishi mezga tarkibidagi sharbat miqdoriga, mezga zarrachalarini katta kichikligiga, xujayrani tizim tavsifiga va uning dastlabki ishlovda parchalanganlik darajasiga bog‘liq. Statik sharoitda jarayon boshlanishida bosimni har daqiqada 6 kPa oshirsa, sharbat ajralib chiqishi samaradorli o‘sadi. Bu tizimda sharbatni 80% qismi 30 daqiqa davomida ajraladi va uning tarkibidagi zarrachalar miqdori 100g/l dan oshmaydi. Mezgani presslash jarayonida bosimni tez o‘zgarishi mezgani maxalliy zichligini oshib ketishiga olib keladi, kuchli gidravlik zarba chiqaradi. Mezga qatlamlarida, bo‘lim panjarasida, pardasida ishchi bosimni o‘zgarishini kuchaytiradi. Bu hammasi sharbatni sachrab ketishiga, zarrachalar va fenol moddadar bilan boyitishga olib keladi va shu bilan birga sharbatni ajratib olish davomi qisqarmaydi. Mezgani presslashda bosimni ko‘payish tezligi katta bo‘lishi sharbat ajralish tezligini faqat boshida kuchaytiradi. To‘la doirani o‘rta tezligi esa pasayib sharbat zarrachalar bilan boyiydi. Presslanayotgan mezga qatlamini baland qilib olsak, sharbat chiqishini nisbiy tezligi tushib ketadi va sharbat tarkibidagi zarrachalar miqdori kamayadi. Presslash davomida «mezgani» naysimon kanallar yuzasi kichrayib, sharbat oqimiga to‘sqinlik kuchayadi. SHuning uchun qatlam balandligini kamaytirib uzluksiz yoki davriylik vaqti-vaqti bilan qattiq qismlar zichligini oshirmaslikga, pressdagi mezga massasi kovlab aralashtiriladi. Mezgani vaqti-vaqti bilan kovlash sharbatni ajralishini tezlatadi, jarayon davomiyligini qisqartiradi va sharbat xajmini ko‘paytiradi. Sharbatni kimyoviy tarkibi kam o‘zgaradi lekin zarrachalar miqdori 20-25%ga oshadi.

Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 0,52 Mb.