|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 8/25 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #261760 |
Bog'liq Курс лойиха виноSharobni filtrlash
Filtrlash - bu suyuqlikni o‘tkazuvchi g‘ovak, to‘siqdan qattiq zarrachalarni ushlab qolish yo‘li bilan qattiq fazani suyuk fazadan ajratib qolishdir, sharob ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Sorbsion muvozanatni kelish vaqti filtrlash materiallarni muhim tasnifidir. Muvozanat o‘rnatilgandan keyin filtrlash faqat zarrachalarni mexanikaviy ushlab qolishi hisobiga ketadi. Turli filtrlovchi materiallar uchun sorbsion muvozanatni boshlanishi bilan filtrlash fizik-kimyoviy xususiyatiga va zarrachalarni filtrlanayotgan suyuqlikni kimyoviy tarkibiga: ularning orasidagi nisbatga, xaroratga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq.
Filtrlash jarayonida sharob kislorodga to‘yinadi, bu jarayon nordon va shampan sharoblarni ishlab chiqarish keraksizdir. Xarorat 18-20°C - ga teng bo‘lganda filtrlashni bir doirasida 1 litr sharobga 9,0 mg kislorod (demak to‘lik to‘yinadi) kirib keladi. Buni oldini olish maqsadida yuqori unimdorli nasoslar ishlatiladi (to‘lish 3-4 soatdan oshmasligi kerak) va sig‘imlar yuqoridan emas, pastki quvirlardan to‘ldiriladi.
Sharobga sovuqlik ishlovi berish
Sovuqlik bilan sharobga ishlov berishdan maqsad, ularning kristallik loyqalanishga qarshi barqarorligini oshirish. Bu ishlov berilganda vino kislotasini tuzlari-tartratlar cho‘kmaga ketadi. SHarobga etkazilgan fizik-kimyoviy ta’sir uni keyinchalik kristallik loyqalanishiga qarshi turg‘unlikga ega bo‘ladi. Sovitish, xaroratni pasayib ketishi bu vino tuzlaridan boshqa tuzlarni cho‘kishiga, oshlovchi va bo‘yoq moddalarini, oqsil va pektin moddalarini koagulyasiyalanishiga yordam beradi. Oqsil va pektin moddalarini koagulyasiyasini chaqirib, cho‘kmaga tushiradi shu bilan sovuqlik ishlovi sharobni xurushlaydi. Kaogulyasiyaga uchragan pektin – oqsil moddalar sharobdagi turli mayda muallaq zarrachalarni, turli bakteriyalarni, mog‘or zamburug‘ sporalarini va sharobdagi boshqa mikroorganizmlarni o‘zi bilan cho‘kmaga olib ketadi. SHu sababdan, sovitish ishlovi sharobga biologik ta’sir ham ko‘rsatadi.
Sovuqlik bilan ishlov berilgan sharoblarni kimyoviy tarkibini o‘zgarishi sovitish shart-sharoitlarga bog‘liq. Masalan, sharoit qattiq bo‘lib o‘tkazilsa va 10 kun sovitish haroratida saqlansa tartrat va fenol moddalarni miqdori 50%-ga kamayadi, azot moddalari 18-20%, kolloid holatdagi moddalar 25-30%.
SHarob tezda -4-5S0 haroratgacha sovitilib 2 kun shu haroratda o‘zida saqlab filtrlansa sharob tami yaxshilanadi va kafolat muddati davomida sharobni barqarorligi saqlanadi.
|
| |