O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 0,52 Mb.
bet23/25
Sana08.06.2024
Hajmi0,52 Mb.
#261760
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Курс лойиха вино

ATROF MUHIT MUHOFAZASI

Atrof muhit muhofazasi va ekologik xafxsizlik muammolari milliy va mintaqaviy doiradan chiqib insoniyatning umumiy muommosiga aylangan. Bugungi kunda texnika taraqqiyoti , ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan kengayishi, transport vositalarini ko‘payishi, tabiatdan nooqoilona foydalanish va boshqa antropagen ta’sirlar natijasida quyidagi ekologik muommolar vujudga keldi.


Birinchidan yaqin maydonlarni cheklanganligi va uni sifat tarkibi pasayib ketganligi kuzatilmoqda. Erning nixoyatda sho‘rlanganligi O‘zbekiston uchun ulkan ekologik muommo bo‘lib qoldi. Erga har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar va kimyoviy vositalar qo‘shish , materiallanrni saqlash va ularni tashish va foydalanish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish erni ifloslanishiga olib kelmoqda.
Ikkinchidan suv zahiralari shu jumladan er osti va er usti suvlari keskin taqchilligi, hamda ifloslanganligi katta tashvish olib kelmoqda. Daryo suvini ifloslanish ekologik va gigienik va sanitariya epidamalogiya vositalari, ayniqsa daryolarning quyi oqimlarida yomonlashmoqda.
Uchinchidan orol dengizini qurib borishi havfi g‘oyat keskin muommo bo‘lib qoldi. Xorizgi kunda orol sohillari kengayishi, suvi qurishi natijasida orol 2 ta qoldiqqa aylanib qoldi. Orol dengizining qurib borish erlik axoli salomatligiga, orol atrofning ekologiyasi buzilishiga va suvda yashovchi jonzotlarni kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
To‘rtinchidan xavo bo‘shlig‘ini ifloslanishi ham juda katta ekologik havfdir. Mutahassislarni ma’lumotiga qaraganda har yili atmosfera 4 mln ga yaqin zaxarli modda qo‘shilmoqda.
O‘zbekistin Respublikasi “tabiatni muxofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuning 32-moddasida , tabiatni muhofaza qilish soxasida jamoat nazoratini jamoat birlashmalari, mexnat jamaolari, fuqorolar amalga oshirayotgan, idoraviy, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi ekologik hizmatlarni va ekologik soxadagi jamaot nazoratini tashkil etish hamda faoliyat ko‘rsatish ushbu qonun va mazkur xizmatlar va jamoat nazorati to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solib boriladi, deb belgilangan.
“CHiqindilar to‘g‘risida”gi qonunni 13-moddasida “chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalgam oshirish obektlarni sanitarik va ekologik xolati ustidan jamoat nazorati amalga oshirishda ishtirok etish” xuquqlariga ega ekanligi keltirilgan.
Ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning xozirgi asosiy yo‘nalishlari quyidagilar.

  • Tegishli texnologiyani ishlab chiqarish va joriy etish insonni hayot faoliyati uchun zararli ta’sir etadigan moddalar bilan xavo va suv muxitini iflslantirishni to‘xtatish

  • Qayta tiklanadigan zaxiralarni tabiiy ravishda kengaytirishni

  • taminlash qayta tiklanmaydiganlarni esa qa’tiy mezon asosida oqilona foydalanish

  • Tabiiy sharoit, tabiiy zahira va tabiiy resusrlardan oqilona kompleks va samarali foydalanish darajasini ta’minlaydigan aniq maqsadga qaratilgan ilmiy asoslangan loyixalar ishlab chiqarish

  • Jonli tabiatni va hayvonlarni yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang‘ich baza sifatida saqlab qolish

  • Ekologik kulfatlarni chegara bilmasligini e’tiborga olib jaxon xamjamiyatini e’tiborini mintaqaviy ekologik muommolarga qaratish lozim.

Ishlab chiqarish korxonalarida xam atrof muhit muxofazasi muommolari bo‘yicha bir qancha tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlar ishlab chiqarish korxonalarida atmosferaga chiqarib yuborilayotgan chiqindilar, suv omborlari va erni ifloslanuvchanli zararli moddalarni qayta ishlovchi zamonaviy uskunalardan foydalanish , gaz tozalovchi va chang yutuvchi uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonarni qayta qurish. Atrof muxitni zararlanganligini nazorat qiluvchi va o‘lchovchi asboblarni ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.
SHarob ishlab chiqarish korxonalarida suv ta’minoti katta axamiyatga ega. CHunki uskuna, qurilma va texnologik jarayonlarni o‘tishida suv va oqava suvlar ko‘p bo‘ladi. Oqava suvlarni tarkibida zararli moddalarni bo‘lishi suvni qayta ishlash stansiyalaridan foydalanish taqazo etiladi. SHarob ishlab chiqaruvchi korxonalarda suv sarfi 40% ni tashkil etadi. Suvni sarfi uzumni qayta ishlovchi liniyalarni, issiqlik almashinish uskunalarini, filtrpress va pasterizator, texnologik sig‘imlarni yuvish va bug‘ qozonlari kompressor qurilmalarida ishlatiladi.
SHarobchilik sanoatida ishlatiladigan suv O‘ZDST950-2000 “Ichimlik suvi gigienik talablar va sifatini nazorat qilish “talabiga javob berishi kerak. Bu xil yo‘nalishdagi korxonalar uchun oqova suv tarkibi sifat va miqdor ko‘rsatgichiga kiruvchi organik va mineral moddalar bilan ifloslanadi. Bu oqava suvga maishiy oqava suvlari xam kiradi.
Uzumni qayta ishlash mavsumida oqava suvlardagi organik cho‘kmalarni ko‘payishi XPK va BP5 ni 2.5 barobar ortishiga sabab bo‘ladi. Asosan suvni kislatalaligi va muxitni kislataligini ortishiga sabab bo‘ladi. Oqava suvlarni tozalashni bir qancha usullari bor: Mexanik, Kimyoviy, Fizik-Kimyoviy va Biologik usulari mavjud.
Oqava suvlarni ifloslanish mexanik zarrachalar , suspenziya, kolloid. emmulsiya va elektrolit ko‘rinishda bo‘ladi. SHarob ishlab chiqarish korxonalarida asosan biologik usuldan foydalaniladi. Biokimyoviy usul oqava suvlarni PH 2.5-3.5 bo‘lganda yaxshi o‘tadi.

Download 0,52 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 0,52 Mb.