141
suvda bo‘kishi oqibatida, javhar bilan ishqor moddalarining o‘zaro birikishi natijasida gaz ajralib
chiqa boshlaydi va ko‘pik hosil bo‘ladi. Qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgich vositalarida ham shu
yo‘sinda ko‘pik hosil qilinadi. Faqat unda ko‘pik hosil qiluvchi javhar qismida,sulfat javhari
N
2
SO
4
yoki sulfat tuzi bilan oksidlangan temir Fe
2
(CO
4
)
3
moddalarining aralashmasi ishlatiladi.
Bu ikkala jarayonda sodir bo‘ladigan kimyoviy birikish tenglamalarini quyidagi
ifodalarda ko‘rish mumkin:
2NaHSO
3
+ H
2
O + AL
2
(СO
4
)
3
= 3Na
2
СO
4
+ 2AL(OH)
3
+ 2СO
2
2NaHСO
3
+ H
2
СO
4
= Na
2
СO
4
+H
2
O + 2СO
2
Bunday tartibda tayyorlangan ko‘pik etarli darajada harakatchanlik va vaqtga nisbatan
ustuvorlik xususiyatlariga ega bo‘lib, suv bilan qo‘shilmaydi, alanga va uning haroratiga yaxshi
qarshilik ko‘rsata oladi.
Maxsus ko‘pik tayyorlaydigan uskunalarda xavo, suv, javhar va ishqorlarni majburiy
aralashishi natijasida havoli sun’iy ko‘pik hosil bo‘ladi. Chunki uning tarkibiy hajmi 90%
gazdan va 10% gina ko‘pik hosil qiluvchi eritmadan iboratdir.
1902 yili rus muxandis olimi A.G.Loran olovni ko‘pik bilan o‘chirish taklifi bilan chiqib,
ko‘pik hosil qiluvchi modda sifatida natriy bikarbonat aralashgan ekstraktdan foydalandi. Uning
ixtiro qilgan qorishmalari yong‘inni o‘chirishda ishlatiladigan ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni
asosini tashkil etadi. 1925 yilda ko‘pik generatori yaratilgandan keyin, kimyoviy ko‘piklarni
tayyorlashda quruq holdagi kukunlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
40-chi yillarni boshida PGP-1, PGP-2 va PGP-3 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar
ishlab chiqarila boshlandi. Uning tarkibini alyuminosulfat javhari 45-60%, natriy bikarbonat 22-
46% va ekstrakt 1-8% tashkil etadi.
1985 yilgacha PO-1 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq holdagi aralashmadan o‘t
o‘chirishda keng foydalanib kelindi. U to‘q jigarrang tusda bo‘lib, tarkibida 84% kerosin, 4-5%
suyak elimi, 10-12% etil spirti mavjud bo‘ladi.
Bugungi kunda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan havoli mexanik ko‘piklarni hosil qilish
uchun PO-1 rusumli quruq kukundan tashqari, PO-2A, PO-1D, PO-1S, PO-3A, PO-6K, PO-3AI,
«IVA», «Morozka», «TEAS», «Polyus», «Sampo» va «Morpen» rusumli ko‘pik hosil qiluvchi
suyuq moddalar, amaliyotda keng qo‘llanib kelinmoqda. Masalan bulardan, PO-2A rusumli
ko‘pik hosil qiluvchi suyuq modda (sanoatda nomi «Progress»), tarkibida 30±1% li faol
moddalar bo‘lgan suv qorishmasi va natriyli sulfat va 8-18 atomli karbon birikmalaridan iborat.
O‘t o‘chirishda bir qism PO-2A ga ikki qism suv qo‘shilgan holda ishlatiladi.
PO-3A rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq modda («Pinal») 26±1% li faol moddaning
suvdagi eritmasidan iborat bo‘lib, tarkibida ikkilangan natriy alkilsulfati 8-10 va 13-18 atomli
karbon alkil moddalari mavjud. PO-3A moddasi amaliyotda suv bilan 1:1 nisbatda qorishma
holiga keltirib ishlatiladi.