144
sababdan bu tizimlar o‘rnatilgan ob’ektlarda yong‘inni kelib chiqish sabab va oqibatlari tezda
bartaraf etilib, bino va inshootlar saqlab qolinadi.
Yong‘in darakchilari yong‘in o‘chog‘ini boshlanish jarayonida aniqlash,
uning sodir
bo‘lgan vaqti va joyini xabar qilish uchun hamda zarur bo‘lganda tutun so‘rg‘ich yoki o‘tni
o‘chiruvchi uskunalarni ishlashini avtomatik tarzda boshqarish uchun xizmat qiladi. Yong‘in
darakchilari tizimi asosan yong‘inni dastlabki belgilari bo‘lmish tutun, yorug‘lik yoki u erdagi
haroratni elektr xabarlariga aylantira oladigan xabarchi moslamalardan iborat bo‘ladi. Bu
xabarchi moslamalar aloqa tarmog‘iga ulangan bo‘lib, qabul punktiga o‘ziga xos tovush yoki
yorug‘lik signallari orqali darak beradi hamda avtomatik o‘t o‘chirish
va tutun haydash
uskunalarini zudlik bilan ishga tushirishni ta’minlaydi.
Yong‘in darakchilari o‘zlarining ishlash uslubiga binoan shartli ravishda 4-ta guruhga,
ya’ni issiqlik, yorug‘lik, gaz va tutundan ishlaydigan turlarga bo‘linadi.
O‘zbekistonda ilk bor 1960 yilda haroratni ta’siridan engil erib ketuvchi «Vuda»
qorishmasi asosida ishlaydigan, DTL rusumli yong‘in daraklagichlari ishlab chiqarila
boshlangan edi (5.18-rasm).
5.18-rasm. DTL rusumli yong‘in darakchisi
DTL bir marta qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, xonaning harorati 72
o
C dan oshgandan
keyin, uning
markazida joylashgan, spiralsimon o‘tkazgichni aloqa zanjiriga bog‘lab turuvchi,
haroratga o‘ta sezgir bo‘lgan maxsus qorishma erib ketishi oqibatida, zanjir uziladi va nazorat
pultiga yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida xabar beradi. Bitta DTL daraklagichi 15m
2
gachayuzani qo‘riqlashga qodir.
DTL darakchilari atroflicha o‘rganilib, kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida 1984
yildan boshlab mukammallashtirilgan issiqlik ta’sirida ishlaydigan IP-101, IP-102, IP-103, IP-
104 va IP-105 rusumli yong‘in darakchilari ishlab chiqarila boshlandi.
Bularning barchasi
qo‘riqlanayotgan muhitning harorati 70-72
o
C dan ko‘tarilgan zahoti yong‘in xavfi paydo
bo‘lganligi haqida markaziy pultga avtomatik tarzda xabar berish uchun mo‘ljallangan.
Shulardan biri IP-104 rusumli yong‘in darakchisining texnik tavsiflari qo‘yidagi 5.5-
jadvalda keltirilgan.
145
5.5-jadval
5.19 – rasm. Harorat yong‘in darakchisi
5.20 – rasm. Turli rusumdagi harorat yong‘in darakchisi
Elektr zanjirini uzuvchi ishchi harorati,
o
C
72±2
Ishchiharoratdankeyinishgatushishvaqti, soniya
125
Zanjir qarshiligi, Om
0,1
Zanjir kuchlanishi, V gacha
110
Ruxsatli tok kuchi,
A gacha
0,1
O‘lchamlari
Diametri, mm
Balandligi, mm
Og‘irligi, kg:
Xizmat muddati, yil
60
40
0,02
10