Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari
O‘tni o‘chirish deganda, yonish uchun zarur bo‘lgan uchta omilning birini bartaraf etish
yo‘lida qilinadigan harakat tushuniladi. Ya’ni yonishni to‘xtatish uchun quyidagi harakatlarni
bajarish kerak bo‘ladi:
-yong‘in hududiga kislorodni kirish yo‘lini to‘sish yoki yonuvchi moddani miqdorini
kamaytirish, ya’ni to‘siq qo‘yish;
-yonuvchi manba hududini yoki yonayotgan moddaning haroratini issiqlikni yutadigan,
ammo o‘zi yonmaydigan sovutgich moddalar yordamida keskin pasaytirish, sovutish;
-yonuvchi suyuq moddalarni o‘tda yonmaydigan moddalar (gaz yoki suv) bilan
suyultirish.
29
Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p
328.


134
Amaliyotda yong‘inni o‘chirishda bu usullarning dastlabki ikkitasi, ya’ni o‘tni
o‘chiruvchi moddalar yordamida to‘sib qo‘yish va sovutish usullari ko‘proq qo‘llaniladi.
O‘tni o‘chirish uchun ishlatiladigan, olovda yonmaydigan turli xildagi moddalar,
jumladan suv, inert gazlardan karbon ikki oksidi, azot, argon, suv bug‘lari, kimyoviy ko‘piklar,
geterogen kukunlar, galogen karbovodorod sovutgichlari va ularni uzatib beruvchi uskunalar va
boshqalar o‘t o‘chirish vositalari bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda o‘t o‘chirish vositasi sifatida yong‘inni o‘chirishda eng ko‘p
ishlatiladigani suv hisoblanadi. Suvdagi o‘tni o‘chirish xususiyatlari, uni yuqori darajadagi
issiqlikni yutuvchanligi (issiqlikni yutish qobiliyati 2260kDj/kg), yuqori haroratga chidamliligi
va bug‘langanda hajmini 1700 marotaba ko‘payib ketishi bilan belgilanadi. Suv o‘t o‘chirishda
eng qo‘lay vositalardan hisoblanadi, chunki unda bir vaqtni o‘zida 3 ta xislat, ya’ni sovutish,
suyultirish va to‘sish xususiyatlari mavjud.
Suv oqimini katta bosim ostida kuchaytirib bera oladigan 28-50mm diametrli brandsboy
lafet uskunalari yoki diametri 13-25mm bo‘lgan dastakli o‘t o‘chirish vositalari yordamida yaxlit
yoki maxsus purkagich uskunalar yordamida suv bug‘lari oqimi shaklida purkab uzatilishi
mumkin. Suvni bu boradagi kamchiligiga, uning yonuvchi sirtga yopishmasligi va oquvchanlik
xususiyaatlarini ko‘rsatish mumkin. Buning oqibatida suv ko‘p miqdorda sarflanadi va atrofdagi
buyum va jihozlar yaroqsiz holga kelib qoladi.
Suvni o‘ziga shimib olish xususiyati past bo‘lgan moddalarni o‘chirishda suvga 1%li,
ko‘pik hosil qiluvchi, sulfanol, natriykarboksimetilsellyuloza moddalari qo‘shilsa, paxta yoki
undan tayyorlangan matolarni o‘chirishda suvning sarfini 2-2,5 barobarga kamayishini
ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari shuni ham nazarda tutish lozimki, hamma yong‘inlarda ham o‘t o‘chirish
vositasi sifatida suvni ishlatish mumkin bo‘lavermaydi. Chunonchi, metal va uning gidridlari,
metaloidlar va karbidlarni hamda elektr dastgohlari yonganda ularni suv bilan o‘chirish ma’n
etiladi. Chunki bunday yong‘inni o‘chirish jarayonida noxush oqibatlar yuzaga kelishi, ya’ni
yong‘inni kuchayib ketishi yoki elektr ta’siridan fojia yuuz berishi mumkin.
Yong‘inni o‘chirishda suv va ko‘pik moddalarini ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlarda
o‘t o‘chirish vositasi sifatida yonmaydigan gazlardan keng foydalaniladi. Bunday gazlarga azot,
karbon ikki oksidi, argon, brometil, xlorbrommetan va boshqalar misol bo‘ladi.
Bu gazlar havodagi kislorodni yonishga yordam bera olmaydigan darajagacha suyultirish
yoki uni yonuvchi muhitdan (yopiq hajmda) siqib chiqarish maqsadida ishlatiladi. Masalan, shu
maqsadda eng ko‘p ishlatiladigan karbonat angidridi (CO
2
) havodan 1,5 barobar og‘ir bo‘lganligi
sababli, pol sathidagi yonuvchi hajmni sovutish bilan birga unga keladigan kislorod yo‘lini
to‘sish evaziga, yong‘inni tez o‘chirish imkonini beradi. 1litr suyuq karbonat angidridi, balondan
ochiq havoga chiqarilganda uning hajmi 506 litrga ko‘payadi. Bu degani yopiq hajmdagi
yonuvchi manbaga tashqaridan kislorodni kirib kelishiga mutlaqo imkon qolmaydi. Odatda, CO
2
suyuq yoki gaz holatida 2 litrdan 80 litrgacha hajmdagi har xil po‘lat balonlarda 3430kPa
bosimda saqlanadi (5.9-rasm). Gazni o‘t o‘chirish uchun qo‘llashda balonlarda o‘rnatilgan,
maxsus og‘zi kengaytirilgan karnaycha orqali uzatiladi. Undan chiqayotgan gaz oppoq parcha-
parcha qorsimon ko‘rinishda bo‘lib, karnaychadan otilib chiqish paytida harorati -80
o
S ga yaqin
bo‘ladi. Shu boisdan ularni ishlatishda xavfsizlik nuqtai nazaridan qo‘lqop kiyilishi zarur
hisoblanadi.
Karbonat angidridi to‘ldirilgan gaz balonlarini xavfsizlik holati ular saqlanayotgan
muhitning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Muhitning harorati ko‘tarilgan sari, balondagi suyuq
karbonat angidridi gaz holatiga aylana boshlaydi, natijada balondagi bosim ko‘tarilib portlash
xavfi yuzaga keladi. Bunday xavfni oldini olish uchun barcha o‘t o‘chirish balonlari suyuq gaz
bilan faqat 75% hajmida to‘ldiriladi va ularning hammasi himoya pardalari (membranalar) bilan
ta’minlangan bo‘ladi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng ko‘p ishlatiladigan vosita, bu qo‘lda
ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir. Yong‘inni dastlabki davrida bunday o‘t o‘chirgich vositalarni
ahamiyati juda katta. Qo‘lda ishlatiladigan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari kimyoviy ko‘pikli,


135
gazli va kukunli turlarga bo‘linadi va ularni og‘irligi 20kg dan oshmasligi kerak. O‘t o‘chiruvchi
vosita sifatida karbon ikki oksidi (suyuq holatda), tarkibida brom aralashgan aerozollar va
poroshoklar ishlatiladi.
5.8 – rasm.Turli yong'inga qarshi uskunalar - suv shlangi, o‘t o‘chirgich, yong'in
blanketi
30
Kukunli o‘t o‘chirgich OPS-10 vositasining ish uslubi maxsus balondagi siqilgan havo
yordamida o‘t o‘chirgich korpusida joylashgan kukunni purkab chiqarishga asoslangandir.
Bunday o‘t o‘chirgich vositalari ishqorli metallar ishtirokida sodir bo‘lgan yong‘inlarni,
shuningdek avtomobil motori va elektr tarmog‘iga ulangan holda yonayotgan dastgohlarni
o‘chirishda qo‘llaniladi va bitta OPS-10 yordamida 0,25m
2
yuzadagi yong‘inni o‘chirish
mumkin. Uning ishlash muddati 45-80 soniyaga etadi (5.9-5.11-rasmlar). Bu toifadagi o‘t
o‘chirgichlarda ishlatiladigan kukun namunalari natriy gidrokarbonat, alyuminiy va magniy
moddalari aralashmasidan tarkib topgan bo‘lib, olovni o‘chirish uchun kukunni yonayotgan
yuzaga purkash kifoya qiladi.
5.9-rasm. CO
2
gazi to‘ldirilgan, qo‘lda ishlatiladigan-OU-2, OU-2A, OU-5, OU-5MM,
OU-8 rusumli o‘t o‘chirgichlarni tashqi ko‘rinishlari
30
Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p
331.


136
a) b)
5.10 -rasm. Kukunli o‘t o‘chirgichlar
a-ko‘chma aravachali OP-50(3) rusumdagi kukunli o‘t o‘chirgich; b-qo‘lda ishlatiladigan
OP-5, OP-2 va OP-3 rusumdagi kukunli o‘t o‘chirgichlar.
Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar, yong‘in kuchayadigan va portlash xavfi mavjud
bo‘lgan joylardagi yong‘inlar hamda qimmat baho buyumlar, avtomashinalar, kutubxonalar,
arxivlar va elektr dastgohlari joylashgan muhitdagi yong‘inlardan tashqari, yonuvchi qattiq va
suyuq mahsulotlarning barcha turlarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Chunki ko‘pikni tarkibida
emiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan kislota va ishqor moddalari bor, ular qimmatli buyumlarni
yaroqsiz holga keltirib qo‘yadi.
Bugungi kunda xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan birlamchi o‘t o‘chirgichlardan
kimyoviy ko‘pikli OXP-10 va havoli ko‘pikda ishlaydigan OVP-10 rusumli vositalar hisoblanadi
(5.11-rasm).
5.11-rasm da OXP-10, OVP-10 va OVP-5(3) o‘t o‘chirgichlari tasvirlangan.
OXP-10 o‘t o‘chirgichni ko‘pik hosil qiluvchi mahsulot (400g natriy bikarbonat va 50g
solodok ekstrakti aralashmasi) bilan to‘ldirishda, ishqor moddasi 30
o
C gacha isitilgan 7,5litr
hajmdagi suvda eritilib, sovugandan keyin o‘t o‘chirgichni temir korpusiga qo‘yiladi. Javhar
qismiga esa, oltingugurt javhari va temir oksidi aralashmasini, harorati 80-100
o
C gacha
qaynatilgan 450ml hajmdagi suvda eritiladi. Eritmani 18
o
C gacha sovutilgandan so‘ng maxsus
polietilen yoki shisha stakanga quyilib, o‘t o‘chirgich korpusining qopqog‘iga burab o‘rnatiladi.


137
a) b) v)
5.11-rasm. OXP-10, OVP-10 va OVP-5(3) o‘t o‘chirgichlari:
a) OXP-10 rusumli kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgich: b) OVP-10 rusumli havo bilan
ko‘pik aralashmasida ishlaydigan o‘t o‘chirgich: v) OVP
-
5(3)rusumli havo ko‘pik aralashmasiga
moslashtirilgan zamonaviy o‘t o‘chirgich: 1-o‘t o‘chirgich korpusi; 2-javhar solinadigan shisha
idish; 3-korpusni yon dastagi; 4-qopqog‘ni ochuvchi shtok; 5-sifon naychasi; 6-karbon javhari
solingan yuqori bosimli balon; 7-dastak; 8-purkagich; 9-ko‘pikni yoyib uzatuvchi sim turli
karnaycha (rastrub).
Bunday o‘t o‘chirgichlarni ishlatish tartibi va muddati quyidagicha: ishga tushirish
dastagi (2)ni 180 gradusga aylantiriladi, bu holda purjina (4) qisiladi va shtok (3) yordamida
klapan (5) yuqoriga ko‘tariladi, shundan keyin purkagich qopqog‘ini burab olinadi va chap qo‘l
bilan ko‘tarish dastasi (1)dan ushlab uni erdan uzib ko‘tariladi va ikkinchi qo‘l bilan ostki
qismidan ushlagan holda, bir-ikki marta chayqatilgandan so‘ng, boshini pastga engashtirgancha
purkagichdan uzluksiz chiqayotgan kimyoviy ko‘pik oqimini yong‘in o‘chog‘iga yunaltiriladi.
Uning ishlatilish vaqti 60-65 soniyadan oshmaydi, ko‘pikni uzatish masofasi 8m.
Bu kabi o‘t o‘chirgichlarni korpusi 20kgs/sm
2
dan kam bo‘lmagangidravlik bosim ostida
sinovdan o‘tkaziladi.
Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlarni suv bilan o‘chirilishi mumkin bo‘lgan barcha qattiq jismlar va
ba’zi suyuqliklar, jumladan benzin, kerosin (spirt, atseton, serouglerodlardan tashqari) kabi engil
yonuvchi moddalar yonganda o‘chirish uchun mo‘ljallangan. SHunday rusumdagi bitta o‘t
o‘chirgich bilan 0,75-1,0m
2
maydondagi yong‘inni o‘chirish mumkin. Bu bilan bir qatorda OVP-
10 rusumli havo-ko‘pikli o‘t o‘chirgich ham, OXP-10 o‘t o‘chirgichlari qo‘llaniladigan
yong‘inlarni o‘chirishda qo‘llanilishi mumkin.
OVP-10 va OVP-5(3) rusumli havo bilan mexanik ko‘pik aralashmasida ishlaydigan o‘t
o‘chirgichlarda 6 % li ko‘pik hosil qiluvchi PO-1 eritmasi zaryad sifatida to‘ldiriladi. Bu
zaryadni haydab chiqarish uchun ballon (6)da yuqori bosim ostida joylangan karbon javhari


138
xizmat qiladi. o‘t o‘chirgich havoli mexanik ko‘pikni hosil qilish uchun maxsus qopqali sifon
naycha (9) bilan jihozlangan.
Bunday o‘t o‘chirgichlarni ishlatish uchun dastlab dastak (3)ni 180 gradusga aylantiriladi.
Bu holda shtok (4) stakan (2) dan ajraladi va o‘t o‘chirgich korpusini 140 graddusga ag‘darib,
kupik sachratuvchi teshikni yonuvchi manbaga yunaltiriladi. Shunda stakandan oqib chiqqan
karbon javhari ko‘pik hosil qiluvchi eritma bilan qo‘shilib ishchi kamerada bosim hosil qiladi.
Bu bosim ta’sirida eritma sifon naychasi (5) orqali purkagich (8) ga tushadi va u erda eritmani
havo bilan aralashuvi natijasida havoli mexanik ko‘pik hosil bo‘ladi.
Gazli o‘t o‘chirgichlar (5.12-rasm) karbon javharli, aerozolli va karbon dioksidbrometilli
turlarga bo‘linadi. Karbon ikki oksidi va galoidlangan uglevodorod asosida ishlaydigan o‘t
o‘chirgichlar, elektr quvvati bilan ishlaydigan dastgohlar, elektr motorlar va avtomobillar hamda
qimmat baho ashyolar hujjatlar (ko‘rgazma zallari, arxiv va kutubxonalardagi buyumlar)
yonganda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
O‘t o‘chirish tajribasida qo‘llaniladigan yana ikkita, OUB-7 va OPS-10 o‘t o‘chirgich
vositalarida keltirilgan bo‘lib, ularda o‘t o‘chiruvchi modda sifatida galoidlangan uglevodorod va
o‘tni o‘chiruvchi kukunlar ishlatiladi.
Bunday kukunli o‘t o‘chirgichlarni ishlash tartibi, ularning ichidagi balonchadan
chiqayotgan siqilgan havo ta’sirida o‘tni o‘chiruvchi kukun so‘rilib, diffuzorga uzatib berishga
asoslangan, diffuzor esa o‘z navbatida kukunni purkab yuborishga xizmat qiladi.
5.12-rasm. Maxsus gazli o‘t o‘chirgichlar
a) OA-3 aerozolli o‘t o‘chirgich; b) OU-2 gazli o‘t o‘chirgich; v) OUB-7 gazli brometillik
o‘t o‘chirgich; g) OPS-10 kukunli o‘t o‘chirgich:1-o‘t o‘chirgich korpusi; 2-balon; 3-dastak; 4-
sifon trubkachasi; 5-po‘lat balon; 6-saqlagich muruvati; 7-qulflagich muruvat; 8-ko‘pikni yoyib
beruvchi karnaycha; 9-taglik; 10-qulflagich muruvat; 11-yonmaydigan gaz balonchasi; 12- o‘t
o‘chirgichni to‘ldirish uchun teshik; 13,14-rezina uchaklar; 15-kukunni yoyib beruvchi
karnaycha.
Bunday o‘t o‘chirgichlar suyuq holatdagi karbon ikki oksidi bilan 7·10
6
Pa bosim ostida
to‘ldiriladi. Bunday o‘t o‘chirgichlarni ishlatish jarayonida suyuq holatdagi karbon ikki oksidi
diffuzor orqali chiqayotib, gaz holatiga aylanadi va uning hajmi suyuq holatdagiga nisbatan 500
barobargacha ortib ketadi. Karbon ikki oksidining tez bug‘lanishi oqibatida harorati -79
o
C ga
teng bg‘lgan oppoq qorsimon moddaga aylanishi sababli yonuvchi manba haroratini faol
pasayishiga olib keladi. Otilib chiqayotgan qorsimon oqimning uzatilish masofasi 2-3,5m ga
etadi va uzatilish muddati 30-40 soniyani tashkil etadi.


139
Bulardan tashqari o‘t o‘chirish vositalarining yana bir necha turlari mavjud. Masalan,
OAX-0,5-aerozolli sovutgichli, OX-3, OX-7-oddiy sovutgichli, OJ-5, OJ-10-suyuq holatdagi o‘t
o‘chirgichlar, UAP-A5, UAP-A8- avtomatik o‘t o‘chirgichlar va boshqalar.
Avtomobillarga tirkama aravachada o‘rnatiladigan OU-25, OU-40, OU-80 va OU-400
rusumli gazli o‘t o‘chirgichlar 5.13-rasmda ifodalangan.
5.13-rasm. СO
2
gazida ishlaydigan, maxsus aravachalarda o‘rnatilgan OU-25, OU-40,
OU-80, OU-400 rusumlardagi gazli o‘t o‘chirgichlar.
Gazli o‘t o‘chirgichlar hamma turdagi yonuvchi mahsulotlarni, hamda 1000V gacha
bo‘lgan elektr toki ta’siridagi elektr dastgohlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish uchun
mo‘ljallangan. Bunday tirkama aravachalarda o‘rnatilgan o‘t o‘chirgichlar, ulardagi karbonat
angidridli balonlar soni va aravachalarni hajmi bilan bir-biridan farq qiladi.

Download 2,9 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish