132
«Portlash xavfsizligi» davlat me’zoni talablari bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari
shunday takomillashgan bo‘lishi lozimki, yil davomida ularda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
portlash ehtimoli 1/10
6
dan oshmasligi kerak. Ammo har qancha texnologik ogohlantirishlar va
texnik-tashkiliy tadbirlarni qo‘llanishiga qaramay, ba’zan talofatli portlashlar sodir bo‘lib turadi.
Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi bo‘yicha A va B toifasiga kiruvchi sanoat
korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil
bo‘lishi sababli yong‘in yoki portlash sodir bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda bino va
inshootlarni butunlay buzilib ketishdan saqlash maqsadida «Ishlab chiqarish binolari» loyihalash
me’yori talablariga binoan, ularda portlash paytida hosil bo‘ladigan bosimni ta’sir kuchini
kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi» binoning yuk ko‘taruvchi asosiy qismlarini saqlab
qolish uchun xizmat qiladigan qurilmalar rejalashtiriladi.
5.6-rasm. Binolardagi asosiy izolyatsiya panellari
28
Engil otilib ketuvchi qurilmalarga qo‘yiladigan asosiy talab, xonadagi xavfli gaz va havo
aralashmasi
bosimini portlash vaqtida, binoning asosiy yuk ko‘taruvchi qismlarini buzilib
ketmasligini ta’minlay oladigan darajada chegaralashdan iborat.
Engil otilib ketuvchi qurilmalari tashqi devorlarda yoki tomda o‘rnatiladi. Devorda
o‘rnatiladigan qurilmalar tomdagisiga nisbatan 30-50%ga samaraliroq va tiklash jarayonida kam
xarajatli hisoblanadi.
Engil otilib ketuvchi qurilmalarni xisoblash va loyihalashda
ularni massasini va
mustahkamligini shunday tanlash kerakki, portlash vaqtida devorlarga tushadigan bosim (R
p
),
ruxsat etilgan bosim (R
rux
) dan ortiq bo‘lmasin, ya’ni
R
p
< R
rux
.
Bunday qurilmalar, bino va inshootlarni tom yopiladigan
qismida yoki tashqi devorida
o‘rnatiladi. Ularning umumiy maydoni, A toifadagi korxonalar uchun portlash xavfi mavjud
bo‘lgan xonalarning har 1m
3
hajmiga 0,05m
2
dan va B toifadagi korxonalar uchun esa har 1m
3
hajmiga 0,03m
2
dankam bo‘lmagan miqdorda loyihalashtiriladi.
28
Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p
328.
133
5.7 – rasm. Uylar o’rtasidagi yong'in ajratadigan devor
29
Engil otilib
ketuvchi qurilmalarga deraza, eshik, darvoza, asbestsement fanerdan, alyumin
va po‘lat tunukalar bilan qoplanib, ichiga engil isitgich polimerlar bilan to‘ldirilgan panellar va
shunga o‘xshash engil qurilmalar misol bo‘la oladi. Bunday qurilmalarning engil otilib ketishi
uchun ruxsat etilgan og‘irligi 120kg/m
2
dan oshmasligi kerak.
Derazalarning engil otilib ketuvchi qurilmalarga aylanishi uchun ulardagi oynalarning
qalinligi 3, 4 va 5mm bo‘lganda, sirti mutanosib holda 0,8; 1,0 va 1,5m
2
dan kam bo‘lmasligi
lozim.
Tomyopgich sirtida o‘rnatilgan engil otilib ketuvchi
qurilmasining umumiy maydoni
aniqlangandan keyin, uni har biri 180m
2
dan oshmagan, alohida to‘rtburchaklarga bo‘lingan
holda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu qurilmalarning og‘irligidan hosil bo‘ladigan bosim
0,7kPa (70kgs/m
2
)dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
A va B toifadagi bir qavatli binolarni tomida o‘rnatilgan Engil otilib ketuvchi
qurilmalari, ishlab chiqarish tartibi talablarini buzmagan va atrof-muhitni
hisobga olgan holda
tashqi devorga yaqin joylashtirilishi va ko‘p qavatli binolarda oxirgi qavatda yoki tashqi devorda
o‘rnatilishi lozim. Bunday xonalarni erto‘la va er osti qavatlarida joylashtirilishi ruxsat
etilmaydi.