• 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
  • 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: yong‘in
  • O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    YONG‘IN XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA
    31
    (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 40-son, 432-modda)
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 24 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2009
    yil 28 avgustda ma’qullangan.
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi yong‘in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga
    solishdan iborat.
    2-modda. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
    Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun
    hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
    yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
    belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
    yong‘in
    — odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning
    mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar etkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan
    yonish;
    yong‘in nazorati
    — yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va
    tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida belgilangan tartibda amalga
    oshiriladigan faoliyat;
    yong‘inlar profilaktikasi
    — yong‘inlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va
    ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui;
    yong‘indan saqlash xizmati
    — odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy
    shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish, shuningdek
    ob’ektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligini talab darajasida
    saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va
    vositalar majmui;

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish