• 8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
  • -modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    7-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi
    vakolatlari
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb
    yuritiladi) o‘z vakolatlari doirasida:
    yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;
    yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va
    ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
    yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab
    chiqilishida ishtirok etadi;
    yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va
    boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
    yong‘in nazoratini tashkil etadi;
    yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtiradi;
    davlat ehtiyojlari uchun yong‘in-texnik mahsulotining nomenklaturasini ishlab chiqadi va
    hajmlarini belgilaydi;
    yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish tizimini yaratadi;
    aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi
    yuqori bo‘lgan ob’ektlarda, ijtimoiy-madaniy, sanoat ob’ektlarida hamda boshqa ob’ektlarda,
    hududlar va kommunikatsiyalarda yong‘inlar o‘chirilishini tashkil etadi.
    Vakolatli organlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
    mumkin.
    8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi
    vakolatlari
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
    yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi;
    yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi;
    mahalliy byudjetlarning yong‘in xavfsizligiga, shu jumladan yong‘indan saqlash
    xizmatining ta’minoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro etilishini
    ta’minlaydi;
    yong‘in o‘chiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yong‘indan saqlash
    xizmatining mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘linmalarini
    belgilangan tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlaydi;
    yong‘in xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirilishini
    amalga oshiradi;
    tegishli hududda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatadi.
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
    amalga oshirishi mumkin.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish