160
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
25-modda.
Yong‘in
xavfsizligi
sohasidagi
mahsulotlar
va
xizmatlarni
sertifikatlashtirish
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni
sertifikatlashtirish qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar
va xizmatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning yong‘in xavfsizligi
talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun ular tashkilotlar hamda fuqarolar tashabbusiga ko‘ra
ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin.
4-bob. Yong‘indan saqlash xizmati
26-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari
Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi
ustidan
nazoratni amalga oshirish;
yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy
shaxslarning mol-mulkini qutqarish.
Yong‘indan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yong‘inlar
profilaktikasi hamda
yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishiga,
agar qonun
hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.