O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

15-modda. Yong‘inlarni o‘chirish
Yong‘inlarni o‘chirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sog‘lig‘ini saqlash,
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yong‘inlarni
bartaraf etish harakatlaridan iboratdir.
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil
etish
http://lex.uz/Pages/GetAct.aspx?lact_id=1654571 - 1654653
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
belgilaydi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining yong‘indan
saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-ta’mirlash xizmatlari va o‘zga
xizmatlar bilan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etishni ta’minlashga doir hamkorligi
kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda
vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining kuchlari va
vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Yong‘inlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon
tarmoqlarida yagona raqam — 01 o‘rnatiladi.
Yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni olgach, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
bo‘linmalari yong‘in joyiga darhol jo‘nab ketishi shart.
Zarur hollarda, yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida yong‘in kuchayishining (tarqalishining)
hamda yong‘in bilan bog‘liq bo‘lgan, odamlarga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga,
atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini olish uchun:
yong‘inlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli bo‘lgan) va xavf keltirib chiqaradigan joylarga
kirib borishga doir;
yong‘inlarning kuchayishiga (tarqalishiga) to‘sqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni
ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir;
tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo‘lgan aloqa, transport vositalaridan, asbob-
uskunalardan, yong‘inni o‘chirish vositalari va olovni o‘chirish moddalaridan keyinchalik o‘rni
belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir;
tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini ta’minlash, yong‘inlar
o‘chirilayotgan joylarni qo‘riqlash (shu jumladan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish
(tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chog‘ida), yo‘l harakatini tartibga solish,
evakuatsiya qilish va (yoki) yong‘in kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga
doir harakatlar bajariladi.
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘inlarni o‘chirish, yong‘inlar va
avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog‘liq
zarur ishlarni amalga oshirishda yong‘inni o‘chirish maqsadi uchun tabiiy va sun’iy suv
manbalaridan suv bilan bepul ta’minlanadi.


158
Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining
shaxsiy tarkibi va yong‘inni o‘chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar etkazilgan zararning
o‘rnini qoplashdan ozod qilinadi.

Download 2,9 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish