• 20-modda. Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
  • 21-modda. Yong‘inga qarshi alohida rejim
  • 22-modda. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash
  • -modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan ta’minlash




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    19-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan ta’minlash
    Vakolatli organlar yong‘in xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar to‘g‘risida o‘z vakolatlari
    doirasida Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini darhol va bepul asosda xabardor qilishi shart.
    Faoliyati to‘liq yoki qisman O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari
    hisobidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yong‘in xavfsizligi masalalariga doir
    tezkor axborotni bepul asosda e’lon qilishi shart.
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
    yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida aholini xabardor qilishi
    shart.
    20-modda. Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
    YOng‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir
    axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashishtartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
    tomonidan belgilanadi.
    21-modda. Yong‘inga qarshi alohida rejim
    YOng‘in xavfi yuqori bo‘lganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan
    tegishli hududlarda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatilishi mumkin.
    YOng‘inga qarshi alohida rejimning amal qilishi davrida tegishli hududlarda yong‘in
    xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligiga oid
    qo‘shimcha talablar belgilanadi.
    22-modda. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash
    Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni ilmiy- tadqiqot, tajriba-
    konstruktorlik, loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar, shuningdek tegishli ta’lim
    muassasalari amalga oshiradi.
    Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish O‘zbekiston
    Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek qonun
    hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
    Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni muvofiqlashtirish Davlat
    yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
    Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yong‘in xavfsizligini
    ta’minlash maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga oshirilishini ta’minlaydi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan ta’minlash

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish