• 17-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish
  • -modda. Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet126/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    16-modda. Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish
    Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish yong‘in joyiga etib kelgan yong‘indan saqlash
    xizmatining katta tezkor mansabdor shaxsi (bundan buyon matnda yong‘inni o‘chirish rahbari
    deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u yong‘inni o‘chirish harakatlarini bajarishda
    ishtirok etayotgan yong‘indan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibini, shuningdek yong‘inni
    o‘chirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarni yakkaboshchilik prinsipi asosida boshqaradi.
    Yong‘inni o‘chirish rahbari vazifalarning bajarilishi, yong‘inni o‘chirish harakatlarini
    bajarishda ishtirok etayotgan yong‘indan saqlash xizmati shaxsiy tarkibining hamda yong‘inni
    o‘chirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarning xavfsizligi uchun javob beradi.
    Yong‘inni o‘chirish rahbari yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hudud
    chegaralarini, mazkur harakatlarni bajarishning tartibini va o‘ziga xos jihatlarini belgilaydi,
    shuningdek yong‘in chog‘ida odamlarni, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish
    bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Zarur hollarda, yong‘inni o‘chirish rahbari boshqa qarorlar, shu
    jumladan yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi yuridik va jismoniy
    shaxslarning huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilishga haqli.
    Yong‘inni o‘chirish rahbarining ko‘rsatmalari yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga
    oshirilayotgan hududdagi barcha tashkilotlar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir.
    Yong‘in o‘chirilayotganda yong‘inni o‘chirish rahbarining harakatlariga aralashishga
    yoki uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli emas.
    17-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish
    Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar yong‘in xavfsizligi talablarini amalga
    oshirish, shuningdek yong‘inlar profilaktikasini ta’minlash va yong‘inlarni o‘chirish maqsadida
    bajariladi hamda ko‘rsatiladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga
    quyidagilar kiradi:
    yong‘in xavfsizligi sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning
    malakasini oshirish;
    aholiga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish;
    yong‘inga qarshi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
    ilmiy-texnik maslahatlar berish va ekspertizalar o‘tkazish;
    tashkilotlarni, aholi punktlari va boshqa hududlarni yong‘inlardan muhofaza qilish;
    yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, xarid qilish va etkazib
    berish;
    moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni yong‘in
    xavfsizligi jihatidan sinovdan o‘tkazish;
    loyiha, tadqiqot ishlarini bajarish;
    olovdan himoya qilish va pech-mo‘rikon ishlarini bajarish;
    yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalarini montaj qilish, ularga texnik xizmat
    ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash;
    yong‘inga qarshi aslaha-anjomlarni, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini
    ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish, olovni o‘chirish moddalarining sifatini tiklash.
    Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq
    boshqa ishlar va xizmatlar ham kiritilishi mumkin.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish