159
Yong‘inga qarshi targ‘ibotni yong‘indan saqlash xizmati, shuningdek yong‘indan saqlash
xizmati ko‘magida vakolatli organlar, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolar o‘tkazadi.
Tashkilotlarning xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish
ish beruvchilar (ma’muriyat, mulkdorlar) tomonidan yong‘in xavfsizligi
sohasidagi normativ
hujjatlarga muvofiq, tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim
olayotgan shaxslarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni majburiy tarzda o‘rgatish
mazkur muassasalar tomonidan tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Davlat yong‘in
xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bolalarga yong‘in
xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish, ularni kasbga yo‘naltirish, yong‘inga
qarshi
targ‘ibot tizimini takomillashtirish hamda yong‘inlarning oldini olishga va yong‘in chog‘ida
to‘g‘ri harakat qila bilishga qaratilgan boshqa vazifalarni amalga
oshirish maqsadida qonun
hujjatlariga muvofiq yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari tashkil etilishi mumkin.