• 29-modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi
  • 30-modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
  • 31-modda. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati
  • -modda. Yong‘indan saqlash xizmatining turlari




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    27-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining turlari
    Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlariga
    bo‘linadi.
    28-modda. Davlat yong‘indan saqlash xizmati
    Davlat yong‘indan saqlash xizmati yong‘indan saqlash xizmatining asosiy turidir va u
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining bo‘linmalari tumanlar, shaharlar va boshqa aholi
    punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan
    ob’ektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tuzilishi, vazifalari, funksiyalari, tashkil etilishi va
    faoliyat yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
    29-modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi tegishli shtat lavozimlarida turgan:
    safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarni (xodimlarni);
    maxsus unvonga ega bo‘lmagan shaxslarni (xizmatchilarni) o‘z ichiga oladi.
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xodimlariga nisbatan ichki ishlar organlarida
    xizmatni o‘tashni tartibga soluvchi nizomlar amal qiladi.
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xizmatchilariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi
    qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar amal qiladi.
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi belgilangan namunadagi xizmat
    kiyimiga va farqlash belgilariga ega bo‘ladi.
    30-modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish
    chora-tadbirlari
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibining hayoti va sog‘lig‘i davlat
    himoyasidadir hamda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinishi lozim.
    31-modda. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati
    Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda ularga qarashli
    ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi.


    161
    Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining faoliyatini
    tashkil etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash tartibi tegishli vakolatli organlar va
    tashkilotlar tomonidan Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda belgilanadi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Yong‘indan saqlash xizmatining turlari

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish