162
Idoralarga qarashli tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi talablari yong‘in kelib chiqishiga va
odamlarning xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda buzilganligi aniqlangan taqdirda,
idoraviy
yong‘indan saqlash xizmati alohida ishlab chiqarishning, ishlab
chiqarish uchastkasining,
agregatning ishini, binodan, inshootdan, xonadan foydalanishni, ayrim turdagi ishlarni bajarishni
to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
36-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv organlari hamda bo‘linmalarining, bundan
tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan bo‘linmalar
mustasno,
moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida
tashkil etilgan bo‘linmalarining ta’minoti mazkur tashkilotlar mablag‘lari
hisobidan amalga
oshiriladi.
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy hamda moddiy-texnika
ta’minoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy kafolatlari va kompensatsiyalarini
moliyaviy
ta’minlash ularning muassislari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.