• 33-modda. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish
  • 5-bob. Yong‘in nazorati 34-modda. Davlat yong‘in nazorati
  • -modda. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet131/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    32-modda. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati
    Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat
    birlashmalarining
    tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini
    ta’minlashda, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishining shaklidir.
    Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari drujinalar va (yoki) komandalar
    tarzida tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yong‘in xavfsizligini
    ta’minlash tizimiga kiradi.
    Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat
    yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    33-modda. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga
    olish ro‘yxatidan o‘tkazish
    Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari hisobga olish ro‘yxatidan
    o‘tkazilishi kerak.
    Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan
    o‘tkazishni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
    belgilanadi.
    5-bob. Yong‘in nazorati
    34-modda. Davlat yong‘in nazorati
    Davlat yong‘in nazorati vakolatli organlar, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari,
    shuningdek fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va
    tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.
    Davlat yong‘in nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davlat
    yong‘in nazorati organlari bo‘lgan tegishli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy
    xavfsizlik xizmatining ob’ektlarida, o‘rmon xo‘jaligi hududlarida, kon qazilmalari va shaxta
    inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda,
    ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun mo‘ljallangan
    portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda,
    havo, suv, temir yo‘l, avtomobil transporti hamda elektr transportidan foydalanilayotganda
    davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish tartibi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va tegishli
    vakolatli organlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida
    yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yong‘in nazorati O‘zbekiston
    Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa chet el
    vakolatxonalari egallab turgan ob’ektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan
    davlat yong‘in nazorati ushbu muassasalar rasmiy vakilining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
    ishlar vazirligi orqali qilgan yozma murojaati asosida davlat yong‘in nazorati organlari
    tomonidan amalga oshiriladi.
    Davlat yong‘in nazorati organlari va mansabdor shaxslarining ro‘yxati, vazifalari, huquq
    va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan
    Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish