• 10-modda. Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
  • -modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    9-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini
    ta’minlashdagi ishtiroki
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:


    155
    ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining tashkil etilishiga va faoliyatiga ko‘maklashadi;
    yong‘in nazoratining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
    yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradi.
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
    tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
    10-modda. 
    Tashkilotlarning 
    yong‘in 
    xavfsizligi 
    sohasidagi 
    huquqlari 
    va
    majburiyatlari
    Tashkilotlar:
    yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan
    tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
    tegishli organlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;
    belgilangan tartibda yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish;
    o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish)
    sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish;
    yong‘in xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish chora-
    tadbirlarini belgilash;
    belgilangan tartibda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot olish, shu jumladan
    yong‘indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va bo‘linmalaridan axborot olish huquqiga
    ega.
    Tashkilotlar:
    yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
    yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
    yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek
    ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi;
    yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazishi va o‘z xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-
    tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatishi;
    o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv
    ta’minoti manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli
    holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
    yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga yong‘inlarni o‘chirishda, shuningdek yong‘in
    nazorati organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda
    sharoitlarini aniqlashda, yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishida va yong‘inlar kelib
    chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda ko‘maklashishi;
    o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan
    tartibda berishi;
    yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o‘z
    xizmat vazifalarini
    bajarayotganda ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa ob’ektlarga erkin kirishini
    ta’minlashi;
    o‘ziga qarashli ob’ektlarning yong‘in xavfsizligi holati to‘g‘risidagi, shu jumladan o‘zi
    ishlab chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi haqidagi, shuningdek o‘z hududida sodir
    bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in
    nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
    kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi
    nosozliklar to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati o‘zgarganligi haqida yong‘indan
    saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
    ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda ko‘maklashishi
    shart.
    Tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning
    zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish