Havodagi gaz va chang moddalarining yonish jarayoni




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Havodagi gaz va chang moddalarining yonish jarayoni
Yonuvchi bug‘ va gazsimon moddalarning yonish va portlash xavfi ularning alangalanish
chegaralari, chaqnab yoki alangalanib yonish harorati va alanganing tarqalish tezligi bilan
belgilanadi.
Yonuvchi gazning havodagi kislorod bilan aralashmasi yonish uchun etarli darajada
yig‘ilib qolgan muhitda haroratning ko‘tarilishi, uning o‘z-o‘zidan alangalanib ketishiga sabab
bo‘ladi. Aralashmaning yonishiga sabab bo‘lgan dastlabki haroratni, uning alangalanish harorati
deb ataladi.
Gazning havo bilan aralashib yonishi har qanday aralashma holatida ham amalga
oshavermaydi, balki ma’lum chegaraviy miqdordagi aralashma hosil bo‘lganidagina yonishi
mumkin. Shuning uchun ham aralashmalarning alangalanadigan miqdorlari quyi va yuqori
chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda gazlarning quyi chegara miqdori deb, ularning alanga
hosil qilgan holatidagi minimal miqdori tushuniladi va ana shu quyi chegara, sanoat
korxonalarining yong‘in va portlash xavfiga moyillik toifalarini aniqlashda asosiy me’zon bo‘lib
xizmat qiladi.
Qurilishda ishlatiladigan ba’zi yonuvchi modda va ashyolarning yonish va portlash xavfi
o‘zaro bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Ammo ahamiyatli farqi shundaki, portlash jarayonida
alanganing atrofga tarqalish tezligi yong‘indagiga nisbatan juda yuqori bo‘ladi. YOnuvchi gaz va
bug‘larning havo bilan gomogen aralashmasi ma’lum sharoitda portlab yonish imkoniyatiga ega
bo‘lishi mumkin.
Bino va inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan. portlovchi bosim kuchini aniqlash
va engil otiluvchi himoya qurilmalarini loyihalash uchun yong‘in paytida alangani tarqalish
tezligini bilish juda zarur hisoblanadi.
Modda va ashyolarning yonuvchanlik va portlash xususiyatlari ularning yonish
jarayonidagi agregat holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar
yonuvchi moddalarning agregat holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Jumladan, yonuvchi modda
gazsimon bo‘lganda bu ko‘rsatkichlar quydagilardan iborat bo‘ladi:
-
alanganish chegara miqdori(ACHM);
-
alangani tarqalish tezligi (ATT);
-
kislorodniportlashdagiquyimiqdori (KPQM);
-
o‘z-o‘zidan alangalanish va chaqnab yonish harorati (T
a
);
-
portlash jarayonidagi xavfli bosim (R
max
);
-
bosimni ko‘tarilish tezligi va boshqalar.
Yonuvchi gazsimon moddalarning atmosferada alangalanish chegaralari, ularni ma’lum
atmosfera bosimi ostida, tashqi harorat manbai ta’siridan (butun hajmi bo‘yicha) alangalanaolish
imkoniyatiga ega bo‘lgan, havodagi nisbiy miqdoribilan aniqlanadi. Bunday holatdagi gazlarning
yonish va portlash chegaralari ikkita, ya’ni quyi va yuqori chegara miqdorlar hajmida bo‘ladi.
Aralashma tarkibidagi yonuvchi gazsimon moddaning aralashmada portlash yoki yong‘inni
keltirib chiqaraoladigan eng ko‘p miqdori, uning yuqori chegaraviy miqdori (YUCHM),
vayonishsodir bo‘lmaydigan eng kam miqdori esa quyi chegaraviy miqdor (QCHM) deyiladi. Bu
alangalanish chegaralari gazsimon yonuvchi moddalarning portlash (yonish) xavfini aniqlash
bo‘yicha asosiy baholash o‘lchami hisoblanadi va ular quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi:
QCHM=M/(N-1) 4,76 Vt , mg/l, yoki QCHM=100/ 1+(N-1) 4,76 , %
YUCHM=4M/(4+4,76N)Vt, mg/l, yoki YUCHM=4*100/4+4,76 N ,%


128
bunda M-aralashmadagi yonuvchi moddaning massasi, g/mol, N-1 g/mol. gaz massasini
yoqishda qatnashuvchi kislorodni atomlar soni, Vt- aralashmaning boshlang‘ich haroratida 1
mol. yonuvchi gazning hajmi, ml.
Havoning tarkibida yonuvchi gaz va chang moddalarining yig‘ilib qolishi, yong‘inni
keltirib chiqaradigan asosiy sabablardan hisoblanadi. Xalq xo‘jaligi uchun xizmat qiladigan
isitgich bug‘xonalarida bunday holatning sodir bo‘lishiga, ulardagi asbob va uskunalarni
ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, elektr yoritgichlar va dastgohlardagi
nosozliklar, qozon o‘txonasida va gaz uzatgich quvurlarda portlash xavfini chaqiruvchi
aralashmalarni hosil bo‘lishi, yonuvchi moddalar bug‘i va changini hamda neft mahsulotlariga
bulangan lattalarning o‘z-o‘zidan alangalanishi, gaz uzatgich quvurlarning ulangan joylaridan
gazning oqib chiqishi, gaz aralashmasi xavfli miqdorga etishi mumkin bo‘lgan xonalarda elektr
tarmog‘idan uchqun chaqnashi, chekish uchun gugurt chaqilishi, elektr payvandlash ishlarini olib
borilishi va boshqalar asosiy omillardan bo‘ladi.
Odatda yonuvchi moddaning yonish jarayonida tezlatgich (katalizator) sifatida, havodagi
kislorod ishtirok etadi va uning atmosferadagi azotga nisbati 1/3,76 ni tashkil etadi. Shu boisdan
yonish reyaksiyalarini hisoblashda azotning ishtiroki inobatga olinishi shart.
Yonuvchi gazlarning havo bilan har qanday nisbatdagi oddiy aralashmasi o‘z-o‘zidan
alangalanavermaydi, balki uning harorati ma’lum miqdordan, ya’ni alangalanish haroratiga teng
yoki undan yuqori bo‘lgandagina yonishi mumkin.
Quyidagi 5.4-jadvalda kundalik hayot faoliyatimizda ishlatiladigan tabiiy va sun’iy hosil
bo‘ladigan asosiy yonuvchi gazlarni alangalanish harorati va chegaralaridan namunalar berilgan.
Agar aralashma tarkibida bir nechta yonuvchi gazlar ishtirok etadigan bo‘lsa,
aralashmaning taqribiy alangalanish chegarasi (Psm), Le-SHatelening quyidagi formulasi orqali
aniqlanishi mumkin:
%
100

Download 2,9 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Havodagi gaz va chang moddalarining yonish jarayoni

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish