Yong‘inga qarshi to‘siqlarning o‘tga chidamiilik xususiyatlari




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Yong‘inga qarshi to‘siqlarning o‘tga chidamiilik xususiyatlari
To‘siqlaming nomi
To'siq turlari
1
2
3
Yong'inga qarshi devorlar
2,5
0,75
-
Tom yopg‘ich plitalar
2,5
1,0
0,75
Eshiklar, derazalar. darvozalar,
tutunga qarshi qopqalar va h.k.
1,2
0,5
0,25
Pardevorlar
0,75
0,25
-
Tambur- shluzlardagi eshiklar
0,75
0,6
-
Devorlar
0,75
-
-
Yong‘inga qarshi devorlar shaxsiy poydevorga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, bino


123
balandligi bo‘yicha uzluksiz davom etishi va tom yopgich qurilma yonuvchi ashyo bilan
qoplangan bo‘lsa, uning sirtidan 60 sm ga baland bo‘lishi va agar qiyin yonuvchi ashyolar bilan
qopiangan bo‘lsa, 30 sm ga ko'tarilgan bo‘lishi shart. Agar tom yopg‘ich qurilma o‘tda
yonmaydigan ashyolardan tarkib topgan bov‘lsagina, yong‘inga qarshi devorlar tom sirtidan
ko‘tarilmagan holda bajarilishi mumkin. Yong‘inga qarshi devorlar yong‘ln paytida ularga
tayanib turgan tom yopgich va boshqa qurilmalami qulab tushgan chog‘ida ham mustahkam tura
olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi devorlarda eshik qo‘yish ayrim holatlarda
ruxsat etiladi, ammo bu eshiklar albatta maxsus, yong‘inga chidamli qilib tayyorlangan bo‘ladi
va ularning o‘tga chidamlilik darajasi kamida 1,2 soatga teng bo‘lishi shart. Bunday eshiklar
metal karkasdan tayyorlanib, ikkala tomonidan po‘lat tunuka bilan qoplanadi va orasi o‘tda
yonmaydigan mineral paxta va boshqa issiqlik saqlagich ashyolar bilan to‘ldiriladi. Bular o‘tda
yonmaydigan eshiklar turiga kiradi. Yong‘inga qarshi devorlarda zarurat bo‘lganda
ochilmaydigan derazalar qo‘yilishiga ruxsat etiladi va ularning o‘tga chidamlilik darajasi 1,2 soat
dan kam bo‘lmasligi lozim. Odatda, ular olovga chidamli bo‘lgan shisha bloklar yoki shisha
profilitlardan tayyorlanadi.
Yong‘inga qarshi tomyopgich plitalar deb, o‘tda yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan
va tutun o‘tkazmaydigan, o‘tga chidamlilik chegarasi 0,75 soatdan kam bo‘magan yaxlit
qurilmalarga aytiladi. Bunday qurilmalar yong‘in paytida binoning yuqori qavatidan xonalarga
tutun va yong‘inning me’yordagi vaqt davomida o‘tmasligini ta'minlash maqsadida qo‘llaniladi.
Odatda, bunday plitalar o‘tga chidamlilik darajasi 1 dan V gacha aniq bo‘lgan bino va
inshootlarda o‘rnatiladi. Bu toifadagi sanoat korxonalarining o‘tga chidamlilik darajasi I va II
bo‘lgan yer osti qavatlarida, yonuvchi moddalar joylashgan xonalarda yoki yong‘in xavfi mavjud
bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari kechadigan xonalardagi tom yopgich qurilmalarning o‘tga
chidamlilik chegarasi 1 soatdan kam bo‘lmasligi va o‘tga chidamlilik darajasi III, IV va V
bo‘lgan bino va inshootlarda esa 0,75 soatdan kam bo‘lmasligi shart. Yong‘inga chidamli tom
yopgich plitalar uch turga bo‘linadi: o‘tga chidamlilik darajasi 2,5 soatdan kam bo‘lmasa 1-
turga, 1 soat bo‘lganda 2 turga va 0,75 soatga teng bo‘lsa 3 turga kiradi. Ular yonmaydigan
ashyolardan tayyorlanadi va me’yor talab etgan o‘tga chidamlilik muddati davomida
yong‘inning bino qavatlari bo‘yicha tarqalib ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Yong'inga qarshi tom yopgich plitalarda qoida bo'yicha tuynuk qo'yilmaydi. Lekin
tuynuk qo‘yish lozim bo‘lsa, ular yong‘inda yonmaydigan qopqoqlar yoki maxsus klapanlar
bilan himoyalanadi. Bunday toifadagi tom yopgich plitalarning ishlatilish sohalari maxsus hamda
tarmoq qurilish me’yorlari va qoidalarida me’yorlanadi. Bu xildagi tom yopgich plitalaming eng
ko'p tarqalganlari 2- va 3-turlari hisoblanib, ular asosan I va II darajali o‘tga chidamlilikka ega
bo‘lgan bino va inshootlarning yerto'la hamda chordoq tomlarini yopishda qo‘1laniladi.
Agar qolgan barcha qavatlaming tom yopgich plitalari o‘tda yonmaydigan ashyolardan
tayyorlangan va xonaning shifti bo‘yicha tuynuksiz yaxlit o‘matilgan bo'lsa hamda o'tga
chidamlilik darajasi 0,75 soatdan kam bo'lmasa, ular yong‘inga qarshi to'siq vazifasini o‘tashi
mumkin. Yong‘inga qarshi ishlaydigan 1-turdagi tom yopgich plitalar, asosan, bir qavatli sanoat
korxonalari va omborxonalardagi yong‘inga qarshi bo'linmalar, seksiyalar va hududlaming
tomini yopishda qo'llaniladi, chunki ularning devorlari ham shu toifadan bo‘lib, bir xildagi o'tga
chidamlilik darajasiga ega. I va 11 darajaii yong'inga chidamli binolarning yerosti va barcha
qavatlaridagi yong'inga qarshi ishlaydigan tom yopgich plitalarining o'tga chidamlilik darajasi,
eng kamida 1 soatga, III va V darajaii o'tga chidamli binolarda esa 0,75 soatdan kam bo'lmasligi
kerak. Evakuatsiya yo'llari (yo'laklar, zinapoya va dahliz) ustidagi tom yopgich plitalar yong'inga
qarshi to'siq vazifasini o'taydi, shu boisdan ular o'tga chidamli ashyolardan tayyorlangan bo'lishi
va yong'in paytida kamida 2,5 soat ustuvor tura olishi lozim.

Download 2,9 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yong‘inga qarshi to‘siqlarning o‘tga chidamiilik xususiyatlari

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish