124
U shahar va qishloqlardagi xalq xo‘jaligining bino va inshootlarida yong‘in
xavfsizligini
ta’minlashda markaziy boshqaruv organi vazifasini o‘taydi.
5.5-rasm. Respublika yong‘indan saqlash xizmatining strukturaviy tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonidagi yong‘in xavfini tahlil qilish
Ishlab chiqarishda yong‘inni kelib chiqishiga, o‘pincha yong‘in yoki elektr xavfsizligi
qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi, elektr tarmoqlarini
yaxshi himoyalanmaganligi, yonuvchi
moddalarning saqlash qoidalarini buzilishi hamda olovga nisbatan ehtiyotsizlik qilish kabilar
sabab bo‘ladi. Ba’zan yong‘inni yoki portlashni kelib chiqishiga,
inshootni loyihalash vaqtida
bo‘lajak sanoat korxonasini yonish va portlash xavfi bo‘yicha noto‘g‘ri toifalanishi, ya’ni unda
ishlatiladigan xomashyoning yonish va portlash xususiyatlari aniq xisobga olinmaganligi ham
sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida yong‘in xavfsizligini to‘la ta’minlashda korxonalarni yong‘in
xavfi bo‘yicha toifalanishi kifoya qilmaydi. Buning uchun ishlab chiqarishda yong‘in va
portlashni keltirib chiqaruvchi xavfli omillarni mukammal o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi.
Demak ishlab chiqarish tartiboti jarayonida yonish va portlash xavfi mavjudligini quyidagi
tartibda aniqlash mumkin:
1. Korxonada ishlatiladigan yonuvchi va portlovchi moddalarning turlari va ularning
miqdori aniqlanadi;
2. Ishlab chiqarish tartiboti va unda ishlatiladigan yonuvchi
moddalarning ishlatilish
tartibi aniqlanadi;
3. Korxonadagi texnologik uskunalardan yonuvchi moddalarning oqib chiqishini mavjud
sabablari va hajmi aniqlanadi;
4. Yondiruvchi va portlovchi manbalarni kelib chiqish sabablari aniqlanadi;
5. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in sabablarini va uning ehtimoliy yo‘nalishini,
binoning loyihalanish uslubiga va yonishga moyil bo‘lgan pardozlov ashyolarining joylanishiga
qarab aniqlanadi va hokazolar.
O
‘
zbekiston Respublikasi
Ichki Ishlar Vazirligi
Yong‘indan Saqlash Bosh Boshqarmasi
Viloyatlar Yong‘indan Saqlash Bosh
Boshqarmasi
Tuman va shahar Yong‘indan
Saqlash
Boshqarmasi
Tuman va shahar Ichki ishlar
bo‘linmalari, Yong‘indan nazorat
bo‘limlari
Tuman, shahar va korxonalardagi
harbiylashtirilgan o‘t o‘chirish
qismlari
125
Texnologik jarayonlarni yonish va portlash xavfini tahlil qilishda, odatda texnologik
jarayonda qo‘llaniladigan tartibot uslubi va ishlab chiqarishni me’yoriy rejalari, hamda
ishlatiladigan yonuvchi moddalarning kimyoviy xossalari haqidagi ma’lumotlar
atroflicha keng
o‘rgaaniladi.
Texnologik tartibot uslubi va undagi me’yoriy qoidalarga binoan qaysi idish yoki
uskunalarda qanday va qancha yonuvchi gaz, suyuqlik yoki boshqa moddalar borligi hamda ular
qanday bosim ostida va haroratda ishlashi mumkinligi haqida aniq ko‘rsatmalar ifodali tarzda
jarayonni boshqaruv pultida bayon etilgan bo‘lishi shart.
Texnologik jarayonda ishlatiladigan gazlar havo bilan yoki kislorod bilan birikmagan
holda ishlatiladi. Gazlar uskunadagi jumraklardan yoki texnik nosozliklar orqali chiqayotganda
havo bilan birikishi mumkin. Bunday holatlarda yonuvchi gazning
havo bilan aralashmasi
tarkibidagi miqdori uning quyi yonish chegara miqdoridan kam, yoki yuqori yonish chegarasidan
baland bo‘lishi shart. Ya’ni bu ikki chegara orasida bo‘lishi o‘ta xavfli hisoblanadi.
Yonuvchi suyuq modda solinadigan idishlar xavfsizlik qoidasiga binoan oxirigacha
to‘ldirilmaydi, ya’ni idishlarni shifti bilan suyuqlik satxi orasida keyinchalik gaz bug‘lari bilan
to‘yinadigan havo bo‘shlig‘i mavjud bo‘ladi. Idishning tepa qismida hosil bo‘ladigan portlovchi
muhitning yuzaga kelishi, suyuqlik bug‘lari bilan to‘yingan havo
aralashmasidagi yonuvchi
bug‘ning miqdoriga va idishdagi suyuqlikning haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi, ya’ni suyuqlikni
harorati uning quyi va yuqori yonish harorati chegaralari oralig‘ida bo‘lsa, xavfli muxit
portlashga moyil bo‘ladi.
Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan bunday sharoitlarda alangalanib yoki portlab
yonishga quyidagi manbalar sabab bo‘lishi mumkin: yonib turgan olov, cho‘g‘lanib qizib turgan
yonuvchi buyum, mexanik harakat yoki elektr tarmog‘ining qizishi natijasida hosil bo‘ladigan
uchqunlar yoki moddalarning o‘zaro kimyoviy birikishi va boshqalar.