• V - darajali o‘tga chidamli inshootlarga
  • Yong‘in yuz berganda odamlar evakuatsiyasi 23
  • IV - darajali o‘tga chidamli inshootlarga




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    IV - darajali o‘tga chidamli inshootlarga
    yuk ko‘taruvchi devorlari va tomyopgich
    qurilmalari yaxlit yoki yelimlangan yog‘ochlardan va yonadigan yoki yonmaydigan ashyolardan
    qurilib, suvoq yoki azbest plitalari bilan himoyalangan inshootlar kiradi.
    V - darajali o‘tga chidamli inshootlarga
    devorlari va boshqa qurilmalariga o‘tga
    chidamlilik bo'yicha talablar qo‘yilmaydigan barcha inshootlar kiradi.
    Qurilmalami yong’in sharoitida issiqlik ta’siridan yuk ko‘tarish yoki to'sib turish
    qobiliyatining yo'qolishiga sabab bo’luvchi dastlabki buzilishgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i,
    ularning o‘tga chidamliIik chegarasi deb ataladi va vaqt birligi soatda o'lchanib, qurilmalaming
    sinov boshlangan daqiqadan to quyidagi buzilish belgilarining birortasi paydo bo'lganiga qadar
    o‘tgan vaqt oralig‘i bilan ifodalanadi:
    -
    qurilmada alanga yoki tutun o‘ta oladigan teshikning paydo bo'lishi;
    -
    qurilmaning yonmay turgan sirtida harorat 160°C ga ko‘tarilsa yoki uning boshqa
    ixtiyoriy nuqtasidagi harorat 220°C dan oshib ketsa;
    -
    qurilmaning biror qismi qulab tushishi natijasida yuk ko‘tarish qobiliyati kamayib
    qolganda va h.k.
    Qurilmalaming o‘tga chidamlilik chegarasi tajriba usuli bilan yoki analitik hisoblash yo‘li
    bilan aniqlanadi. Bu usullarning asosiy shart va qoidalari Xalqaro mezonlashtirish tashkilotining
    tavsiyanomalarida (ISO) va mezon SEV 1000-78 yong‘inga qarshi qurilishni loyihalashtirish
    me’yorlarida aks ettirilgan.
    Yong‘in yuz berganda odamlar evakuatsiyasi
    23
    Bino va inshootlarda odamlarning harakatlanishi zaruriy funksional jarayon hisoblanadi.
    Bu jarayonni amalga oshirishda odamlarning harakati me’yoriy yoki majburiy holda bo'lishi
    mumkin. Birinchisida odamlarning bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj yuzasidan normal
    harakatlanishi bilan ifodalansa, ikkinchisida bino yoki xonalardan yong‘in yoki zilzila sharoitida
    odamlarni xavfli muhitdan xavfsiz joyga majburiy ko'chish uchun mo‘ljallangan harakati
    tushuniladi. Majburiy evakuatsiya jarayoni ikkita yoki to‘rtta pog‘onada o‘tkaziladi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV - darajali o‘tga chidamli inshootlarga

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish