116
Sanoat inshootlarining yonish va portlashga moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir
bo‘lajak yong'in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni
va odamlarga xavfli va
dahshatli ta’sirning oldini olishdan iborat. Sanoat inshootlarining yonish va portlashga moyilligi,
ularning qanday ashyolardan qurilganligi va ularda mavjud ishlab chiqarish jarayonida
ishlatiladigan yoki saqlanadigan xom-ashyolarning yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Texnologik loyihalash me’yori (ONTP 24 - 86. 1.2.3)
va qurilish qoidalari hamda
me’yorlari (KMK. 2. 01.02 - 85) ga binoan sanoat korxonalari hamda omborlari yonish va
portlash xavfi bo‘yicha 5 ta toifaga bo’linadi, jumladan. A, B, D, E va F.
Bularning A va В
toifalari yonish va portlashga moyil. D va E toifalari esa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. F
toifasida esa na yonish va na portlash xavfi mavjud emas. Sanoat inshootlarining bunday
guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan yengil
yonuvchi gazsimon va suyuq
moddalarning bug‘lari havo bilan aralashganda, portlovchi gazli muhitni hosil
qiluvchi agregat
holati va ulaming alangalanish harorati (Ta) ga binoan amalga oshirilgan.
A-toifaga
yonish va portlash xavfi mavjud bo‘lgan, chaqnab yonish harorati 28°C dan
past bo‘lgan, yonuvchi gaz va yengil alangalanuvchi suyuqlik bug'lari havodagi kislorod bilan
yoki
suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo‘lgan,
gazsimon aralashmalar hosil bo'ladigan korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo
sanoatining atseton,
oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab
chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.