• 2. Alangalanish
  • 3. O‘z-o‘zidan alangalanish
  • O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    1. O

    t olish
    - bu suyuq yoki qattiq materiallaming bug‘ fazasidagi yonishidir. O‘t olish
    tez yonuvchan (45°C gacha) va yonuvchan suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez
    yonuvchilarga: atseton skipidar, spirt, benzin, kerosin, serouglerod va solyar moyi, sekin


    114
    yonuvchilarga esa - mineral surkov moylari, tormoz suyuqliklari kiradi.
    2. Alangalanish
    - bunda material qaynash haroratigacha qizib, yonganda va tutashda
    davom etadi. Bu jarayonda ham bug‘, uchuvchan uglevodorodlar va boshqa yonuvchan
    aralashmalar hosil qiladi. Alangalanish harorati o‘t olish haroratidan ancha baland bo‘ladi.
    3. O‘z-o‘zidan alangalanish
    - bu yonishga o‘tayotgan jarayonda haroratiga qarab 2
    guruhga bo‘linadi:
    a) alangalanuvchining harorati atrof muhit haroratidan baland bo‘lishi yoki,
    b) past bo‘lishi mumkin.
    Birinchisida materiallaming qizishi natijasida yonadi, ikkinchisida - qizimasdan yonadi.
    O‘z-o‘zidan alangalanuvchilarga - yog‘, ko‘mir, torf, somon, yog'och qipig'i, sariq fosfor va
    hokazoiar kiradi.
    Yonish jarayonining vaqti quyidagi formula bilan aniqlanadi.
    , (5.2)
    Bunda: N - yonuvchi moddaning miqdori, kg/m
    3
    ; V- moddaning yonish tezligi, kg/m
    3
    ;
    4. 
    O‘z-o‘zidan 
    yonish
    -
    bu 
    oksidlovchilaming 
    issiqlik 
    jarayonlari 
    va
    mikroorganizmlaming faoliyati natijasida materiallaming yonish jarayoni.
    Moddalarning o‘zidan o‘zi yonishi va ularning sinflanishi.
    Qattiq, g‘ovaksimon yonuvchan moddalar yuzasida adsorbsiyalangan havo qatlami bilan
    oksidlanish reaksiyasi tezligi ortib boradi. Issiqlikni kam o‘tkazadigan va g‘ovakli moddalarda
    yig‘ilgan issiqlik haroratni, oksidlanish jarayonini tezlashtiradi. Polimerlanishda, biologik va
    fizik jarayonlarda ko‘plab issiqlik ajralib chiqadi va o‘zidan o‘zi yonish sodir bo‘ladi.
    O‘zidan o‘zi qizib, o‘t manbayi ishtirokisiz to‘liq yonish bilan yakunlanadigan
    ekzotermik reaksiya o'zidan o‘zi yonish deyiladi. O‘zidan o‘zi yonish harorati past bo‘lgan
    moddalar juda xavfli hisoblanadi. Moddalar o‘zidan o‘zi yonishga moyilligi bo‘yicha to‘rt sinfga
    bo‘lingan.
    Birinchi sinfga
    tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq, somon) taalluqli. 60- 70°C da biologik
    jarayon kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‘tib, o‘zidan o‘zi vonish bilan yakunlanadi.
    Ikkinchi sinfga
    torf va ko‘mir kiradi. Normal haroratda ko‘mir oksidlanib, qizib, o‘zidan
    o‘zi yonib ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi.
    Uchinchi sinfga
    yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida to‘yinmagan karbon vodorodli
    birikmalar bo‘lgan o‘simlik moyi va yog‘lar oksidlanish, polimerlanish xususiyatiga ega.
    Yog‘-moy tomchilari bo‘lgan kiyim-kechaklar o‘zidan o‘zi yonib ketadigan xavfli
    darajada bo‘lib, ular ish joylaridan va xonalardan darhol yo‘q qilinishi kerak.
    To'rtinchi sinfga
    kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular, o‘z navbatida, uch
    guruhga bo‘lingan.
    Birinchi guruhga
    havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan.
    oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va aluminiy changi, arsin, stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir,
    kul, metallorganik birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi.
    Oksidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar — kaliy,
    kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o‘zidan o‘zi yonib ketadi.
    Ikkinchi guruhga
    suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy
    metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti,
    silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar
    hosil qiladi. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi.
    Uchinchi guruhga
    organik moddalar bilan qo‘shilganda alangalanishga olib keladigan
    oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy
    permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va


    115
    boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur ta’sirida o‘zidan o‘zi yonadi va
    portlaydi. Yuqorida aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga qarab omborlarda alohida
    saqlanishi va ko'rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qiliriadi.
    Yong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga: korxona va tashkilotlar hamda fuqarolaming
    yashash joylari. Yong'in miqyosi: kichik hajmda, o‘rta hajmda va katta hajmda bo‘ladi.
    Yong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablariga:
    - inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;
    - inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya
    qilmaslik;
    - yong‘in nazorati, gazdan foydalanishning nazorat qilish xodimlari tomonidan
    ko‘rsatilgan yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;
    - bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi o‘yinlariga beparvolik;
    - yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi sabab
    bo‘ladi.
    Demak, bulardan ko‘rinadiki, yong‘inlarning asosiy sababchilari fuqarolar hisoblanadi.
    Shuning uchun ham fuqarolarga aytadigan tavsiyamiz:

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish