111
ko'rsatadi. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo'yicha har 10 soniyada, jami 5 mln. yong'in sodir
bo'lmoqda. MDHda esa bu ko'rsatkich 8000-8500 ni tashkil etadi, oqibatda mln. hatto bir necha
yuz mln. so'mdan ortiq moddiy zararlar ko'riladi. Sanoat korxonalarini, turar joy binolarini
yong'in, portlashdan himoyalash davlatimizning muhim va bosh vazifalaridan biri bo'lib
hisoblanadi.
Bu vazifani bajarish texnologik uskunalardan to'g'ri
foydalanish, bino, qurilma,
inshootlarni yong'inga qarshi umumiy normalarga asoslanib to'g'ri loyihalash, qurish bilan uzviy
bog'langan. Ishlatiladigan qurilish ashyolari va jihozlarning yonuvchanligini avvaldan hisobga
olish, qayta ishlanadigan, olinadigan modda, mahsulotlarning
yonishga moyilligi, fizika-
kimyoviy xususiyatlarini e'tiborga olsh yong'in xavfsizligini ta'minlashda va undan
ogohlantirishda, odamlarning xavfsizligini ta'minlashda katta ahamiyatga egadir. Shu maqsadda
yong'inga qarshi qo'llaniladigan umumiy norma talablariga mos tushadigan va amalga
oshiriladigan
qurilish yechimlari, tadbir-choralar ishlab chiqilib, ishlab chiqarish obyektlarini,
turar joy binolarini qurishda amal1 qilish talab etiladi hamda shu talablarning amalga oshirilishi
qattiq nazorat qilinadi. Bo'lajak mutaxassislarni yong'in xavfsizligiga oid muammolarni
to'g'ri
va
ijobiy
hal qilishga qiziqtirish,
nazariy bilim berish, ishlab chiqarishda mehnat sharoitini
yaxshilash, insonlarning hayot faoliyatida sodir
bo'ladigan
yong'in va portlashlarning oldini
olish,
ogohlantirish, shuningdek, uning salbiy oqibatlarini kamaytirishda katta ahamiyatga ega.
Yong‘in
sanoat korxonalari, xalq xujaligining barcha tarmoqlarida yuz berib,
etkazadigan
zarari jixatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‘lgan xodisa hisoblanadi. Ular katta moddiy
zarar keltirishi bilan birga og‘ir baxtsiz xodisalarga zaxarlanish, kuyish hamda kishilar xalokatiga
sabab bo‘lishi mumkin
.
Yong‘inga qarshi kurash ishlari davlat miqiyosida amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligini
ta’minlash,
uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora-tadbirlarini oldindan ko‘rish, unga
qarshi
samarali kurash olib borish yong‘inni o‘chirishda qo‘llaniladigan birlamchi vositalardan tug‘ri
foydalanishga qaratilgan.