117
Binolarning o‘tga chidamlilik darajasi ularning quyidagi qurilmalari bo'yicha aniqlanadi:
- ya’ni devorlar (yuk ko‘taruvchi ichki va tashqi, zinapoya va evakuatsiya yo‘llarini o‘rab
olgan devorlar);
- ustunlar; zinapoya elementlari; tomyopg‘ich plitalar va barcha yuk ko'tarish qobiliyatiga
ega bo‘lgan boshqa qurilmalar.
I - darajali o‘tga chidamli binolarga
- yuk ko‘taruvchi
devorlari temir-beton, beton,
tabiiy va sun'iy toshlardan va boshqa olovda yonmaydigan ashyolardan qurilgan inshootlar
kiradi.
II - darajali o‘tga chidamli inshootlarga
ham birinchi toifadagi bino va inshootlar
kiradi,
faqat farqi shundaki, bularning tomini yopishda himoyalanmagan metall qurilmalar
ishlatilishi ruxsat etiladi.
III - darajali o‘tga chidamli inshootlarga
yuk ko‘taruvchi devorlari temir-beton, beton,
tabiiy va sun'iy tosh ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi. Bularda
tomyopgich qurilmalarini
qiyin yonadigan ashyolardan shuvoq, metall tunukalar yoki azbest
plitkalar bilan himoyalash
ruxsat etiladi.