• Uchinchi pog‘onaga
  • To‘rtinchi pog‘onaga
  • O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    Birinchi pog‘ona
    - bu binoning oxirgi qavatida joylashgan barcha xonalarda
    odamlarning yo‘lakka chiqish harakatidir.
    Ikkinchi pog‘onaga
    odamlarning xonaning chiqish eshigidan to zinapoyagacha bo'lgan
    masofani bosib o‘tishi uchun mo‘ljallangan harakati kiradi. Bunda harakatlanuvchi oqim yo‘lak
    bo‘ylab o‘tadi. Agar bino bir qavatli bo'lsa, evakuatsiya ikkinchi pog‘onadan so‘ng tugashi
    mumkin.
    Uchinchi pog‘onaga
    odamlarning yuqori qavatning zinapoyaga kelishidan to birinchi
    23
    Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
    Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p 307-346.


    118
    qavatdagi zinapoyadan chiqish eshigigacha bo'lgan masofani bosib o‘tish uchun qilingan
    harakati kiradi.
    To‘rtinchi pog‘onaga
    odamlarning zinapoyadan tushgandan keyin ayvon va yo‘laklar
    orqali tashqariga chiqish eshigigacha bo'lgan masofani bosib o‘tishiga qaratilgan harakati kiradi.
    Sanoat korxonalari, bino va inshootlarda odamlarning harakatlanib yurishi, yordamchi vazifalar
    kiradi va uni amalga oshirish uchun maxsus maydonlar (yo‘laklar, zinapoyalar, kirish va chiqish
    joylari) ajratiladi.
    Odamlarning binodagi harakatlanish jarayoni, ayniqsa, yong‘in yoki biror tabiiy ofat
    paytida keskin mas’uliyatli tus oladi. Bunday hollarda harakatlanishni to‘g‘ri ta’minlash odamlar
    hayotini saqlab qolishga garov bo‘la oladi. Har qanday xonada ham yong‘in sodir bo‘lish
    ehtimoli mavjud ekanligini inobatga olsak, barcha xonalardan va umuman binodan odamlarni
    xavfsiz joyga ko‘chirish uchun evakuatsiya yo‘llarini rejalashtirish majburiy tadbirlardan
    hisoblanadi.
    Evakuatsiya yo'llari deb, bino va inshootlarda xavfli holat yuzaga kelganida, odamlarni
    bino ichida joylashgan doimiy ish joyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga olib chiqadigan
    elementlar tizimiga aytiladi. Bunday elementlarga odamlami doimiy ish joyidan eng qisqa yo‘l
    bilan tashqariga olib chiqadigan yo‘nalish bo‘ylab joylashgan yo‘laklar, dahliz, zinapoyalar va
    maydonchalar, darvozaxonalar, chiqish eshiklari va boshqalar kiradi.
    Evakuatsiya vaqtida binodan chiqish eshiklari ikkitadan kam bo‘lmagan holda
    loyihalashtiriladi. Xonalardan chiqish eshiklari va binodan chiqish darvozalari bir-biridan
    ma'lum masofada uzoqlashtirilgan bo'ladi
    Binolarning yer osti qavatlaridan evakuatsiya qilishda odamlaming harakat yo‘nalishi
    bo‘ylab, yonuvchi ashyolar saqlanadigan omborxonalar mavjud bo‘lmasa, umumiy zinapoya
    orqali chiqishlariga ruxsat etiladi. Agar yerto‘lada bunday omborlar mavjud bo‘lsa va bu
    omborlar uchun alohida chiqish yo‘li asosiy evakuatsiya yo‘lidan o‘tda yonmaydigan devor bilan
    to‘silgan bo‘lsagina, ulardan evakuatsiya qilishda umumiy zinapoyadan foydalanishga ruxsat
    beriladi. Agar yerto‘lada joylashgan xonaning sathi 300 m
    2
    gacha bo‘lib, undagi odamlar soni 15
    kishidan oshmagan bo‘lsa, xonadan chiqish oson bo‘lishi uchun maxsus moslamalar mavjud
    bo‘lgan taqdirda, tik o‘rnatilgan narvon bilan yerto‘la tomidagi 0,9 x 0,9 m
    2
    o‘lchamli tuynuk
    orqali yoki tashqi devorda o‘rnatilgan o‘lchami 0,75 x 1,5 m
    2
    ga teng bo‘lgan deraza orqali
    evakuatsiya qilish mumkin bo‘ladi. Yerto‘lada ishlovchilar soni 5 kishidan oshmasa, undan
    chiqish uchun bitta tuynuk yoki deraza qo‘yish kifoya qiladi. Binoning qaysi qavatda bo‘lishidan
    qat‘iy nazar, agar xonadan chiqish eshigi, shu qavatdagi ikkita evakuatsiya chiqish darvozasiga
    olib boradigan bo‘lsa, bu xonadan chiqish uchun bitta evakuatsiya eshigi qo'yilishi mumkin.
    Faqat xonadagi eng uzoq joylashgan ish joyidan to bu eshikkacha bo‘lgan masofa 25 m dan uzoq
    bo‘lmasligi va bir smenada ishchilar soni, A va В toifadagi xonalarda - 5 kishidan, D toifadagi
    xonada 25 kishidan, E va F toifadagi xonalarda 50 kishidan oshmasligi shart.
    Evakuatsiya yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan yo‘l qismlari (oraliq yo‘laklar, yo‘lak,
    zinapoyalar va h.k.) har xil texnik qurilmalar bilan toraymasligi, balki aksincha, yo‘l-yo‘lakay
    qo‘shilib boruvchi odamlar oqimini hisobga olgan holda kengayib borishi inobatga olinishi lozim
    bo‘ladi. Barcha evakuatsiya yo‘llari tabiiy yoki sun’iy yorug‘ik bilan ta’minlangan bo‘lishi va
    sun‘iy yoritilganlik tizimi albatta, ham umumiy, ham avariya elektr tarmog‘dan ishlashga
    moslashtiriigan bo‘lishi kerak.
    Evakuatsiya paytida xonalardan ko‘chayotgan odamlarni soniga, binoning o‘tga
    chidamlilik darajasiga, xonalarning toifasiga va hajmiga qarab, chiqish eshiklarining kengligi
    hisobiab chiqariladi. Asosiy yo‘laklarning kengligi 1,20 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
    Maydoni 1000 m
    2
    dan katta bo'lmagan va yo'lak bo‘ylab eng uzoq joylashgan xona
    eshigidan to tashqariga chiqish yoki zinapoyaga kelishgacha bo'lgan masofa 5.1-jadvalda
    berilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Ishlab chiqarish korxonalarida evakuatsiya davrida
    chiqish eshiklarining o'lchami 1 m kenglikdan o'tish mumkin bo'lgan odamlar soni 5.2-jadvalda
    keltirilgan.
    Yo'lakdagi eshikdaa tashqariga chiqish joyigacha bo'lgan masofa


    119
    5.1-jadvai
    Xonadan
    chqish
    уo‘lining
    joylanishi
    Xona
    toifalari
    Binoning o‘tga
    chidamlilik
    darajasi
    Odamlar oqimiga qarab (od/m
    2
    ),
    belgilangan masofa, m
    1-2
    2-3
    3-4
    4-5
    А ва В
    D
    I, II, IIIa
    60
    50
    40
    35
    I, II, III, IIIa
    120
    95
    80
    65
    IIIb, IV
    85
    65
    55
    45
    V
    60
    50
    40
    35
    E va F
    I, II, III, IIIa
    180
    140
    85
    100
    IIIb, IV
    25
    100
    60
    70 50
    V
    90
    70
    Oxiri berk
    yo'iak
    Barcha
    toifalar
    uchun
    I, II, III, IIIa,
    30
    25
    20
    15
    IIIb, IV
    20
    15
    15
    10
    V
    15
    10
    10
    8


    120
    5.2-rasm. Yong’in xavfini baholssh. a) yong’in xavfini oldindan baholash, b) yong’in xavfini
    so'ng baholash
    24
    24
    Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
    Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p 319.


    121
    5.3 – rasm. Ko'p qavatli binoning tashqi yong'in qochish yo’lagii
    25
    .
    5.4 – rasm. Yong'in evakuatsiya diagrammasi
    26
    25
    Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
    Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p 333.
    26
    Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
    Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p 337.


    122

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish