126
-yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan yong‘inga qarshi hududiy xizmat bo‘limiga xabar
berish va birlamchi o‘t o‘chirish vositalari yordamida yong‘inni bartaraf etishni ta’minlash.
Muxandis va texnik xodimlarni yong‘indan muhofaza qilish tadbirlarini bajarishga va shu
yo‘l bilan xalq mulkini asrab qolishga jalb qilish maqsadida, mahalliy Davlat yong‘in
nazorati
tashkilotlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turadigan, xavfsizlik tadbirlarini o‘z vaqtida
bajarilishini nazorat qilishda asosiy omil hisoblanadigan Yong‘in texnik komisiyaasini (YOTK)
tuzish zarur bo‘ladi. Qurilish maydonida ishlayotgan har bir ishchi va xizmatchi ish boshlashdan
oldin Yong‘in texnik minimumi (YOTM) bo‘yicha xavfsizlik
qoidalariga asosan maxsus
o‘qitilishi va tushuntirishlar olib borilishi shart. Bunday o‘quv kursini o‘tagan ishchi va
xizmatchilar o‘qish yakunida imtihon topshirishlari lozim.
Tushintirish jarayonida ishchi va xizmatchilarni yong‘in xavfsizligi me’yorlari hamda
qurilish maydoniga xos yong‘inga qarshi tartib va qoidalar bilan batafsil tanishtirilishi shart.
Qurilish muddati bir yildan ortiq davom etadigan katta qurilish maydonlarida yonish va
portlash xavfi mavjud bo‘lgan omborxonalar va yordamchi ijtimoiy binolar yong‘indan
muhofazalangan bo‘lishlari, ya’ni yong‘in darakchilari tizimi bilan jihozlangan bo‘lishlari
maqsadga muvofiqdir. Qisqa muddatli qurilish maydonlarida
esa bunday toifadagi bino va
xonalar oldida birlamchi o‘t o‘chirish qalqonlarini o‘rnatish va etarli suv ta’minoti manbalari
kifoya bo‘ladi.
Qurilish maydonlarining hajmi va yong‘in kelib chiqish ehtimoliga qarab bir yoki bir
nechta ixtiyoriy yong‘inga qarshi yordamchilar guruhi tuziladi. Har bir smenada 4-6
kishidan
iborat ishchi yordamchi guruh bo‘lishi kerak.