Elektr va gaz payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Elektr va gaz payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi
Qurilish jarayonida bino va inshootlarni mustahkamligini oshirish maqsadida metal va
temirbeton qurilmalarni o‘zaro bog‘lab, ularni yaxlit bir hajmiy tizimga keltiriladi. Buning uchun
elektr yoki gaz payvandlash uskunalaridan foydalaniladi.
Elektr va gaz payvandlash uskunalarini ishlatish jarayonida payvand qilinayotgan
nuqtada ochiq alangani hosil bo‘lishi va undagi harorat 1100
o
S gacha ko‘tarilishi mumkin.
SHuning uchun payvandlash ishlarini bajarish davomida ma’lum tartib va qoidalarga rioya qilish
zarur bo‘ladi.
Bunday ishlarni ochiq havoda yoki yopiq xonalarda doimiy o‘tkaziladigan joylari
tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida belgilanadi. Yopiq sexlarda payvandlash ishlarining
vaqtinchalik o‘tkaziladigan joylari, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimning yozma
tariqasida bergan ruxsatnomasi bilan aniqlanadi.
Olov bilan bog‘liq bo‘lgan payvandlash ishlari bajariladigan joylarda albatta dastlabki o‘t
o‘chirish vositalari ishga tayyor holda bo‘lishi va barcha payvandlash ishlari yong‘in va texnika
xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarilishi shart.
Vaqtinchalik elektr yoki gaz payvandlash ishlari bajariladigan joylarda 5m radius
kengligida aylanma hudud yonuvchi ashyolardan tozalangan bo‘lishi lozim. Agar elektr
payvanchi balandda ishlayotgan bo‘lsa, pastda payvandlash paytida uchib chiqayotgan
uchqunlarni tarqalishini kuzatib turgan yordamchi bo‘lishi va payvandchining yonida yongan
elektrodlar qoldig‘ini solish uchun maxsus metal quticha bo‘lishi lozim.
Elektr payvandlash va gazda qirqish ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
-yong‘in xavfsizligini ta’minlamasdan turib payvandlash uskunalarini ishlatish, hamda
nosoz bo‘lgan uskunalarda ishlash;
-maxsus belgilangan ximoya kiyimlarini kiymasdan turib ishni boshlash;
-kislorod balonlari va yonuvchi gaz balonlarini, karbit va bo‘yoq mahsulotlari solingan
idishlar bilan bir xonada saqlash;
-karbit solingan idishlarni zax tortishi mumkin bo‘lgan erto‘lalarda saqlash;
-asetilen generatori va uning qismlari muzlab qolganda olov yoki qizdirilgan buyumlar
yordamida muzini eritish;


127
-yonuvchi gaz va kislorod balonlari, atsetilen generatori bor bo‘lgan joylarda chekish va
ochiq holdagi olovlardan foydalanish;
-karbit solingan idish qopqog‘ini ochishda misdan qilingan asboblardan foydalanish.

Download 2,9 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr va gaz payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish