210
moddalar, axborotlar to‘plangan. Akl kuchi, fan, texnika sayyoramizda uzluksiz ravishda
insoniyatga xizmat qilmoqda. Lekin afsuski, har qanday texnika, har qaysi fan Erning o‘z-o‘zini
tiklash quvvati va imkoniyatini uning o‘zichalik amalga oshira olmaydi. Gap shundaki, inson
akli erishgan muvaffaqiyatlaridan oqilona foydalana bilish ekologik muammoni hal etishda
muhimdir. Inson aklining tabiat va jamiyatga ta’sirining kuchayishi uning tabiiy jarayonlarga
aralashuvi oqibati, o‘z avlodlari xayoti uchun, insoniyat kelajagi uchun mas’ulligini yanada
keskin qilib qo‘yadi. Aql qatlami deyilganda ham inson aqli bilan o‘zgartiriladigan va
boshqariladigan zaminiy-sayyoraviy hamda samoviy bo‘shlik tushuniladi. Bu aql insoniyatning
har tomonlama rivojlanib, kamol topishini kafolatlaydi. SHuning uchun ham insoniyat ko‘plab
muhim bioqatlama jarayonlarining tabiiy kechishini ta’minlashni, ularni nazorat qilib,
«sozlash»ni o‘z zimmasiga oladi. Agar, akl va texnika kuchida ularga zarur bo‘ladigan
donishmandlik, yuksak ahloqiy, ekologik ong rivoji namoyon bulsagina Erning biosfera «aql
qatlami noosferaga » aylana oladi. Buning uchun esa inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitini
butunlay o‘zgartirish, uyg‘unlikning tanasi uchun ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratish kerak.
O‘shandagina uzluksiz rivojlanish uchun kafolat yuzaga keladi. Ammo chukur ekologik ong ayni
shu kunlarda juda zarurdir.
Ekologik ongsiz bioqatlamning aql kuchi jilovlanmagan kuch-qudrat misoli goh u yoqqa,
goh bu yoqqa «sang‘ib» qoladi. Ekologik ong sohibi bo‘lmish inson esa ishonch ila oldinga
zintiladi. Ekologik ong harakatning barqarorligi va yo‘nalganligini, aql kuchi xarakat sur’atini,
hammasi birgalikda esa taraqqiyot tezligini ta’minlaydi.