O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Inson ekologiyasi
36
.
Inson ekologiyasi odamlarni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabat qonuniyatlari, aholi
sonining ortib borishi, sog‘liqni saqlash va yaxshilash, insonning fizik va psixik imkoniyatlarini
kengaytirish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Inson ekologiyasining muhim vazifasi aholi
sog‘lig‘ini saqlash va yaxshilashning tabiiy qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Inson ekologiyasi oldida uchta vazifa turadi:
1. ITG bilan birgalikda tabiiy muhitni bir butun holda saqlab qolish;
2. Aholi salomatligi;
3. Kishilarning uzoq yashashi va faol hayotini ta’minlash.
Ilmiy texnik inqilob inson bilan biosfera o‘zaro masalasini nihoyatda dolzarb muammoga
aylantirdi. Biossferaning tarkibiy qismi hisoblangan har bir tirik organizm morfologik, fiziologik
va xulqiy tomonlari bilan tashki muhit bilan xayratlanarli darajada uyg‘unlik organizmning
yashash muhitiga moslashishi natijasidir. Moslashish qanday namoyon bo‘ladi? Moslashish
organizmning tashqi muhitda yashab qolishi yoki nobud bo‘lishi jarayonlarini muammo qilib
qo‘yadi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi dunyo tirik organizm oldiga ma’lum muammolarni
ko‘yadi. Tirik organizm yashashi, ya’ni o‘sishi va rivojlanishi uchun, sog‘lom avlod qoldirishi
uchun ushbu muammolarni hal etishi kerak bo‘ladi.
Moslashish jarayoni cheksiz va to‘xtovsizdir. Ammo tirik organizm tabiiy funksiyalari va
organlarini takomillashtirish imkoniyatlari cheklanganligini xisobga olish zarur. O‘sish, vazn,
tananing umumiy yuzasi, shuningdek, hayot faoliyati jadalligi kabi antropologik ko‘rsatkichlar,
nafaqat biologik qonuniyatlar asosida cheklanib qolmay, balki, gravitatsion, energetik, termik va
boshqa iqlim geografik, geofizik omillar bilan ham cheklanadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,
issiq qonli hayvonlar tana o‘lchami iqlim bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin. (Bregman qoidasi).
Antropologlarning fikricha, odam evolyusiyasi to‘xtagan, genotipik nuqtai nazardan
o‘zgarmaydi, ammo tabiiy va ijtimoiy omillar ularning morfofunksional o‘zgarishlariga olib
kelishi mumkin. Inson rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillar ta’sir etadi. Inson ekologiyasi
umumlashtirsak u tabiat bilan ijtimoiy muhit orasidagi aloqa bog‘lanishlarni hal etishdan iborat.
Ushbu bog‘lanishlar aholining salomatlik darajasi va ijtimoiy mehnat potensialini belgilab
beradi.
36
Eyewitness Ecology. Written by STEVE POLLOCK. United States in 2005 by DK Publishing, Inc. 375 Hudson
Street, New York, NY 10014 ISBN-13: 978-0-7566-1387-7 (PLC), ISBN-13: 978-0-7566-1396-9 (ALB).


211
Sof holdagi tabiiy yoki ijtimoiy yo‘q, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan.
Inson va jamiyat ma’lumot va madaniyat, aholining o‘sishi, rivojlanishi va moslashishlari uning
kelajagi haqidagi muammolardir.
Odam Er yuzidagi barcha narsaga aql-zakovat, maqsad bilan buysunadigan jonzotdir.
Xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyai tufayli uning yashash chegaralari kengayib bormaqda. U
yangi xom ashyo, energetik resurslarini, qidirish borasida dengiz va okenlarni, shimol va
Antarktidalarni, baland tog‘ cho‘qqilari, suvsiz cho‘llarni, stratosfera va kosmik fazoni zabt
etayapti. Shu bilan birga yangi tabiiy va ishlab chiqarish jarayonida, u tashqi muhitning noqulay
duch kelmoqda.
Odam populyasisining salomatlik xolati faqat tibbiy biologik nuqtai nazardan emas, balki
iqtisodiy kategoriya ham xisoblanadi. Aholini ko‘chib yurishining ortishi Sibir, Chekka Shimol,
Uzoq Sharq, baland tog‘ kabi xududlarni tez egallamoqda. Natijada odam organizmining
boshqaruv organlari doimo zo‘riqqan holda ishlamoqda. Yangi sharoitda odam bilan tabiat
o‘rtasidagi muvozanatni uyg‘unlashtirishda tibbiy biologik fanlar oldida o‘lkan vazifalar to‘ribdi.
Kasalliklarni oldini olishdan tashqari, hozirgi avlodni saqlash va mustahkamlash hamda
kelajak avlodni sog‘lig‘igi kafolat berish bo‘ladi. Shu bilan birgalikda tabiiy muhitning etik-
estetik tomonlarini ham hisobga olish kerak. Har bir kishi uchun o‘rmonlar, gullab turgan
o‘simlik, inson qo‘li tegmagan landshaftlar ilhom baxsh etadi. Hozirgi sharoitda shaharlar va
uning aholisi jadal o‘smoqda, qishloq xo‘jaligi uchun har kuni biosfera holatini yaxshilash
haqida qayg‘urishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta’siri ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin.
Fan va texnika yutuqlarini xo‘jalik faoliyatiga tadbiq etishda jamiyat va tabiatning uyg‘un holda
rivojlanish talablari e’tiborga olinmasa, salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Fan-texnika
taraqqiyotining tartibsiz, boshqarib bo‘lmaydigan rivojlarishi natijasida insoniyat shunday
chegaraga etib keldiki, chang-tutun va nur kassaligi, turli toksik, allergiya, endokrin va ijtimoiy
chegara bilmaydigan patalogiyaning boshqa turlari bilan bog‘liq xastalilar xavfi ko‘ndalang
bo‘lib turibdi.
Yadro qurollarining sinalishi natijasida tabiatda muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu
o‘zgarishlarning ba’zi oqibatlari mutagen jarayonlarga, tirik organizmlarning irsiy kodiga ta’sir
ko‘rsatishi g‘oyat tashvishlidir. Birgina AQSHdagi sanoat korxonalari va atom stansiyalari har
yili tabiatni yuzlab tonna radiaktiv chiqindilar bilan bulg‘anadi.
Ajal urug‘lari bo‘lmish bu moddalar yillab axlatxonalarda yotadi. Ko‘pgina hollarda
zaharli chiqindilar yomg‘irlar yuvilib, saqlanish joyidan daryolar quduqlarga sizib o‘tadi va toza
ichimlik suvini zaharlaydi. Bu esa aholi uchun xavf-xatar tug‘diradi.
G‘arbiy Evropa va Amerikadagi taraqqiyparvar kishilar tabiatni asrab-avaylash uchun
kurashadilar. Chunki ular odamlarning sihat-salomatligini ko‘p jihatdan tashqi atrof-muhit holati
darajasiga bog‘liq ekanini yaxshi tushunadilar.
Tabiatni muhofaza etish bo‘yicha dunyo miqiyosida bir qancha uyushmalar mavjud.
Masalan Germaniyadagi «yashillar» partiyasi tabiat muhofazasi, yadro sinovlarini taqiqlash,
qurollanish poygasini to‘xtatish uchun ko‘rashadi. Ularning bu qurashlari taraqqiyparvar kishilar
tomonidan qo‘llab-quvatlanadi. Qolaversa, ijtimoiy jarayonlarning umumiy ekanini, ekologik
tanglikning yagonaligini, sivlizatsiyaga xos xastaliklarning ko‘paygani, ijtimoiy va tabiiy
moslashuv muammolarini ham yoddan chiqarmaslik kerak.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomida salomatlik «to‘la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy
holati» tarzida ta’riflanadi. Salomatlik–yuqori ijtimoiy faollik, mehnatni o‘zlashtirish va uning
samaradorligini oshirish, ijtimoiy munosabatlarni taomillashtirish shuningdek, ijtimoiy va
texnikaviy taraqqiyotning muhim asosi hisoblanadi. Salomatlik–har bir inson baxt-saodati,
to‘laqonli ijtimoiy foydali faoliyatining zaminida yotadi. Haqiqatan ham, salomatlik borasida
g‘amxo‘rlik qilish yuksak ijtimoiy qadriyatlardan biridir. Salomatliksiz inson ham, jamiyat ham
o‘z maqsadlariga erisha olmaydi. Biosferadagi barcha jarayonlar o‘zaro bog‘liqdir. Insoniyat
biosferaning kichik qismi bo‘lsa, inson esa organik hayot turlaridan biridir. Biosfera holatining
yomonlashuvi barcha tirik majudotlar, shu jumladan inson uchun ham xavflidir. Inson va uning


212
atrof-olam bilan munosabatini har tomonlama o‘rganish shuni tushunishga olib keldiki, salom
atlik-bu nafaqat kasallikning yo‘qligini bildiradi, balki u insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy
xotirjamligidir. Salomatlik-tuman boylik. Bizga salomatlikni tabiat ato etgan. Ammo u biz
yashayotgan shart-sharoitga juda bog‘lik. Shaharlarning eng muhim xususiyatlaridan biri, uni
aholisining soni va uning o‘ziga xos tomanlari ya’ni sanoat, savdo, ma’muriy markaz (talabalar
shaharchasi) hosil qiladi. BMT ning ekspert demograflarining fikricha aholi soni 20 mingdan
ortiq bo‘lgan aholi punktlari shahar deb qarash kerak. Bu albatta shartlidir. Hozirgi davrda yirik
shaharlar, kengayib, o‘zgartirilib, yirik aglomeratsiyalar yoki megapolislar hosil qilmoqda. Ular
ham o‘sib bormoqda. Agarda aholini soni zaylda o‘sishi davom etsa, er yuzi aholisining umumiy
soni 150-200 yildan sung 1 km metriga 6500-7000 kishiga tzg‘ri keladi, yoki boshqacha qilib
aytganda barcha er yuzi shaharlar bilan egallab olinadi. Bundan keyingi o‘sish esa 700 yildan
so‘ng er shari aholisi bir–biriga tizig holda tik turishi mumkin. Albatta bularning hammasiga
shartli ravishda qaralishi keorak. Ma’lum davrda sayyoramizda aholining o‘sishi to‘xtashi yoki
shaharlar ozgina to‘xtashi mumkin. Shaharlar doimo biror jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari
va ishlab chiqarish munosabatlari dajarasini ifodalagan, shahar jamiyat va davlatning yuzi va
unda qandaydir darajada uning harakterli xususiyatlari mujassamlashgan. Urbanizatsiya tarixiy
jarayon, uning ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy munosabatlari shakllari bilan chambbarchas
bog‘lik. U mavjud shahar va qishloqlarning rivojlanishi yangi va sanoat, transport, qy-joy
qurilishi, yalpi kommunikatsiyalar, madaniy-maishiy turmush xizmatlarnig tizimi tub
o‘zshgarishlar bilan bog‘lanib ketgan. Urbanizatsiya - ko‘p qirrali jarayon u jamiyatning
kuchlari, ilmiy potensial, mehnat unumdorligi, jamiyatning sinfiy va malakaviy tuzilmasi,
aholining iste’molchilik va hizmat ko‘rsatish kabilarga katta ta’sir etadi.
Urbanizatsiya – XX asrdagi inqilob bilan chambarchas bog‘liq. Ammo urbanizatsiyaning
jadalligi, shakl va harakteri jamiyatning ijtimoiy tuzumiga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, irrigatsya va o‘g‘itlardan foydalanish kabilar, qishloq
xo‘jaligini ishlab chiqarish mahsuldorligini keskin oshiradi. SHaharlarda sanoatning o‘sishi
maishiy hizmat darajasini ortiradi, qishloqdan kelayotgan oqimni ish bilan ta’minlaydi.
O‘zbekistonda qishloq aholisi tuman markazlari atrofida to‘planmoqda. Ularni odatda
kichikshahar tipidagi posyolkalar deyiladi. Tuman markazlari posyolkalarni (tashkil va
xizmatlar) barcha qishloq joylarni qo‘shib olgan holda bajariladi. Bunday aholining joylashish
tipi respublika aholisi joyini o‘ziga xos tizimini tashkil etadi.
Hozirgi vaqta respublikada 120 shahardan 89 tasi aholi salkam ya’ni 50 ming qishidan
iborat kichik kategoriyadagi 14 tasi o‘rtacha (50 mingdan 100 mingtacha); 13tasi yirik (100
mingdan 250 mingtacha). 3tasi ko‘p sonli (250 ming kishidan 500 mingtacha); Respublika
poytaxti Toshkent shahri yirik markaz hisoblanib, uning aholisi 2,2 mln. kishidan ortiq. XIX asr
o‘rtalarida atiga 4 ta « millioner shahar bo‘lgan edi. 1920 yilga kelib 25 ta, 1950 yilda 90, 1960
yil 140, 1970 yil 150 dan ortiq shaxarlar paydo bo‘ldi. 1920 yildan 1960 yillarda er yuzi aholisi
61 % ga o‘sdi, shaxar aholisi 200%, yirik shaharlar esa 250 % o‘shdi.
Aholi soni 1 mln. dan ortiq shaharlar aholisining o‘sishi
1950 yildan 2015 yilgacha
8.1-jadval
Mintaqalar
1 mln ortiq aholisi bo‘lgan shaharlardagi aholi soni
1950
1970
1990
2015
Afrika
3
16
59
225
Lotin Amerika
17
57
118
225
Osiyo
58
168
359
903
Evropa
73
116
141
156
Shimoliy Amerika
40
78
105
148
Shunday qilib, shaharlar sonining ortish qonuniyat hisoblanib, 5-6 ming yil orasida


213
insoniyat harakterli xususiyat bo‘lib qoldi.
Tarix, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, IIT, urbanizatsiya kabilar bir butin holda
tezlashib ketadi. Bugungi kunda uning jadalligi maksimal darajaga etdi deyish mumkin. Xo‘sh
bunday o‘sishning sababi qanday?
Shubhasiz birinchi navbatda iqtisodiy rivojlanishdir. Iqtisodiy rivojlanish asosida ishlab
chiqarish yiriklashtirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni o‘sishi yotadi. Shahar hozirgi davrda
sivilizatsiya xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, sanot va iqtisodiy bir butin
yiriklashishga yiriklashishga olib keladi. Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan yirik shahar kichik
shaharga nisbatan ancha afzal, chunki birgalikda energetika, transport, vodoprovod va
kanalizatsiya foydalanish, ishlab chiqarish birlashmalar sanoat va fuqaro qurilishlarini
yiriklashish yo‘lidagi baza hisoblanadi. Shunday qilib, hoziri davda sayyoramizda deyarli
yarmidan kupi shaxarlarda yashaydi. Yirik shaxarlar odamlar uchun yuqori hayot darajasi, ya’ni
xil-xil ish faolyatini tanlash va egallash imkoniyatlari, ta’lim olish va mustaqil ta’lim, moddiy
o‘sish, dam olish jarayonlari bilan ta’minlaydi. Umuman olganda hozirgi davr ishlab chiqarish
texnikasi, irrigatsiya va o‘gitlar, kimyolashtirish darajasi 5-10% aholi, qolgan 90-95% aholini
boqish mumkin. Rivojlangan barcha mamlakatlarda XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida
shaxarlarda 90% aholi istiqomat qiladi. Urbanzatsiya-ob’ektiv zaruriyat xisoblanib, jamiyatning
ehtiyojidan kelib chiqqan, Ijtimoiy tarixiy qudratli dvigatelidir. Ammo ushbu jarayonning salbiy
tomonlari ham mavjud. Ijtimoiy munosabatlarni ob’ektiv rivojlanishi uchun sharoit yaratsa,
ikkinchi tomondan, antropogen tazyiq ta’sirida ekologik vaziyatni yomonlashuvi tabiiy muhitga
ta’sir ko‘rsatadi. Natijada urbanizatsiyalashgan muhitning ifloslanishi (sanoat, transport, maishiy
turmush chiqindilari, oqova suvlar, avtotransportlardan chiqayotgan gazlar, zaharli kimyoviy
moddalar, radioktiv chiqindilar va hokazolar) kuchayadi. Shubxasiz yirik shaharlar ekologik
nuqtai nazaridan qulay emas, aksincha zararlidir.
Tabiatdan uzoqlashish;
Uy-joy tanqisligi;
Ishsizlik;
Ocharchilik;
Nevrozlar;
Nerv-pisixik kasalliklar;
Shovqin;
Avtotransport (ifloslanish)smog;
Transport ta’siridan shikastlanishlar.
Odamning tabiatini o‘rganish kerak. Biosferada moddalar va energiya almashinuvi-
sun’iylikdan tabiiylikka yaqinlashtirish kerak.

Download 2,9 Mb.
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish