204
1)kirish instruktaji;
2)ish joyidagi instruktaj;
3)vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan instruktaj;
4) rejadan tashqari instruktaj.
Sanoat korxonalarining hammasida ish kategoriyasi va xavfli darajasi qanday bo‘lishiga
qaramay barcha ishchi va xizmatchilar ish davri, mutaxassisligi va malakasidan qat’iy nazar
instruktajdan o‘tishlari shart.
Kirish instruktaji. Ishga yangi kirayotganlar uchun o‘tkaziladi.
Bu instruktajning asosiy
maqsadi ishga kirayotgan kishini mehnatni
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat
sanitariyasi to‘g‘risida ma’lumot berish, uni sanoat korxonasi maydonlari va sexlaridagi tartib-
qoidalardan xabardor qilishdir. Kirish instruktaji yaxshi jihozlangan va ko‘rgazmali qurollar
o‘rnatilgan mehnatni muhofaza qilish kabinetida, xavfsizlik texnikasi injeneri tomonidan
o‘tkaziladi.
Kirish instruktaji vaqtida ishga kirayotgan ishchi quyidagi holatlar bilan tanishtirilishi
shart: O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza
qilish qonuniyatlari asoslari, sanoat
korxonasida yo‘lga qo‘yilgan ichki tartib qoidalari, sanoat korxonasi maydonida va sexlarida
o‘zini tutish qoidalari, sanoat korxonasidagi xavfsizlik texnikasining umumiy talablari, ish joyini
tashkil qilish, ishchiga topshirilgan mashina va mexanizmlarni saromjon va ozoda saqlash
qoidalari, maxsus ish sharoitini tashkil qilingan ayrim sex va bo‘limlar bmlan tanishtirish,
baxtsiz hodisalarni oldini olish qoidalarini tushuntirish, bunda asosiy diqqat e’tiborni har xil
erituvchilar, kislotalar, engil alangalanuvchi suyuqliklar, siqilgan havo, elektr toki xavfi mavjud
bo‘lgan sexlarga qaratish kerak.
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoida, norma va
instruksiyalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan baxtsiz hodisalar haqida ma’lumotlar
berilishi kerak. Baxtsiz hodisa ro‘y berganda o‘zini qanday tutish haqida tushuncha beriladi,
alkogolli ichimliklar baxtsiz hodisaga olib kelishi haqida aytib o‘tilish shart. Maxsus kiyim
bosh, maxsus oyoq kiyimi va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalari, sanitar-
gigiena sharoitlariga e’tibor berish, sanitar maishiy xonalardan foydalanish tartibi, baxtsiz hodisa
ro‘y berganda, baxtsiz hodisaga uchragan kishiga vrach kelgunda qadar yordam ko‘rsatish
usullari haqida ma’lumot beriladi.
Ish joyidagi instruktaj.
Ishga yangi kirgan, bir ishdan ikkinchi ishga o‘tkazilgan, bir
mashinadan ikkinchi mashinaga, bir uchastkadan ikkinchi uchastkaga o‘tkazilgan, agar bu
o‘tkazishlar vaqtincha bo‘lishidan qat’iy nazar ish joyidagi instruktajdan o‘tkazilishi shart.
Ish joyidagi instruktajda quyidagilar tushuntirilishi kerak: ishchining doimiy ishlash joyi,
sexdagi texnologik jarayon va xavfli uchastkalar, ishchining doimiy ishlashi zarur bo‘lgan
mashinaning yoki stanovning tuzilishi, mashinaning xavfli joylari, muhofaza qurilmalari va
boshqa saqlovchi vositalar, ularning vazifasi va ulardan foydalanish qoidalari. Ishga tayyorlanish
qoidalari, stanokning sozlanganligini tekshirish, yurgizish o‘chirish
asboblarining ishlashi,
stanokning erga ulanganligi, yordamchi va asosiy qurollarning mavjudligi. Shaxsiy muhofazo
aslahalarining vazifalari va ulardan foydalanish qoidalari, ish kiyimlari, maxsus kiyimlar, oyoq
kiyoimlari va bosh kiyimlarga qo‘yiladigan talablar.
Ish joyini tashkil qilish bunda material va tayyor mahsulotlarni joylashtirish, ish joylarini
iflos va keraksiz narsalar bilan to‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, yo‘llar, o‘tish joylari va ish
joylarini to‘sib qo‘ymaslik.
Transport vositalari, ko‘tarish kranlari va mexanizmlarni ishlatish
qoidalari va boshqa
yordamcht vositalardan foydalanish tartiblari.
Baxtsiz hodisalar kelib chiqish mumkin bo‘lgan ish usullarini qo‘llashni taqiqlash va kasb
kasalliklariga olib kelishi mumkin bo‘lgan sanoat zararli moddalari haqida tushuncha berish va
ulardan saqlanish usullarini ko‘rsatish.
Instruktaj o‘tkazayotganda avvalo odatdagi ish sharoitida ishchi o‘zini qanday tutishi
kerakligi haqida ma’lumot beriladi. Lekin sanoat korxonalarida ba’zi bir haddan tashqari holatlar
205
ham yuz berib qolishi mumkin. Masalan avariya, yong‘in va boshqa hollarda ishchi o‘zini
qanday tutishi, tez harakat qilishi mahim ahamiyatga ega.
Shuning uchun mana shunday holatlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida ham
ma’lumot berilishi kerak.
Ish joyidagi instruktajni master yoki brigadir o‘tkazadi.
Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan instruktaj.
Bu instruktajni o‘tkazish vaqtini fabrika,
zavod kasaba uyushmasi komitetlari bilan kelishgan holda, sanoat korxonasining rahbari
belgilaydi. Bu instruktajning mazmuni ish joyidagi instruktaj mazmuni bilan bir xil.
Instruktajning kirish instruktaji singari
hamma ishchilar ish staji, malakasi, razryadidan qat’iy
nazar o‘tkazilishi shart.
Rejadan tashqari instruktaj.
Bu instruktaj texnologik jarayonning o‘zgarishi, yangi
mashina va stanoklar kiritilishi va yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining
o‘zgarishi sababli ishchilarning xavfsizligini saqlash uchun bilimlari etishmasligi sezilganda
o‘tkazilishi mumkin.
Bundan
tashqari
bu
instruktaj
ba’zi
bir
ishchilar
xavfli
ish
usullaridan
foydalanayotganligi sezilsa, mehnat intizomi yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa yoki
ishchi ishlayotgan joyidan biror-bir sabab bilan(masalan kasallik, ta’til)uzilish ro‘y bersa,
shuningdek ish joylarida kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalar yuz bersa o‘tkazilishi mumkin.
Shu sanoat korxonasiga o‘xshash korxonada avariya sababli baxtsiz hodisa ro‘y
berganligi haqida xabar eshitilgandan keyin ham, plandan tashqari instruktaj o‘tkaziladi.
Kundalik instruktaj.
Naryad-dopusk bilan bajariladigan xavfli ishlar uchun ish
boshlashdan oldin o‘tkaziladi. Bu instruktaj o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumot naryad-dopuskka
yozib qo‘yiladi.