196
tasvirlangan ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanib o‘tkaziladi. Instruktaj o‘tkazgan
shaxs va
undan o‘tgan shaxslar maxsus kitobga imzo qo‘yadi.
Ish o‘rinda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha birlamchi instruktajni bo‘lim rahbari o‘tkazadi.
Birlamchi instruktajga ishchini o‘z ixtisosligi bo‘yicha vazifalari, ish o‘rnini xavfsiz tashkil
qilish
tartibi bilan tanishtirish, qurilma va mexanizmlarning tuzilishi hamda ularga xizmat
ko‘rsatish (ishga tushirish, to‘xtatish va h.k.),
asbob-uskuna va moslama, himoya vositalari va
to‘siqlar ishlatish hamda ulardan foydalanish qoidalari, tayyor mahsulotlarni
joylash qoidalari,
yuk ko‘tarish va transport vositalarini ishlatishning xavfsiz qoidalari,
shuningdek, xavf tug‘ilgan
taqdirda o‘zini qanday tutish kerakligi bilan tanishtiriladi. Instruktaj o‘tkazilgandan so‘ng master
o‘z kasbi yoki bajarayotgan ishning turi bo‘yicha xavfsizlik texnikasiga oid instruksiya yoki
eslatma topshirishi kerak.
Ish o‘rnida beriladigan instruktaj, shuningdek, har safar boshqa ishga o‘tganda yoki ish
sharoitlari o‘zgarganda ham o‘tkaziladi; brigada ishchilari o‘zlari bajaradigan barcha ish turlari
bo‘yicha xavfsizlik texnikasidan instruktaj o‘tishlari shart.
Xavfsizlik texnikasi qoidalarini, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong‘inga
qarshi
texnika normalarini ma’muriy-texnik xodimlar va ishchilar yaxshi o‘rganib bilib olgan hamda
ularga qat’iy rioya qilgan taqdirdagina bu qoida normalar yaxshi natija beradi.
Tashkilotlarda va korxonalarda xavfsizlik texnikasi hamda ishlab chiqarish sanitariyasini
targ‘ibot qilish bo‘yicha o‘quv-uslubiy markazi sifatida xavfsizlik texnikasi kabinetlari va
burchaklari tashkil etilib, ular tegishli o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanadi.
Amaldagi
tartib-qoidalarga binoan, ishga kirayotgan ishchilarning hammasi xavfsizlik
texnikasi bo‘yicha ta’lim olish kerak.
Asosan, ishchilarni xavf-xatarsiz ishlashga o‘rgatish maqsadida dastlabki (umumiy)
instruktaj, ish o‘rnining o‘zida ishlab chiqarish instruktaji o‘tkaziladi va kursda ta’lim beriladi.
Ishchilarga ta’lim berishning bu tizimi majburiydir. Xavfsizlik texnikasi qoidalarining o‘z
vaqtida, to‘la-to‘kis va to‘g‘ri o‘rgatilishi uchun korxona rahbari javobgardir.
Korxonaga ishga kirgan ishchilarning hammasi (ixtisosidan va bajaradigan ishidan qat’i
nazar), shuningdek ishga yo‘llashdan oldin ishlab chiqarish tajribasini o‘tish uchun ishlab
chiqarish amalga oshirayotgan joyga yuboriladi va o‘quvchilar
ishga tushishlaridan oldin
dastlabki (umumiy) instruktaj va ish o‘rnining o‘zida tashkil etiladigan instruktajdan o‘tishlari
shart.
Ixtisosiga ko‘ra avvalo tibbiy ko‘rigidan o‘tishlari lozim bo‘lgan ishchilar ma’muriyatga
tegishli tibbiy hulosasini topshirishlari lozim, ana shundan keyingina ularni ishga qabul qilish
hamda instruktajdan o‘tkazish mumkin. Masalan, qurilish tashkilotlarida
balandda ishlaydigan
montajchilar ishga kirayotganlarida dastlabki ko‘rikdan o‘tishlari, keyin yiliga bir marta tibbiy
ko‘rikdan o‘tib turishlari kerak. Kompleks brigadaning a’zolariga esa brigada bajaradigan barcha
turdagi ishlarni bexatar bajarish usullari o‘rgatiladi