197
Bu instruktaj paytida ishchiga uning mazkur ish o‘rnida
bajaradigan vazifalari aytib
beriladi, mashina va mexanizmlarning tuzilishi hamda ularni ishlatish tartibi, elektr uskunalari
hamda elektrlashtirilgan asboblardan xavf-xatarsiz
foydalanish qoidalari, mavjud transport
vositalari va yuk ko‘tarish mexanizmlarini xavf-xatarsiz ishlatish yo‘llari, yakka tartibda
himoyalanish vositalaridan foydalanish tartib-qoidalari
tushuntiriladi, himoya moslamalari va
to‘siqlari, signal berish sxemalari hamda shaxsiy gigiena qoidalari bilan tanashtiriladi. Instruktaj
oxirida bevosita ish o‘rnida xavf- xatarsiz ishlash usullari qo‘llanib ko‘riladi. Bundan tashqari,
yaqindagina
ishga qabul qilinib, dastlabki instruktajdan o‘tgan ishga tajribali ishchiga 2-3 kun
birkitib qo‘yiladi.
Ishchi boshqa ishga o‘tkazalayotganida, ish sharoitlari va xarakteri o‘zgartirilganida yoki
alohida xatarli ishlarni bajarish uchun ishlab chiqarish topshirig‘i berilganida xavfsizlik
texnikasidan qo‘shimcha instruktaj o‘tkazilib, xatarsiz ishlash usullari amalda qilib ko‘rsatiladi.
Kamida har olti oyda bir marta barcha ishchilar uchun ish o‘rnining o‘zida takror instruktaj
tashkil etiladi.
Dastlabki instruktaj
jurnalga yozilgani singari, ish o‘rnida xavfsizlik texnikasidan
o‘tkazilgan instruktaj ham maxsus jurnalga yozib qo‘yiladi. Ma’muriyat