192
yillarda AQSHda ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarining 50 foizini “ergonomik” kasalliklar
tashkil etgan va bu bevosita mamlakatda kompyuterlashtirish tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq
holda yuzaga kelgan.
Kompyuterlardan foydalanishda inson sog‘ligiga ta’sir etuvchi
asosiy xavfli va zararli
omillar tarkibiga elektr toki, elektromagnit, infraqizil, ultrabinafsha nurlanishlar va shovqin
kiradi. Ular bevosita insonga psixofiziologik ta’sir etadi.
Infraqizil nurlar inson tanasining qizishiga,
tana haroratining oshishiga, ultrabinafsha
nurlar esa teri osti to‘qimalarida biologik o‘zgarishlar vujudga kelishiga, elektromagnit
nurlanishlar markaziy nerv tizimi faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari,
yuqori dozadagi nurlanish ta’sirida “Nur kasalligi” kelib chiqishi, insonda genetik o‘zgarishlar
sodir bo‘lishi,
pushtsizlikka olib kelishi, ona qornidagi homilaning rivojiga salbiy ta’sir etishi
ham mumkin. Nurlanishning inson sog‘ligiga ta’sirining dastlabki ko‘rinishlari kamdarmonlik,
charchash, tez toliqish, bosh og‘rig‘i, uyqu kelishi, puls va qon bosimining kamayishi,
keyinchalik tana haroratining ko‘tarilishi, qayd qilish holatlarida bilinadi.
Kompyuterlarda
yuzaga keladigan nurlanishlardan himoyalanishda birinchi navbatda monitor to‘g‘ri tanlanishi
lozim. Hozirgi kunda MPR-II, TSO-92, TSO-95 standartlari orqali kompyuterlarda yuzaga
keladigan elektrik va magnit nurlanishlarga aniq va qattiq talablar o‘rnatilgan.
7.2-jadval
Chastota diapozoni
MPR-II standarti bo‘yicha
TSO-92 standarti bo‘yicha