• 3. Xavfsizlik texnikasi xizmatini tashkil qilish Xavfsizlik texnikasi xizmati va uning vazifalari.
  • O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet162/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    Vaqt omili:
    Kamdan-kam inson 8-9 soat davomida kitob mutolaa qiladi. Kompyuter
    bilan ishlaganda esa bu odatiy hol hisoblanadi. Natijada ko‘zlar zo‘riqadi.
    Ba’zi odamlarda ekran oldida to‘xtovsiz 2 soat davomida ishlaganlaridan so‘ng,
    ko‘pchilikda 4 soat, deyarli barchada 6 soatdan so‘ng kompyuter ko‘rish sindromi VS paydo
    bo‘ladi. Olimlar kompyuter ekrani oldida uzoq vaqt ishlash natijasida VS sindromi vujudga
    kelishidan tashqari ko‘rish qobiliyati pasayishini ( yoki ilgari ham ko‘rish qobiliyati past
    bo‘lganlariniki yanada pasayib ketishi) ham ta’kidlaydilar. Ayniqsa, kompyuter grafikasi bilan
    shug‘ullanish davrida ko‘rish qobiliyati vaqtincha pasayadi. Tadqiqodchi olimlarning xulosasiga
    ko‘ra, insonning ko‘rish qobiliyati kompyuterdagi tasvir bilan ishlash uchun moslashmagan.
    Monitoringiz ekranidagi tasvirlarning alohida belgilarini kompyuterlarning inson ko‘ziga zararli
    ta’siri ular paydo bo‘lganidayoq ma’lum bo‘lgan. Monitor oldida bir necha soat o‘tirib ishlash
    natijasida ko‘zlar charchab, qizarib, yoshlanadi. Keyin boshda og‘riq paydo bo‘la boshlaydi.
    Ko‘zlari uzoqni ko‘ra olmaydigan, astigmatizmi bor, yaqinni ko‘ra olmaydigan xodimlarning
    ko‘rish qobiliyati keskin pasayib ketishi va natijada asta-sekin nogironlarga aylanib qolishlari
    ham mumkin. Ko‘z xirurglari bugungi kunda ham zamonaviy kompyuterlar yillar davomida
    muvofiqlashtirilgan ekanligiga qaramay, ko‘zlari operatsiya qilingan odamlarga 2-3 oy
    davomida kopmpyuter bilan ishlashni ta’qiqlaydilar.
    3. Xavfsizlik texnikasi xizmatini tashkil qilish
    Xavfsizlik texnikasi xizmati va uning vazifalari.
    Korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash
    maqsadida xavfsizlik texnikasi xizmati ko‘zda tutilgan. Xavfsizlik texnikasi xizmatining asosiy
    vazifalari korxonalarda ishlab chiqarish travmatizmi sabablarini bartaraf etish ishlarini bajarish,
    mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va himoya vositalarini takomillashtirish,
    ishlab chiqarish madaniyatini ko‘tarish, tashkiliy-texnik va sanitariya-gigiena tadbirlarini ishlab
    chiqarish va amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqarish va texnik xizmatlarning ishini nazorat
    qilishdan iborat. Xavfsizlik texnikasi xizmati o‘z ish faoliyatida kasaba uyushma organlari va
    ularning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha komissiyalari bilan doimiy aloqada bo‘ladi.
    Ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlik texnikasining holatiga javobgarlik o‘zlariga
    topshirilgan ish uchastkasi chegarasida ish yurituvchilarga yuklanadi.
    Tashkilot va korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlar hukumat qarorlari va
    ko‘rsatmalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.
    Korxonada mehnatni muhofaza qilish holatini, mehnatni muhofaza qilish va sharoitlarini
    yaxshilash bo‘yicha chorak va yillik rejalar tuzishni kuzatib borish muhandis-texnik
    xodimlarning amaldagi qonunchilik, buyruqlar va boshqa normativ aktlarga rioya qilinishini
    nazorat qilish kabi kundalik ishlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘lim (muhandis) bajaradi.
    Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muxandis kirish instruktaji o‘tkazadi, ishlarni bajarish loyihalarini
    ko‘rishda qatnashadi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha buyruqlar loyihasini
    tayyorlaydi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha xona, burchaklar,
    devoriy ko‘rgazmalar jihozlaydi.
    Xavfsizlik texnikasi xizmati qurilishdagi muhandislik ish staji uch yildan kam bo‘lmagan
    bakalavr yoki magistrlik ma’lumotiga ega bo‘lgan xodimlardan tuziladi.
    Xavfsizlik texnikasi xizmati ishiga tashkilotning bosh muxandisi rahbarlik qiladi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish