• 4. Optik tolali asboblarda ishlatganda texnika xavfsizligi.
  • O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet165/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    xavfsizlik texnikasi
    o‘rgatiladigan maxsus kurslar
    ochib, ularga xavfsizlik texnikasi qoidalarini to‘la-to‘kis bilib
    olishlariga imkon tug‘dirishi shart.
    Ishchilar dastlabki instruktaj hamda ish o‘rnining o‘ziga instruktaj o‘tkazilgandan keyin,
    (ishga olingan kundan hisoblab) kechi bilan uch oy muddat ichida bu kurslarda o‘qitiladi.
    Xavfsizlik texnikasi kursini o‘tmagan va shunday kursda ta’lim olganligi haqida
    guvohnomasi bo‘lmagan ishchiga ma’muriyatning juda xavfli yoki ma’suliyatli ishlarni,
    shuningdek boshqa ish o‘rinlaridan ishlarni topshirishga haqqi yo‘q.
    Ishchilarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktajdan o‘tishi va o‘qitilishi qanday
    tashkil etilayotganini va ularning sifatini doimo nazorat qilib turish kasaba uyushmalarining
    korxona va viloyat komitetlariga yuklanadi.
    Mehnatni tashkil qilish sharoitini va uning muhofaza qilinishini hamda ishchi va
    xizmatchilarga sanitariya-maishiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash uchun jamoa ish
    beruvchi va ishlovchi o‘rtasidagi shartnoma katta ahamiyatga ega. Xavfsizlik texnikasi xizmati
    ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasallanishlar sababini tahlil qiladi hamda shu tahlil
    natijasi asosida tadbirlar ro‘yxatini tuzadi. Bu ro‘yxatga yana baxtsiz hodisalar haqida tuzilgan
    dalolatnomasida ko‘rsatilgan tadbirlar (N-1 formasi) hamda davlat va jamoat nazorat
    organlarining mablag‘ sarflashni talab qiladigan ko‘rsatmalarida qayd qilingan tadbirlar ham
    kiritiladi.
    Amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarini bajarish uchun ma’lum miqdorda mablag‘
    ajratiladi va mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi.
    4. Optik tolali asboblarda ishlatganda texnika xavfsizligi.
    Optik o‘lchov asboblarini ishlatilishida quyidagi keltirilgan qoidalarga amal qilish
    zarurdir:
    1
    O‘lchov asbobni elektr tarmoqqa ulashdan oldin asbobni erga ulash kerak.
    2
    Tarmoqqa ulangan asbobni qizish darajasiga etguncha kutish lozim.
    3
    Elektr tarmoqdagi kuchlanish stabil bo‘lishi va tez o‘zgaruvchan tebranishlar bo‘lishi
    mumkin emas.
    4
    Optik modulyator elektr tarmoqqa ulanishidan oldin o‘chiq xolda bo‘lishi kerak.
    5
    O‘lchov ishlarini bajarish vaqtida optik nur tarqatuvchilarni ko‘zga yoki tanaga
    yo‘naltirish qatiyan man etiladi.
    6
    To‘lqin uzunliklari optik nur tarqatuvchi diapazonlariga mos tushmasa ishlatish man
    etiladi.
    7
    Asbobni yuqori sezuvchan yuzasini xo‘l yoki iflos lattalar bilan artish (tozalash) man
    etiladi.


    198
    8
    O‘lchov ishlari bajarilgandan so‘ng lazer va foto qabul qilgichlarni kirish joylari
    qopqoqchalar bilan yopilishi kerak.
    9
    Razyomli (qo‘shgichli) muftalarni ishlatishda extiyotkorlik bilan ishlash. Bunda
    texnik personal optik tolalarga ishlov berishda xavf borligini bilishi kerak.
    Optik tola bilan ishlashda texnika xavfsizligining bir necha ko‘rinishlarini qarab
    chiqamiz: ko‘rish qobiliyatini pasaytirish darajasiga qarab nurlanish manbalarini turlash, optik
    tolalar bilan ishlash va kimyoviy moddalarni ishlatish usullari.
    7.3-jadval
    Telekommunikatsiyada ishlatiladigan nurlanish manbalari
    To‘lqin uzunligi (spektr)
    Qo‘llanilishi
    Sinf (odatta)
    632 dan 670 gacha
    (ko‘rinarli qizil)
    Polimer tolali va optik tolali aloqa
    o‘rnatgichlarida.
    2 va 3A
    850 (infraqizil)
    Ko‘p modali ishlatishlarda, svetodiodlar.
    1
    Ko‘pmodali ishlatishlarda, lazerlar
    1
    Ko‘pmodali ishlatishlarda, VCSEL lazerlari
    3 tadan1
    980 (infraqizil)
    Boyitilgan erbiemli optik kuchaytirgichlar uchun
    quvvat beruvchi lazerlar
    3 tadan 1
    1300 (infraqizil)
    Ko‘p modali ishlatishlarda.
    1
    1310 (infraqizil)
    Bir modali ishlatishlarda
    1
    Yarim o‘tkazgichli optik kuchaytirgichlarda
    3 tadan 1
    1480 (infraqizil)
    Boyitilgan erbiemli optik kuchaytirgichlar uchun
    quvvat beruvchi lazerlar.
    3 tadan 1
    1550 (infraqizil)
    Bir modali ishlatishlarda
    1
    Ko‘chirilgan erbiemli tola kuchaytirgichlarida
    3
    Kabelli televideniya tizimlarida
    3
    1625 (infraqizil)
    Bir modali ishlatishlarida
    1
    Nurlanish manbalari va extiyot choralari. Bir necha yillar davomida sanoatning
    rivojlanishi tufayli biz ayni bir to‘lqin uzunlikda ishlaydigan turli xil quvvatga ega bo‘lgan
    nurlanish manbaalariga egamiz (7.3-jadval). Optik tolali tizimlarda ularning uch turi ishlatiladi:
    svetodiodlar, oddiy lazerlar va vertikal rezanatorli tashqi nurlangan lazerlar (Vertical-Cavity
    Surface-Emitting Laser – VCSEL). Bu bilan birga bu uch xil turdagi qurilmalarning xam bir
    necha ko‘rinishlari mavjud.
    Fabri-Pero rezonator va taqsimlangan teskari aloqali lazerlar, shuningdek tashqi va
    frontal nurlangan svetodiodlar. Bundan tashqari, optik signallarni kuchaytirish uchun
    kuchaytirgichlar keng qo‘llaniladi, shu bilan bir qatorda yarimo‘tazgichli (Semiconductor
    Optikal Amplifier – SOA) va boyitilgan erbiem tolaga asoslangan ancha keng taralgan
    kuchaytirgichlar (Erbium-Doper Fiber Amplifier - EDFA) ham ishlatiladi.
    Ko‘rsatma. Ba’zi lazerlar, shuningdek VCSEL turdagilari, bir yo‘la ikki sinfning
    ko‘rsatgichlari bilan belgilangan, chunki ular turli hil quvvat va xar-hil o‘llanilish sohalarida
    ishlatilishi bilan farq qiladi.
    Nurlanishni detektorlash. Nurlanishni aniqlashda ishlatiladigan qurilmalar ichida eng
    ko‘p tarqalgani optik quvvatni o‘lchagichlardir. Ular turli hil to‘lqin uzunlikdagi nurlanish
    quvvatini o‘lchaydigan fotodetektorlardan tashkil topgan. Bundan tashqari boshqa qurilmalar
    ham ishlatiladi – mos ravishdagi elektron aktivlashtirilganda ularga tushgan infraqizil
    nurlanishni payqay oladigan fotosenserli kartalar, 800 va 1300 nm to‘lqin uzunlikdagi infraqizil
    nurlanishni ko‘zga ko‘rinadigan nurlarga o‘zgartirib beradigan infraqizil ko‘rish qurilmalari.
    Keyingi uskuna yordamida ko‘pincha nurlanish manbaalarining quvvat xarakteristikasi
    aniqlanadi.


    199
    Ma’lumotlarni uzatishning optik texnikasi bilan ishlayotgan mutaxasislar albatta xar-bir
    tola aktiv holatda bo‘lishi mumkinligini esga tutgan holda yo‘l tutish kerak shuning uchun hech
    qachon uzatgichning kirish teshigiga yoki konnektorning ustki qatlamiga qarash mumkin emas.
    Optik kabel tizimlarining elementlarini ko‘rib chiqayotganda eng namunali qurilma
    mikroskop xisoblanadi. Bu qurilma tolaning ustki qatlamini o‘rganishga imkon beradi, lekin
    undan chiqayotgan infraqizil nurlanishni ko‘rishga imkon bera olmaydi. Tola ustki qatlamining
    qayta ishlanish sifatini nazorat ilish uchun 200-400 marta kattaytiradigan mikroskoplar to‘g‘ri
    keladi. Odatda ko‘zni himoya ilish uchun ularga nurlanish darajasini to‘lqin bog‘liq holda 2-35
    dB ga kuchsizlantiradigan lazer fil’tri o‘rnatiladi. Fil’trli mikroskoplar oddiysidan ko‘ra ancha
    qimmat, lekin hafsizroqdir. Ishingizda xar doim shu turdagi mikroskoplari ishlating, va ularga
    buyurtma berishingizdan oldin har birining qo‘llanmasini yaxshilab o‘rganib chiqing.
    Optik kabel tizimlari o‘rnatilishida kerak bo‘ladigan qurilmalarning ko‘p jamlanmasida
    joylashgan, 30-100 marta kattaytiradigan mikroskoplar ko‘pincha umuman fil’trga ega
    bo‘lmaydi. Ular bilan ishlashda ko‘zga jaroxat etkazish extimolligi juda katta. SHuning uchun
    bunday turdagi uskunalarni tola qayta ishlash sifatini tekshirishda ham, texnik xavfsizlik
    talablarining qondirilayotganini tekshirishda ham ishlatish tafsiya etilmaydi. Xar qanday holatda
    ham, bunday mikroskoplarni ishlatayotganda foydalanuvchi har doim ko‘zni lazer nurlanishidan
    himoya qiladigan ko‘z oynak taqishi shart.
    Tolani qayta ishlash. Optik kabel tizimlarining ko‘pchiligida usti qorejagan shishali tola
    ishlatiladi. Bunday turdagi tola zarur chidamlilikni ta’minlab beradi, tolaga bo‘lgan e’tiborni
    pasaytiradi va ishlab chiqaruvchiga ularni bir-biridan ajratish uchun xar-hil turdagi ranglarga
    bo‘yash imkonini beradi. Konnektorlarini montaj qilishda yoki kabellarni ulash jarayonida qobiq
    olib tashlanadi. qobiqni olib tashlash vaqtida kimyoviy moddalar va uskunalardan to‘g‘ri
    foydalanishda, tolani qayta tiklashda va uning siniqlarini ishlatishda ko‘pgina savollar tug‘iladi.
    Ustki qobiq olib tashlanishi bilan tola ximoyasiz bo‘lib oladi.
    Tashqi qobiq olib tashlanishi bilan tola himoyasiz qoladi va onson sinadi. Bunda tolaning
    mayda zarrachalarining teri ostiga tushish extimolligi oshadi. SHuning uchun ish joyini shunday
    jixozlash kerakki, bunda u erda ishlash xavfsiz bo‘lishi kerak. Bunga mos keladigan gilamchalar
    va stollarni ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanadi. Stol usti tolani qayta
    ishlashda duch keladigan rang bo‘yicha kontrastlashtiruvchi qoplamaga ega bo‘lishi kerak, bu
    esa yanada xavfsiz va qulay ishlash sharoitlaridan biridir. Labaratoriyalar va ishlab chiqaruvchi
    xonalarga qora, yorug‘lik qaytarmaydigan va turli kimyoviy unsurlar ta’siriga chidamli, onson
    tozalanadigan, ishchi qoplam to‘g‘ri keladi. Stolning tuzilishi shunday bo‘lishi kerakki, bunda
    stol chetlari va yuzasida tola qoldiqlari yig‘ilmasligi kerak.
    Tashqi muxit sharoitlarida qora yumshoq yuzali gilamchalar to‘shash tavsiya etiladi.
    Ularning asosiy sifati, og‘irligining kamchiligi va ixchamligi( ular onson yig‘iladi va asboblar
    qutisida saqlanishi mumkin). Asosan 3 xil ishchi stollaridan foydalaniladi. Telekommunikatsiya
    xonalari uchun eng yaxshisi kichkina engil stollar mos keladi. Undagi xavfsiz ish muxiti
    qaytarmaydigan qatlami va tola bo‘laklarini saqlash uchun mo‘ljallangan konteynerlar xisobiga
    ta’minlanadi. Kabellarni etishtirish bilan shug‘ullanuvchilar uchun yanada uzun va balandlikni
    boshqarish imkoniga ega stollar mos keladi. SHu bilan birga yaxshi yoritilganlik,
    kattalashtiruvchi ko‘zoynaklarni va kabellarni turli shikastlanishlardan imoyalovchi,
    mahkamlovchi qurilmalarga ega bo‘lishi kerak. Ish joyini “o‘rdak bo‘yin ”li lampalar yoritadilar.
    Bu lampalar labaratoriyada tashqi muxit (maydon) sharoitlarida ham juda yaxshi yoritadi.
    Himoya ko‘zoynaklari. 3-sinfdagi lazerlar bilan ishlaganda ishchilar mos filtrli
    ko‘zoynaklarni taqishlari kerak. VCSEL tipli lazerlar asosidagi komponentlar bilan ishlovchi
    mutaxasislar, 850nm to‘lqin uzunligiga mo‘ljallangan ximoya ko‘zoynaklarini taqib yurishlari
    kerak. Bulardan tashqari, ularni qo‘yilgan vazifasiga mos keluvchi optik zichlikli (Optikal
    density-O.D) filtrlar bilan jixozlash kerak. Masalan: 1ga teng O.D uchun o‘tuvchi optik
    nurlanishning so‘nish miqdori 10dB ga, 2ga teng bo‘lganda 100dB ga teng. Nurlanish
    manbalaridan chiquvchi optik quvvatni bilgan holda, o‘tuvchi nurlanishning quvvatini
    darajagacha kamaytirish uchun, O.D ning kerakli qiymatini aniqlash mumkin. Optik kabellar


    200
    bilan ishlashdagi texnika xavfsizligi tolalarni qayta ishlashda, ayniqsa konnektorlar montajida va
    kabellarni etishtirishda, oddiy himoya ko‘zoynaklari yaroqlidir. Ular normal ish jarayonida tola
    fragmentlarining ko‘zga tushishining o‘ldini oladi. Biroq, sizning birdaniga ko‘zingizni
    qichigingiz kelib qoldi. Agar bunda o‘lingizga bir qarashda xavfsiz ko‘ringan tolaning
    bo‘lakchalari yopishib qolgan bo‘lsa, himoya ko‘zoynagining himoyalash qobilyatini yo‘qa
    chiqarishi mumkin. Tolaning parchalari kichik va shaffof bo‘lib, ular teriga sezilarsiz holda
    yopishib qolishi mumkin. Shu sababli, o‘llarni tez-tez yuvib turish tavsiya etiladi va bu ko‘zni
    himoya qilishning yana bir usuli xisoblanadi. Ko‘zoynaklarda ishlash zarur va ularda
    labaratoriya va maydon sharoitlarida ko‘p vaqt o‘tkazilganligi uchun asosiy e’tiborni ularning
    tuzilishi va qulayligiga aratish kerak. Zarralarni utilizatsiya qilish: tolaning zarralarini utilizatsiya
    qilish kerak. Buning uchun chiqindilar kichkina yopiladigan butilkalarga o‘xshash maxsus
    konteynerlarga yig‘iladi. Zarrachalarni, odatda, plastik paket kiydirilgan axlat chelaklariga
    tashlanadi. Chelakda ”Shisha bo‘lakchalari bor” deb aniq qilib yozilgan yozuv qo‘yish kerak.
    Chelakni tozalaganda, paketni olmay turib uni boshqa paketga solish, og‘zini yaxshilab bog‘lab
    qo‘yish kerak. Tola zarrachalarini utilizatsiya qilish kabelni yig‘uvchi shaxs zimmasiga
    yuklatiladi va bu shartnomaga kiritilgan bo‘lishi kerak. Tola zarralarini xech qachon pollar ostiga
    to‘kish kerak emas. Chunki ulardan ishchilar jaroatlanishi mumkin. Otik tola bilan ishlovchi xar
    bir odim, agar u barcha extiyotkorliklarga amal qilsa ham, barmog‘iga mayda zarrachalarning
    yopiship qolishidan imoyalanmagan. Zarrachalarning teri ostidan “teflon qoplamali” pintset
    yordamida olib tashlashi kerak. U oddiy temir pintsetga nisbatan yumshoq yuzaga ega. Oddiy
    pintset zarrani sindirishi va u teri ostida qolib ketishi mumkin. Ish joyidagi ximikatlar turli
    sohalarda kabi tolali optika bilan ishlashda turli kimyoviy unsurlar ishlatiladi. Ba’zi kabellarda,
    suvni itarib tashlovchi gellar o‘llaniladi. Tolaning ko‘pchilik konnektorlarida tolalar
    ul’trabinafshali, anaerobli yoki termik qotirib jipslashtirilgan, mexanik ulagichlarga sinish
    koeffitsientini moslashtirish uchun xar xil suyiltiruvchilar bilan joylashtiriladi. Bundan tashari
    kabellarni kabel kanallari orqali tortishda turli xildagi aralashmalardan surish kerak bo‘ladi. Bu
    material va aralashmalarni sotayotganlarda ularga “moddani ishlatishdagi exiyotkorlik choralari
    yo‘riqnoma”si (Material Safety Data Sheet-MSDS) bo‘lishi kerak.
    MSDS maxsulotini ishlab chiqarish xaqidagi batafsil ma’lumotlarni, remda joylashgan
    xavfli narsalar xaqida yong‘in va portlash xavfining fizik xususiyatlari xaqida; sog‘liqa
    zararli(avfli) narsalar xaqida; boshqa moddalar bilan tez reaktsiyaga kirishadigan moddalar
    xaqidagi ma’lumotlar; ishlatish va idishdan bo‘shatish xaqidagi ma’lumotlar, shu bilan birga, bu
    unsurlarni ishlatish jarayonida amal qilish kerak bo‘lgan maxsus himoya va extiyotkorlik
    choralari xaqida batafsil malumotlarni o‘z ichiga oladi. Kimyoviy unsurlar yoki materiallarni
    buyurtirganda xar doim ularning MSDS yo‘rinomasini talab qiling. Bundan tashqari bu
    yo‘rinomalar tashqi sharoitlarda ishlaganda xam xar doim qo‘l ostida bo‘lishi kerak.
    Optik tola bilan ishlash joylarida eyish va ichishni taqiqlash kerak. Bularni, yaxshisi,
    maxsus uzoqlashtirilgan joylarda xar doim tola va ximikatlar bilan ishlaganda qo‘lni yuvishni
    unutmasdan bajarish kerak. Ish joyidagi xavfsizlik qoidalarining qanchalik ko‘pligiga qaramay,
    ularni erinmasdan bajargandagina ular effektiv xisoblanadi. Xavfsizlik bilan bog‘liq muammoni
    xosil ilish uchun bittagina odam etarli, va uni bitta odam to‘xtata oladi.
    “Lazer”-so‘zi optik kvant generatorining keng tarqalgan nomi bo‘lib . ingliz tilida bunday
    generatio nomini bosh xarflardan olingan – Light Amplication dy stimulated Emission of
    radiation “majburiy nurlanish yaratish xisobiga yorug‘likning kuchayishi”ni anglatadi.
    Lazerdan foydalanganda xizmat ko‘rsatuvchi shaxsga bir qator xafli omillar ya’ni lazer
    nurlanish ta’sir qilish mumkin. Birlamchi va ikkilamchi (aks etgan) nurlanishlarni ko‘z va teriga
    zarar etkazishga ko‘ra standartga muvofiq lazerlar 4 sinfga bo‘linadi.
    1-
    sinfiga va teriga xavfsiz bo‘lgan lazerlar kiradi.
    2-
    sinfiga to‘g‘ri va oynadan chiqish nurlanish aks etgan nurlanish faqat ko‘zga ta’sir
    etuvchi lazer kiradi.
    3-
    sinfdagi lazerlar to‘qri oynadan dimffizion aks ettiruvchi yuzadan 10 schm oraliqda
    diffizion aks etgan nurlanishlarni ko‘zga xavfli ta’sir bilan xarakterlanadi.


    201
    Diffizion aks ettiruvchi yuzadan 10 sm oraliqda diffizion aks ettiruvchi nurlanish teriga
    xavfli ta’sir etadigan lazerlar 4- sinfga ta’luqlidir.
    Kondensator batereyalarini tok bilan ta’minlovchi zaryad qurilmalarida yuqori
    kuchlanishni mavjudligi elektr toki o‘tish xavfini ko‘rsatadi.
    Qachonki lazerlarni ta’minoti 10 kV dan yuqori kuchlanishda amalga oshirilsa rengen
    nurlanishi vijudga kelishi mumkin.
    TOAL qurilish va ekspluatatsiyasi lazerli nur taratuvchi sifatida turli yarim o‘tkazgichli
    ilmiy-neonli va boshqa turdagi moslamalar ishlatiladi. Lazer nurlaridan inson organizm
    a’zolarida birlamchi va ikkilamchi biologik o‘zgarishlar mumkin. Ta’sir etish darajasi: nurlanish
    intensivligidan, ta’sir davomatidan to‘lin uzunligidan, inson tanasini ta’sirchanlik darajasiga
    bog‘liqdir. Lazerni generatsiya nurlanish darajasidan, uni 4 ta sinfga bo‘lish mumkin:
    1.
    Inson tanasiga xavf tug‘dirmaydi. (zerkalno otrojenie)
    2.
    Ko‘zga to‘ridan to‘ri yoki ko‘zgudan aks nurlanishdan xavf tudiradi.
    3.
    Ko‘zga to‘ridan to‘ri, ko‘zgudan aks nurlanishdan xavf borligi.
    4.
    Inson tanasiga (ko‘ziga) diffuzli aytishlardan 10 sm oraliqda xavftug‘diradi.
    Lazer nurlanishni biologik ta’siri nurlanish quvvati, to‘lqin uzunligi, impuls xarakteri,
    impulslar ketma-ketligi chastota nurlanganlik davomiyligi nurlantiruvchi yuzani o‘lchamlari
    nurlantiradigan to‘qimalarni anotolik va funktsional xususiyatlariga bog‘liq.
    Lazer nurlanishni uzluksiz tezlik ta’siri odatdagi qizish bilan ko‘pgina umumiylikka ega.
    Impuls rejimida ishlaydigan. Lazerlarda ba’zi xususiyatlar mavjud. Impuls lazer nurlanish
    ta’sirida nurlangan to‘qimalarda bosim to‘saddan tez oshadi zarb to‘lqini vijudga keladi va
    nixoyat to‘qima mexanik shikastlanadi. Maxalliy ta’siri turli organlar –ko‘z terini
    shikastlanishida nomoyon bo‘lishi mumkin.
    Ko‘zning optik muxiti 0.4 mkm dan 1.4 mkm gacha oralig‘dagi nurlanishni o‘tkazadi.
    Rubin, geliy-neon lazerlarining nurlanishlari ko‘zning optik muxiti orqali deyarli o‘zgarishsiz
    o‘tib uning nixoyatda sezgir qismlari to‘rlarda qobig‘ini deyarli to‘li egallaydi.
    Lazer nurlanishini ko‘zni bosha elementlarida qisman tomirli qobig‘ida xam darajada
    yutilishi mumkin. Faqatgina lazerni to‘qri tuzilishidan xam ko‘z shikastlanishi mumkin.
    Lazer nurlanishi terini shkastlanish darajasi faqatgina nurlanish parametrlariga emas balki
    terini pigmentaulyasiga va qon aylanishiga xam bog‘liq pigmentli terilar (masalan tug‘ma
    dog‘lar) lazer nurlanishi to‘liq teriga nisbatan ko‘proq yutadi. Biroq pigmentauiyani yo‘g‘ligi
    lazer nurlarini olib keladi natijada shikastlanish yuqoriroq xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.
    Lazer nurlanishni organizmga ta’siri shuningdek lazer nurlanish parametiriga xam bog‘liq.
    Bunda markaziy tizimi va yurak-qon tomiri tizimlari (tomir distomiyasi miyada qon aylanishi
    buzilishi qonni bioximik tarkibi o‘zgarishi) doomiyatigafunktsional buzilishlar bo‘lishi mumkin.
    Lazerlardan foydalanish qoydalarida va sanitar normalarda muguz parda ko‘z to‘r pardasi
    va teri uchun chegaraviy mumkin bo‘lgan nurlanish satxlari o‘rnatilgan. Monoimpulsli va
    uzluksiz lazer nurlanishlarni chegaraviy ruxsat etilgan (mumkin bo‘lgan) sathi sifatida to‘lqin
    uzunligini λ xisobga olgan xolda biologik effektlarni chiqarmaydigan minimal energetik
    ekspozlumyalar qabul qilingan λ=0.308 mkm to‘lqin uzunlikli uzluksiz lazer nurlanish uchun ish
    nuri mabaynida ko‘z va terini nurlanishda chegaraviy ruxsat (CRE) sathi. W
    CRE
    =10
    -4
    Dj/sm
    2
    bo‘ladi.
    Turli parametrli lazer nurlanishini inson organizmini bir joyiga bir vatning o‘zida ta’siri
    natijasida biologik effektlar yig‘indisi shartida lazer nurlanishi W
    E
    sathini chegaraviy ruxsat
    etilgan sath qiymatiga nisbati oshmasligi kerak .
    W
    1
    /W
    CRE1
    +W
    2
    /W
    CRE2
    +…….+W
    n
    /W
    CREn
    1

    (7.1).
    0.4-1.4 to‘lqin uzunligi diapozonida nurlanish manbaini burchak o‘lchamini yoki to‘r
    parda dog‘ni nurlanish diametri va qorachiq diometri to‘g‘rilovchi koeffitsent sifatida
    qo‘shimcha xisobga olinadi.


    202
    Davriy impulsli nurlanishda agar bir impulsni nurlanish davomiyligi 0.25 s dan kam
    bo‘lsa chegaraviy ruxsat etilgan satxi impulslarni takrorlanishi chastotasi va impuls seriyalari
    ta’siri davomiyligi xisobga olgan holda anilanadi.
    7.4 - jadval
    Lazerning xavfli ta’sir darajasi
    Birlamchi biologik effekti
    Ikkilamchi biologik effekti
    To‘li
    n
    uzun
    lik,
    mkm
    Generatsiyalanganlazerenergiyasiniva
    qtdavomidata’siriDJ (Ee)
    To‘l
    qin
    uzun
    lik,
    mkm
    Generatsiyalanganlazerenergiyasiniva
    qtdavomidata’siriDJ (Ee)
    1
    0,2∙0
    ,4
    1,4
    dan
    katta
    Ee<0,8 d
    2
    0,4 –
    0,75
    Ee < 4,8∙10
    -4
    Pn
    B
    0,4 –
    1,4
    Ee <7,7∙10
    -5
    .t.
    2
    0,4 –
    1,4
    7,7∙10
    -5
    < Ee < 3,2∙10
    2
    n
    0,4 –
    0,75
    4,8∙10
    -4
    Pn
    B
    2
    Pn
    B
    3
    0,2 –
    0,4
    0,8 d
    2
    2
    0,4 –
    0,75
    Ee > 10
    2
    Pn
    B
    0,4 –
    1,4
    3,2∙10
    2
    n 2
    4
    0,2
    dan
    katta
    Ee>10
    2
    -
    -
    Ishchipersonallarninurlanishdansaqlashdaquyidagiusullarqo‘llaniladi:
    -
    Ogoxlantiruvchi signalizatsiyalarni yoqilishi;
    -
    Pasaytirilgan quvvatda ishlash;
    -
    Distansion boshqaruv;
    -
    Ish rejimini (tartibini) tanlash;
    -
    Ekranlashtirishlar.
    Ishchi xodimlarni lazer nurlaridan saqlashni ta’minlashda, faqat maxsus jixozlangan
    xonalarda bajarish mumkin. Bundadevolpotolokvaboshapredmetlar (maxsusasboblardantashari)
    aksqaytargichliyuzasibo‘lmasligikerak. Hamma lazerlar lazer xavfligi bo‘lgan belgilar bilan
    markirovka qilingan bo‘lishi kerak. Elektromagnit maydonni va nurning tarqatish darajalarini xar
    doim o‘lchash ishlari mexnat muxofazasini tashkillashini bajarishda zarur bo‘lgan choralaridan
    biridir.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish