193
yon qilib qo‘yish yaxshi samara beradi, bunda ikkinchi stol sichqonchadan bemalol foydalanishi
uchun o‘ng tomonga qo‘yiladi. Stol va devor o‘rtasi ochiq bo‘lishi lozim.
Inson organizmiga kompyuter moslamalarining muntazam ravishdagi elektrostatik
potensiali ham zarar etkazadi. Elektr maydonining doimiy ta’siri ostida organizmda
elektrogipnoz holati ro‘y beradi. Natijada bosh og‘rig‘i, holdan toyish, bosh aylanishi kabi
holatlar vujudga keladi. Sintetikadan tayyorlangan matolar tabiiy mato va badan bilan
ishqalaganganida statik elektr tokini hosil qiladi va bu esa texnika uchun ham inson uchun ham
zararlidir. Bundan himoyalanish maqsadida polga tabiiy jundan to‘qilgan palos to‘shash
to‘shash, o‘zingiz esa tabiiy matodan tikilgan kiyim-kechakda bo‘lishingiz talab etiladi.
Gipodinamiya
– inson organizmi (qon aylanish, nafas olish, taomni hazm qilish, tayanch
– harakat apparati) funksiyalari harakat qilish faolligining cheklanganligi, mushaklar qisqarishi
kuchining
pasayishi
natijasida
buzilishidir.
Mehnatni
avtomatlashtirish
va
mexanizatsiyalashtirish, kommunikatsiya vositalari rolining o‘sishi tufayli gipodinamiya
kundan-kunga ommalashib bormoqda. Bu muammo bevosita kompyuter bilan bog‘liq emas.
O‘tirgan holda mehnat qiladigan odamlarning barchasi uchun gipodinamiyaga
chalinish xavfi
bor. Uzoq vaqt o‘tirganda gavdaning har qanday holati tayanch-harakat apparati uchun zararli
bo‘lib, bundan tashqari ichki a’zolarda va kapillarlarda qonning to‘xtab qolishiga olib keladi.
Ko‘proq revmatik og‘riqlar va varikoz paydo bo‘ladi.
Bunday hollarning oldini olish uchun:
kompyuter bilan ishlash vaqtida tez-tez gavda holatini o‘zgartirib turing;
miriqib kerishing;
stol tagida oyoqlar holatini o‘zgartirib turishni unutmang;
telefonni o‘zingizdan uzoqroq joyga qo‘ying;
mabodo kofe, choy yoki boshqa ichimlik ichmoqchi bo‘lsangiz, aslo kompyuter
oldida ichmang, buning uchun qulay bo‘lgan boshqa joyga o‘ting;
vaqt-vaqti bilan turib, shunchaki sayr qilishga erinmang;
ish vaqtida deraza oynasi yoniga kelib, ko‘chani tomosha qilib turishni odat
qiling, bu har tomonlama foydalidir.
kompyuter bilan ishlashdan avval va undan keyin vaqtingizni faollikda o‘tkazing
– sayr qiling, sport o‘yinlarini o‘ynang, raqsga tushing, xullas, istaganingizni qiling, lekin
harakat qiling!
Kompyuter bilan ishlash davridagi harakatsizlikni serharakatlik bilan almashtiring.
Bir xil harakatlarni bajaruvchi mushaklar guruhi uchun charchash zararlidir.
Charchash
bo‘g‘in va paylarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Kompyuter sichqonchasi va
klaviatura bilan uzoq vaqt bir xil holatda ishlash natijasida qo‘l paylari tendovaginiti ayniqsa
ko‘p uchraydi. “Tendovaginit” – (lotinchadan “tendo” – pay) paylarning yallig‘lanishidir (
ko‘proq qo‘l panjalari, bilak, tizza). Zo‘riqish, shikastlanish va kompyuter bilan uzoq vaqt
muntazam ishlash natijasida bu kasallik rivojlanib boradi. Belgilari: paylar shishadi, og‘riq
paydo bo‘ladi.
klaviatura albatta tirsaklaringizdan pastroqda bo‘lishi kerak;
elka va bilaklar orasidagi burchak 121 darajadan kam bo‘lmasligi kerak;
uzoq vaqt ishlayotganingizda kaftlaringizning ichki tomonlari tayanchga ega
bo‘lishi kerak;
qo‘llaringiz pastga osilgan holda bo‘lishi mumkin emas, kursining qo‘l uchun
suyanchiqlariga qo‘yib o‘tiring;
boshingizni oldinga egib o‘tiring, displey ekranini shunday joylashtiring-ki,
sizning nigohingiz ozgina pastroqda bo‘lsin;
stul yoki kursi suyanchig‘iga suyanib o‘tiring.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 1981-yilda tayanch-harakat
apparatining yuqori qismi,
yani qo‘l-panja kasalliklari kasbiy kasalliklar umumiy sonining atigi 18% ni tashkil etgan. Lekin
80-yillar davomida, ya’ni kompyuterlashtirish g‘oyat tez sur’atlarda o‘sib borgan 10 yil ichida,
bu kasallik 1989-yilda butun kasbiy patologiya strukturasining 52 % ini tashkil etgan. Bir necha
194
ming aloqa xodimlari uyushmasi a’zolarining salomatligini o‘rganib borish natijasida ularning
20% ga yaqini surunkali ravishda kasbiy qo‘l-panja kasalliklaridan aziyat chekishlari ma’lum
bo‘ldi. Amerika Qo‘shma SHatlarining bir qator kompaniyalari tendovaginit, ligamentit (karpal
kanal sindromi), shuningdek, qo‘llarning muntazam ravishda og‘rishigina emas, balki mehnat
qobiliyatini yo‘qotishgacha olib keladigan boshqa paylar yallig‘lanishi kasalliklariga duchor
bo‘lgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida bir necha million dollar zarar
ko‘rmoqda, bu kompyuter bilan ishlashda uchraydigan zararli omillardan biridir.
“Kompyuter texnikasining asosiy kamchiligi- nur tarqatishdir. Nur tarqatishning
kattagina qismi monitorga to‘g‘ri keladi, chunki monitor har tomonga elektromagnit va
elektrostatik maydon, ekrandan esa ultrabinafsha nurlarini tarqatadi.
Kompyuterdan tashqari,
lazerli printer, nusxa ko‘chirish apparatlari, ya’ni ichki qismi yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan
texnikalardan ham nur tarqaladi. Bundan tashqari, toner-kartrij ichidagi tarkibida og‘ir metall
bo‘lgan kukun ham g‘oyat xavflidir. SHuningdek, uzoq vaqt kompyuter oldida ishlash ko‘z
uchun nihoyatda zararlidir.
Kompyuter texnikasidan taralayotgan nur inson organizmiga qanday zarar etkazishi
mumkin? Avvalambor, markaziy nerv sistemasiga juda katta ziyon etkaziladi. Bunda ayniqsa
bolalar aziyat chekadilar. Kishi tez-tez asabiylashadigan bo‘lib qoladi, diqqatini bir joyga
jamlash qiyin kechadi, stresslarga berilish darajasi oshadi. Yurak - tomir tizimi va yuqori nafas
olish yo‘llari kasalliklari vujudga keladi, immunitet pasayib ketadi.
Bulardan himoyalanish maqsadida quyidagilarga amal qilish talab etiladi:
monitordan 40-50 sm masofada bo‘ling;
sifatli himoyasi bo‘lgan yaxshi monitor sotib oling;
monitoringizdagi tasvir etarli darajada aniq bo‘lsin;
tez-tez nam latta
bilan kompyuterni artib turing, chunki chang, ayniqsa
monitordagi chang nurni o‘zida to‘plash qobiliyatiga ega;
havo ionizatorlaridan foydalaning.
Ish joyingizni tashkil etishga alohida ahamiyat bering: monitorgacha bo‘lgan masofa 40-
50 smdan kam bo‘lmasligi; 2ta ishlayotgan kompyuter orasidagi masofa 1 metrdan kam
bo‘lmasligi kerak, aks holda ulardan chiqayotgan magnit maydonlari birlashib, nur taratishni
kuchaytiradi. Nur kamroq taralishi va ko‘zlarga ta’sirini kamaytirish uchun monitordagi tasvir
ravshanligi minimal darajada bo‘lishi kerak. 45 daqiqa davomida kompyuterda ishlang, 15
daqiqa dam oling, xonani tez-tez shamollatib turing.
Ish joyining to‘g‘ri yoritilganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekranga nurlar
tushmasligi uchun yorug‘lik chap tomondan tushishi kerak. YAxshi monitorlarda turli
yo‘nalishda nur taralishini kamaytirish maqsadida ekran usti va korpus ichi himoya qoplamasi
bilan qoplanadi. Bunday monitorlarda TSO logotipi va Lo radiation (past nur taratilishi) degan
yozuvlar bo‘ladi. TSO himoyasi standartlari o‘z klassifikasiyaga ega: 92-elektromagnit nur
taralishidan himoya; 95-monitor korpusi himoyasi va uni tayyorlashda tarkibida toksik moddalar
bo‘lmagan plastmassadan foydalanish; 99-avvalgilariga qo‘shimcha tarzda kelgusida texnikani
hisobdan chiqarish imkoniyati. Tabbiiyki, bu himoya qoplamalarining barchasi nur taratilishini
to‘liq to‘xtata olmaydi, lekin ma’lum darajada kamaytiradi. Darvoqe, zamonaviy suyuq kristalli
monitorlarning nur taratishi minimal darajada, ekranlarning antiblokli himoyalari esa ko‘zni
asrashga yordam beradi. Himoya qoplamalaridan iqtisod qilish - kompyuter texnikalari narxini
arzonlashtirish usullaridan biri ekanligi bejiz emas.
Yorug‘lik nurlarining tinimsiz harakatlarini kuzatar ekan, ko‘zlar toliqadi. Biz odatda bir
daqiqada 20 marta kiprik qoqamiz. Bunda ko‘z yoshlarini ishlab chiqaruvchi bezlar shohpardani
namlaydi. Ekranga tikilib o‘tirganimizda esa 3 marta kamroq kiprik qoqamiz. Ko‘zlar “quriydi”,
achishadi.Mutaxassislar ko‘z shohpardasini sun’iy ravishda namlab, ko‘zlarga
yordam berishini
maslahat beradilar”. Ko‘z va ob’ekt orasidagi optimal masofa 33 santimetrni tashkil etishi kerak.
Biroq kompyuter ekrani odatda 50 santimetrdan ortiq masofada bo‘ladi, bu esa qo‘shimcha
zo‘riqishga olib keladi, natijada ko‘zlar uzoqni yaxshi ko‘rolmaydigan bo‘lib qoladi. Ko‘z nur
taratayotgan nuqtalarga tikiladi va natijada kuchli zo‘riqadi;