Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan muhofaza vositalari




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

5. Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan muhofaza vositalari
Elektr qurilmalarida ishlayotganlar uchun muhofaza vositalarining xilma-xilldir. Bu
vositalarining eng mukammal qilib bajarilgaglari ham ba’zi bir hollarda elektr xavfsizligini
baribir to‘la ta’minlay olmaydi. Masalan elektr toki o‘tkazgichlari yaqinida ishlayotgan kishilar
agar bu elektr o‘tkazgichni mustahkam tok o‘tkazmaydigan muhofaza qobiqlari bilan
jihozlamasak elektr xavfi aniq. Shuningdek ba’zi bir ishlar elektr tokini, o‘chirmagan olda olib
borishga to‘g‘ri keladi, bunda elektr asboblarining tutqichlarini muhofazalash talab qilinadi,
shuningdek, ba’zi bir hollarda elektr tarmoqlarida elektr kuchlanishni uzib remont ishlarini


203
bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda to‘satdan bilmasdan tokka ulab yuborish, tuzatib
bo‘lmaydigan xavfli vaziyatlar olib keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarning har biri o‘ziga yarasha muhofaza vospitalarini, yoki
muhofaza asboblarini, yoki bu xavfni aniqlash uchun ishlatiladigan muhofazalangan asboblardan
foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Muhofaza aslahalari shartli ravishda uch turga bo‘linadi:
- muhofaza qobiqli;
- to‘siq;
- saqlovchi vositalar.
Muhofaza qobiqli elektrdan saqlovchi vositalar asosan ikki turga bo‘lib qaraladi:
1) Asosiy muhofaza vositalari
2) Yordamchi muhofaza vositalari.
Asosiy muhofaza qobiqli vositalarga uzoq vaqt elektr kuchlanishlari ta’sirida ishlashi
mumkin bo‘lgan va elektr kuchlanishidan muhofaza qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan vositalar
kiradi. Ular bilan elektr kuchlanishiga ega bo‘lgan o‘tkazgichlarda elektrni uzmasdan ishlashga
ruxsat etiladi. Bunday vositalarga rezinadan qilingan qo‘lqoplar, dastasi muhofaza qobiqlari
bilan jihozlangan elektr asboblari, muhofazalangan shtangalar, elektr o‘lchash asboblari,
shuningdek muhofazalangan kuchlanishni o‘lchash asboblari kiritiladi.
Yordamchi elektr tokidan muhofaza qiluvchi vositalarga, o‘zi etarli qarshilikki ega
bo‘lmagan va shuning uchun ayrim holda elektr tokidan himoya qila olmaydigan lekin elektr
ta’sirini qisman kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan vositalar kiradi. Ular asosiy vositalarga
qo‘shimcha ravishda ularning muhofaza qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi
muhofaza vositalariga dielektrik kalishlar, gilamchalar oyoq ostiga qo‘yiladigan quruq taxtadan
qilingan tagliklar va boshqalar kiradi.
To‘siq muhofaza vositalari elektr toki ta’siridan vaqtincha to‘sish yo‘li bilan muhofaza
qiladi, masalan pagjara sifatidagi to‘siqlar kletkalar, shuningdek tok taqsimlagich shkaflari va
boshqalar. Ba’zi hollarda esa vaqtincha ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi, vaqtincha elektr
asboblarini erga ulab muhofazalash ham mumkin.
Bundan tashqari elektr ta’minoti vositalari baland stolbalarda va chuqur er osti kabellari
orqali amalga oshiriladi. Bular ham o‘z navbatida to‘siq vositalari vazifasini bajaradi.
Saqlovchi muhofaza vositalari ishchilarni nur, issiqli va mexanik jaroxatlardan shaxsiy
saqlash vazifasini bajaradi. Bularga muhofaza ko‘zoynaklari, protivogazlar, maxsus qo‘lqonlari
kiradi.

Download 2,9 Mb.
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan muhofaza vositalari

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish