214
hududlari, milliy bog‘lar va o‘rmonlar, biosfera qo‘riqxonalari hamda tabiatni muhofazalash
ob’ektlarini ehtiyotlash, shuningdek o‘simlik va hayvonot olamini tabiiy holatda saqlashning
tashkiliy-huquqiy choralarini ishlab chikish.
Ikkinchidan, tabiatni muhofazalaydigan resurslardan
oqilona foydalanish, tabiatdagi
ekologik muvozanatni hisobga olib, hududlarni haritalash, hom-ashyo va energiya manbalridan
to‘g‘ri foydalnish, foydali qazilmalarni qazib olishni tartibga solish va boshqalar.
Uchinchidan, suv, havo va erlarni muhofaza qilish, shovqin-suron va radiatsiyaga qarshi
ko‘rash, chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish, aholi dam olishi uchun qulay sharoitlar
yaratish va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Fan va texnika taraqqiyoti jadalashgan hozirgi vaqtda uning ekologik oqibati butun
biosfera miqyosida sezilayotganligi har bir davalatning maqsadiga
muvofiq holda ekologik
siyosatni yurgizishga da’vat etadi. Chunki atmosfera havosiga, Dunyo okeanlariga
chiqarilayotgan turli xil chiqindidar oz-ozdan ko‘payib bormokda. Davrning o‘zi, mamlakatda
tabiat muhofazasi uchun har bir fuqaro faol ko‘rash olib borishni taqazo etadi. Chunonchi bu
falokat hamma uchun keladi. Buning tushungan har bir fuqaro tabiatni muhofaza qilishga faol
ishtirok etishi kerak bo‘ladi.
Havo chegara bilmaydi, ma’lum hudduda chiqayotgan chiqindilar
qo‘shni hududlarga tarqalishini bilamiz. Chunonchi Fransiya, Germaniya va Angliya hududlarida
ko‘trilgan azot va oltingugurt oksidlari Skandinaviya yarim orollaridagi Narvegiya, Shvetsiya va
Finlyandiya ustida suv bug‘lari bilan aralashib shu joylarda «kislotali yomg‘ir» sifatida tushadi.
AQSH ning shimoliy-sharqiy hududlarida ko‘tarilgan kislota hosil qiluvchi gazlar Kanada
hududidan o‘tib, “kislotali yomg‘ir” bo‘lib tushadi. Buning oqibatida Kanadagi 14 ming ko‘lda
hayot yo‘q, Shvetsiyadagi 85 ming ko‘l va 100 ming km. masofadagi daryo va daryo
irmoqlaridagi suv ifloslangan. Ekologik siyosat bunday noxushliklarni oldini olishga amaliy
tadbirlar ko‘rishga umuminsoniyatda bir-biriga yaxshi qo‘shnichilikdan kelib chiqishi kerak.
Ekologik
siyosatning negizi, tartib-qoidalari, ilmiy tashxislari, davlat va jamiyat
tashkilotlarining yo‘l-yo‘riqlari asosida ishlab chiqiladi. O‘zbekistonda ekologik siyosatni
amalga oshirishda uning yuqori organlari (Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) va joylardagi mahalliy hokimiyatlar faol hizmat qiladilar.
Ekologik siyosatni mamlakat miqyosida tabiatni muhofaza qilish,
majmuali monitoring,
davlat va jamoatchilik ekspertizalarini o‘tkazish, ekologik vaziyatni nazorat qilish, tarkib topgan
noqobul hodisa va jarayonlarni oldini olish, atrof-muhit tozaligini barqaror saqlab turish, tabiiy
muhitning inson uchun qulay barcha xususiyatlarini tabiiy holda bo‘lishga asoslangan. Ekologik
siyosatning mazmuni va uslubiyatlari mamlakat hududida mavjud bo‘lgan tabiat muhofazasi
tizimiga kiruvchi tayanch muassasa va tashkilotlar, boshqarmalarga asoslanadi.
Respublikamizda ekologik siyosatni hayotga tadbiq qilish vaziyatni sog‘lamlashtirish,
atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish, tarkib topgan tabiatni muhofaza qilish muammolarini
bosqichma-bosqich echib borish maqsadida davlat dasturlari ishlab chiqarilib amalga
oshirishiriladi. Davlat dasturlari davlatlararo, davlat, hududiy bo‘lishi mumkin.
Davlat ekologik dasturi ilk bor 1986 yilda «O‘zbekistonda atrof-muhitni 1986-1990 yillar
va 2000 yillarga qadar muhofaza qilish majmuali ilmiy-texnik dasturi» ishlab chiqildi. 1997-
1999 yillar mobaynida mamlakatning 2000-2005 yillar va 2010 yilgacha mo‘ljallangan yangi
«Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha milliy harkat rejasi» ishlab chiqildi. Uni tayyorlashda
etuk mo‘taxassislar, ko‘zga ko‘ringan olimlar va tabiatni muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi
tashkilotlar hamda chet ellik ekspertlar o‘z xissasini qo‘shdilar. Yangi dastur tabiatni muhofaza
qilish bo‘yicha
keng qamrovligi, Dunyo andozalariga javob beruvchi, aniq ma’lumotlar bilan
hozirgi mavjud ekovaziyatni xaqqoniy baholagani, ma’lum yillar mobaynida bosqichma-bosqich
amalaga oshirishga qilinadigan ishlar ko‘lami atroflicha asoslab berilgani bilan farqlanadi. Unda
asosiy ekologik muammolar, ustivor harkatlar, tabiatni muhofazasi sohasida siyosatni ishlab
chiqish va instruksional ramkalar, harkat dasturlari, ilovalar, qo‘shimchalar, chizmalar, jadvalllar
berilgan.
Ekologik siyosatning ijtimoy-iqtisodiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, tabiiy
muhitni ifloslantiruchi moddalarni REM yoki REK orqali me’yori chiqarilishini
nazorat qilish
215
kerak bo‘ladi. Hozirgacha havoda zararli gaz bug‘lari, aerozollarning 445 tasi va aholii
punktlarining havosida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan 109 ta moddalarning REM i
aniqlangan. Ekologik sharoitni yaxshilash maqsadida Prezidentning 1990 yil 28 iyulda qabul
qilgan qarorida «O‘zbekiston Respublikasi qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan
ta’minlanishni yaxshilash to‘g‘risi»dagi bo‘lganligi, keyingisi «2000 yilgacha bo‘lgan davrda
O‘zbekiston Respublikasining qishloq ijtimoiy infratizimini rivojlanitirish dasturi to‘g‘risida»
1996 yil 21 may qarori chiqqan.
Iqtisodiyot taraqqiyoti ko‘p jihatdan mineral resurslarga bog‘liq. Ma’lumki ular
tiklanmaydigan toifaga mansub bo‘lganligi sababli ishlab chiqarish
muammosiga jalb qilingan
sari ularning miqdori kamayib bormokda. Ekologiyaning iqtisodiy barqaror rivojlanish
tamoyiliga muvofiq hozirda mavjud bo‘lgan mineral resurslarning ma’lum qismi kelajak
avlodlarga etkazilishi lozim.
Ikkilamchi resurslardan foydalanish miqyosini keskin ko‘tarish katta natijalar beradi.