Atmosfera havosining ifloslanishi




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Atmosfera havosining ifloslanishi.
Havo-atmosfera, ya’ni Erning gazsimon qobug‘idagi
gazlar aralashmasi hisoblanib, balandligi o‘zagirishiga qarab uning tarkibi ham o‘zgarib boradi.
Atmosfera biosferada hayot mavjudligini ta’minlovchi asosiy manbalaridan biridir. Atmosfera
barcha mavjudodlarni kosmik havodan kelayotgan zararli nurlardan himoya qiladi, sayyoramiz
yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobug‘i bo‘lmaganda edi, er yuzasi kunduzi +100
gradus va kechqurun -100 gradus harorat kuzatilgan bo‘lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi
taxminan 2000 km. balandlikdan o‘tadi. Atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo‘lib, uning
asosiy massasi (90%)10-16 km. balandlikgacha bo‘lgan quyi troposfera qismida joylashgan.
Troposfera har 100 metrga ko‘tarilganda havo harorati 0.6 gradusga kamayadi. Ob-havo va iqlim
asosan troposferadagi jarayonlar bilan bog‘liq. Atmosferaning shu qatlamida bulutlar hosil
bo‘ladi va bo‘ronlar yuz beradi. 40-50 km.gacha balandlikda stratosfera joylashgan va unda
harorat pasayib boradi. Strotosferada 22-24 km orasida Erdagi tirik organizmlarni himoya
qiladigan, ultirabinafsha nurlarning katta qismini yutuvchi ozon qatalmi joylashgan. Ozon gazi
yig‘ilaganda yupqa, 2-4 mm qatlamni hosil qiladi, lekin himoya ahamiyati juda katta.
Stratosferadan keyin 50 km. dan yuqoridagi mezosfera joylashgan va unda harorat
pasayib boradi. 80 km.da harorat - 70 gradusni tashkil qiladi. Undan yuqorida termosfera
joylashgan, 500-600 km balandlikda havo harorati +1600 gradusga ko‘tariladi. 800-1600 km da
ekzosfera joylashgan u erda havo juda siyrakdir.
Begona qo‘shimchasi bo‘lmagan atmosfera havosi quyidagi tabiiy qismlardan iborat: azot
- 78.09%, kislorod - 20.94%, argon - 0.93%, karbonat angidrid - 0.03%. Bundan tashqari havoda
doim 0.01-4% suv bug‘lari mavjud va chang zarrachalari mavjud. Atmosferadagi har bir gaz
o‘ziga xos fizik va kimyoviy hususiyatlarga egadir.
Atmosferaning doimiy tarkibida uchramaydigan moddalarning havoda tarqalishi salbiy
holatlarni tug‘diruvchi aralashmalardir. Muayyan vaqt oralig‘ida o‘zining fizikaiy va kimyoviy
xossalarini saqlaydigan atmosferadagi aralashmalar

Download 2,9 Mb.
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish